Maqola · 29-iyun, 2018 · 7 daqiqa

Orgazmdagi özgarişlar

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Aneyakulyatsiya

Retrograd eyakulyatisya

Aspermiya

Eyakulyator Anhedoniya (Eyakulyator Anxyedoniya)

Anorgazmiya

Oğriqli eyakulyatsiya

Eyakulyat hajmini kamligi

Aneyakulyatsiya

Odatda orgazmdagi buzulişlarga psixologik holatlar sabab böladi. Bundan taşqari asab tizimining ba’zi kasalliklari va dorilarning nojöya ta’siri sifatida ham yuzaga çiqişi mumkin. Umuman eyakulyatsiya bolmasa ANEYAKULYATSIYA deyiladi.

Aneyakulyatsiya bilan murojaat qilgan bemorlardan orgazm bor yoqligini söraş şart. Orgazm yoqligini anorgazmiya deyiladi. Orgazm muammosi bölmagan bemorlarda esa orgazmdan keyingi (postkoital) siydikda spermatozoidlar bor yoqligi tekşiriladi. Agar siydikda bir dona bölsa ham uruğ topilsa RETROGRAD EYAKULYATSIYA deyiladi topilmasa haqiqiy aneyakulyatsiya deyiladi va bunga ASPERMIYA ham deyiladi.

Aneyakulyatsa asosan boşqa kasallikni belgisi böladi asosiy kasallikni topiş uçun bemordan yaxşilab anamnez yeğiş va fizik tekşiruvdan ötqaziş kerak. Keçikkan eyakulyatsiya va retrograd eyakulyatsiyalardan ajrataoliş kerak böladi. Keçikkan eyakulyatsiya erkak jinsiy muammolarida juda ham kam uçraydigan va tibbiy jihatdan örganib çiqib bölingan muammo hisoblanadi. Retrograd eyakulyatsiya esa maniy taşqariga çiqmasdan qovuqqa ötib ketişi lekin orgazm özgarişsiz röy berişiga aytiladi.

Aneyakulyatsiya sabablari

Qandli diabet va tarqoq skleroz kabi kasallikar sababli avtonom nerv sistemasi tolalarining zararlanişi hisobiga aneyakulyatsiya kelib çiqadi. Albatta bu tur bemorlarni davolaş bir munça murakkabdir. Farzandli bolişlari uçun asosan sun’iy uruğlantiriş usullari yordam beradi xolos. Uruğ olişning yollaridan bir rektal elektrod bilan elektroeyakulyatsiyadir. Lekin uzoq yillik qandli diabeti bor bemorlarda vas deferens va eyakulyator kanallarga tuzlarni çökişi sababli yollar berikilib qolib elektr stimulyatsiya orqali ham uruğni çiqariş iloji bolmasligi mumkin. Bu holatda epididimda yoki moyakdan aspiratsiya orqali uruğ olişga harakat qilinadi, bu usulda ham uruğ oliş imkoni bolmagan holatlarda moyakni oçib biopsiya orqali spermatozoidlar olinadi, Yuqoridagi usullardan m-TESE.da urm-TESE qollaş tavsiya qilinadi

Aneyakulyatsiya sabablaridan yana biri umurtqadagi travmalardir. Umurtqa şikastlaniş darajasiga köra yondaşuv ham turliça böladi. Jinsiy olatga vibratsiya bilan ta’sir orqali sperma oliş mumkin. Agar sperma çiqmasa yana yuqoridagi taktika qöllaniladi.

Retrograd eyakulyatsiya asosan tos, qorin orti soxalaridagi arteriya, limfa tomirlari va şu yerdagi a’zolarda bajarilgan operatsiyalar natijasida nerv sistemasini jarohatlaniş darajasiga köra yuzaga çiqadi. Bundan taşqari radikal prostatektomiyada prostate bilan uruğ pufakçalarini ham olib taşlanişi funksional aneyakulyatsiyaga sabab boladi.

Eyakulaytsiya buzulişlariga sabab böladigan yana bir operatsiya esa bu yoğon içak ösmalaridagi katta qorin böşligi operatsyalaridir, yani qorin böşligini oçiş va qorin böşligi orqali umurtqaga boriş operatsiyalari ham sabab böladi. Operatsiya paytida simpatik nerv tolalarni jarohatlaniş darajasi eyakulatsiya buzulişi darajasiga ham davolaş imkoniga ham ta’sir qiladi.

Retrograd eyakulyatsiyaga sabab böladigan dorilar aneyakulyatsiyaga ham sabab bölişi mumkin. Bu holatda davolaş uçun şu dorini töxtatiş tavsiya qilinadi yoki boşqa kasalligi tuzalgaç dori içişni töxtatgaç iziga tuşuşi mumkinligini aytiş kerak. Eng köp psixiatriya soxasidagi dorilarning nojöya ta’sirlaridir.

