Maqola · 27-iyul, 2017 · 2 daqiqa

Otaning vazifalari

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Otaning vazifalari  Ona böliş oson emas, lekin ota böliş ham katta mas’uliyatli işdir. Ayol ona bölgaç, jismonan özgaradi. Erkak esa ota bölganidan keyin ma’naviy jihatdan özgarişi kerak. Otalik faqat quvonç va ğurur emas. Otalik - bu ortiqça harakat, yoqimli taşviş va notinç keçalar ham demakdir. Ota-ona bolani birgalikda yaratadi, demak uning tarbiyasi va parvarişi ham ikkovining vazifasidir. Ona tuğruqxonadan qaytgaç jismonan va ma’naviy tomondan juda zaif böladi. Uning kuçi tiklanişi uçun 1.5-2 oy vaqt kerakligi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan faktor. Unga oğir kötariş, ortiqça kuç sarflaş, köp harakat qiliş mumkin emas. Çunki ona tuqqandan söng organizmi yaxşilab tiklanib olmasa keyinçalik bu turliça kasalliklarida, doimiy bel oğriş, boş oğrişi, bolaning asabiy bölişi va kökrak sutini bolaga yetmasligida namoyon böladi. Çarçagan ayol organizmi yetarli miqdorda sut yetkazib bera olmaydi, sutning yöqolişini esa heç narsa bilan töldirib bölmaydi. Tabiiyki, bunday vaqtda ota bolani parvariş etişda bevosita iştirok etişi lozim. U birinçi navbatda gödakni toza kiyim bilan ta’minlaş, bolani xotini bilan birgalikda çömiltiriş, yangi onani vitaminga boy, töyimli oziq-ovqatlarga bölgan ehtiyojini qondiriş, kerak bölsa çillalik çaqaloq kirlarini yuviş va ovqat tayyorlaşi kerak böladi. Undan taşqari ota birinçi kundanoq bolani yörgaklaşni örganişi kerak. Bolani ayrim vaziyatlarda uxlatiş ham otaning vazifasiga kiradi. Keçasi bilan köp uyğongan bolaning onasi kunduzi holi qolmay tez çarçab qoladi. Şunda unga dam olişi uçun imkoniyat berib otaning özi bolani uxlatib berişni bilişi kerak. Buning uçun bola bilan köproq muloqotda böliş, bolani köp kötarib yuriş kerak. Bola bilan qança oldinroq yaqin bölsangiz uning tilini va ehtiyojlarini şunça oson tuşuna olasiz. Yemizikli ona ayolligiça qolaveradi. Şuning uçun siz ayolingizga öziga qaraşi uçun imkoniyat yaratib berişingiz lozim. Bu unga birinçidan yaxşi kayfiyat bersa, ikkinçidan uni asablarini tinçlantiradi. Siz esa yoningizda ajoyib ona va gözal ayol bor ekanligidan quvonib yaşaysiz. Undan taşqari ayol ona bölganida erkakning e’tiboriga yanada köproq zor böladi. Unga beradigan mehringiz va e’tiboringiz sizni ham, ayolingizni ham, qolaversa çaqaloqni ham yutuqda qoldiradi. Yangi ona bilan jinsiy aloqa qilişda yana birinçi tundagidek ehtiyotkorlik va sabr talab etiladi. Sabringizni va mehringizni ayamay iş