Yoş ötişi, jinsiy olat sezuvçanligini pasayişi, böşaliş refleksining sezuvçanligini pasayişi alkogol va jinsiy gormonlardagi özgarişlar ham keçikkan eyakulyatsiyga va aneyakulyatsiyaga sabab bolişi mumkin.

Odatda adrenergik ta’sirga ega dorilardan foydalaniladi. Bu davolaş anaeyakulyatsiyani retrograd eyakulyatsiyaga aylantiradi. Davolaşni samarasi uruğ pufakçasi, vaz deferens va qovuq boynida saqlanib qolgan nerv tolalari miqdoriga boğliq. Davolaş foyda bermasa elektroeyakulyatisya (0-25V) oritib boruvçi ritmik impulslar bilan sperma olişga harakat qilinadi, çiqmasa yana yuqoridagilarga murojaat qilinadi.

Retrograd Eyakulyatsiya

Orgazm his qiliş funktsiyalari özgarmagan lekin qovuq böynini yetişmovçiligi sababli sperma taşqariga çiqmasdan qovuqqa ötib ketişi RETROGRAD EYAKULYATSIYA deyiladi. Retrograd eyakulyatsiya uçraşi haqida aniq malumot aytiş qiyin lekin taxminan eyakulyatsiyasidagi muammolar bilan murojaat qilgan bemorlarining 14-18% ida uçraydi. Taşxis uçun masturbatsiyadan keying siydik analizida spermatozoid topilişi kifoya.

Sabablari:

Sistemali kasalliklar, Markaziy asab tizimi kasalliklari, operatsiyalardan keyin, dorilar kabi bir qança sabablari bor.

Retrograd eyakulyatsiya, juda ham kam holatlarda tuğma anomaliyalar sababli ham bölişi mumkin.

Bundan taşqari prostata bezining xavfsi giperplaziyasida TUR-P operatsiyasini asorati sifatida ham kuzatilişi mumkin. TUR-P operatsiyasida qovuq boynidagi muskullari zararlanişi mumkin.

Prostata bezi adenomasini davolaşda işlatiladigan dorilarning ham nojöya tasirlaridan biri retrograd eyakulyatsadir faqat dori içişni töxtatilsa antegrad eyakulyatsiya tiklanadi. Juda köp bemorlar prostata operatsiyalaridan keyingi asoratlarni orgazm his qilmaslik va erektil disfunktsiya bilan adaştirişadi. Qiziq holat şundaki TUR-P qilingandan keyin retrograd holati 80% gaça uçrasa xuddi şu maqsadda TUIP (qovuq boyini insiziyasi)da esa 35% holatlarda uçraydi xolos.

Qandli diabet sababli avtonom nerv sistemasini zararlanişi tufayli retrograd eyakulyatsiya kuzatiladi Uzoq muddatli qandli diabet bemorlarida rivojlanadigan diabetik neyropatiya retrogradga sabab böladi. Bu bemorlarning 32% uçraydi. Rivojlanib borgan sari uruğ pufakçalari va vaz deferensning ham qisqariş qobilyatini buzulişigaça rivojlanib aneyakulyatisya ham kuzatiladi.

Tos, qorin va umurtqa soxasidagi operatsiyalar natijasida simpatik nerv tolalarini jarohatlanişi ham retrograde eyakulyatsiyaga sabab böladi. 

Bolalik davrlarida tos soxasidagi anomaliyalar sababli jarrohlik amaliyoti ötqazganlarda ham retrograd eyakulyatsiya yoki aneyakulyatsiya kuzatilişi mumkin. Bundan bemorlardagi eyakulyatsiyadagi buzulişlar anomaliya turiga (kloakal ekstrofiya, berk anus) yoki anomaliyani tuzatiş operatsiyasiga (ekstrofiya/epispadiya operatsiyasi, qovuq böyini operatsiyalari) boğliq bölişi mumkin.

Davolaşdan maqsad adrenergik dori vositalarini beriş orqali qovuq böynini berkilişini taminlaşdir. Andrenergik dori vositalari davolaşdagi asosiy dori vositalardir. Agar davolaş orqali natijaga erişaolmasak spermatozoid oliş uçun farzandli qiliş uçun qöşimça yuqorida sanab ötilgan tibbiy texnik yollarga murojaat qilinadi.

Eyakulyator Anhedoniya (Eyakulyator Anxyedoniya)

Fiziologik jihatdan eyakulyatsiya bölişiga qaramay lazzatlaniş yoki orgazm hissini bolmasligidir. Eyakulyatsiya va orgazm odatda birga bölgani bilan aslida ikkita boşqa boşqa fenomen ekanligini esda saqlaşimiz kerak. Eyakulyatsiya jinsiy a’zolarda röy beradi, orgazm eyakulyatsiyaga boğliq bölsa ham miyada röy beradigan hodisadir. Bemorning hayot va jinsiy hayot yolini baholaş uçun yaxşi psixiatr va androlog bölişi kerak. Bemorlarda Testosteron va moyak funktsiyasini baholaş uçun FSG, LG va Prolaktin tekşirilişi şart. Afsuski bu muammoni asab sistemasi, psixologik va endokrinologik muammolar mexanizmlari orqali töliq yoritiş imkoni yoq. Surunkali kasalliklarda, qalqonsimon bez va gipofiz bezlarining kasalliklarda jinsiy xohiş yoqolişiga sabab bölmoqda. Bundan taşqari depresiyani davolaşda işlatiladigan dori vositalaning nojöya ta’siri sifatida ham anhedoniya yuzaga çiqişi mumkin.

Anorgazmiya

Orgazm jinsiy lazzatlanişni eng yuqori nuqtasidir. Anorgazm esa orgazm holatining

 bölmasligidir. Bir neça holatlar sababli kuzatilişi mumkin. Insonlar hayotida biron marta orgazm bölmagan bölişi yoki har doim keçikişi yoki qiynalgan bölişi mumkin. Bazi normal orgazm hissi mavjuda erkaklar vaqtni unutib qoyişlari şaklida ham kuzatilişi mumkin.

Birlamçi yoki psixologik deyiladigan tuğma anorgazmiya juda ham kam uçraydigan ongli aneyakulyatsiya sabablaridan biridir. Ayniqsa tungi emissiyalarda (pollutsiya-tungi böşaliş) birlamçi anorgazmiya ijtimoiy yoki diniy bosim ostida tarbiyalanişi normal jinsiy ta’sirlarga ham javob reaktsiyasida keçikiş yoki kamayiş kuzatiladi. Anorgazmiyani sabablarini bolalikdagi tarbiyaga juda ham katta boğliq deb hisoblaniladi. Anorgazmiya ota-onalarning bola tarbiyalaş paytida bola imkoniyatlaridan taşqari köp narsa talab qilişlari sababli yoki bolalar bilan muloqotni zaifligidan ham rivojalanişi mumkin. Birlamçi aneyakulyatisyani davolaş ança murakkabdir. Bu turdagi bemorlarda organizmi qözgatuvçi ta’sirlarni sezişi va javob reaktsiyalari past böladi. Davolaş esa asosan farzand köriş uçun murojaat qilinganda boşlanadi va psixoterapiya yaxşi natija beradi. Jinsiy tarbiya ma’lumotlar beriş bilan boşlanadi. Bunda özini erkin tutuş va hislariga quloq soliş maşqlarini va ularni boşqariş orgatiladi. Farzandsizlik muammosini hal qiliş uçun prostata massaji qiliş mumkin, tungi emmisiyalarni töplab baçadonga quyiş mumkin, penil vibrator bilan sperma oliş mumkin, rektal elektrovibrator, mikro-TESE usullaridan foydalanilgan holda muammoni hal qiliş mumkin.

Oğriqli eyakulyatsiya

Juda ham kamdan kam uçraydigan holat bolib odatda ruhiy va organik özgarişlar sababli (ötkir va surunkali prostatitlar kabi) örtaga çiqadi. Prostatitis bölgan 163ta bemorning 69%.ida eyakulyatsiyadan oldin yoki keyin oğriq qayd etilgan. Ayniqsa ötkir prostatit zudlik bilan davolanişi şart, prostatitlarni surunkali formaga ötişi va tez tez qaytalaniş havfi juda baland. Oğriq va gematospermiya (spermada qon aralaş çiqişi) ga sabab böladigan eyakulyator kanal berkilib qolişlari, prostata toşlari TUR orqali hal qiliş mumkin böladi.

Eyakulyat hajmini kamligi

Asosan farzandsizlik bilan murojaat qilgan bemorlarda tasodifan uçratiladi, bemorlar şikoyat qilişmaydi. Ayniqsa 1ml.dan past hajmga ega holatlarni yaxşilab tekşirişimiz kerak. Seminal suyuqlikni hosil bölişi erkaklik gormon va LG, FSG kabi gormonlarning körsatkiçlariga boğliq. Yuqorida keltirgan gormonlarimizni kamligida yoki ularni işlab çiqarişini susaytiradigan dorilar belgilaganimizda bemorlarda seminal suyuqlikni kamayişi va hattoki anaeyakulatsiya ham kuzatilişi mumkin. Uretra strikturasi, eyakulyator kanallarning tiqilib qoliş holatlari, tuğma uruğ pufakçalarining anomaliyalari (vas deferens yoqligi) va qandli diabet yoki jarrohlik amaliyotlari natijasida nerv tolalarini qisman zararlanişlari sabab bölişi mumkin. Davolaş usullari yana yuqorida sanab ötganlarimiz bilan bir xildadir.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş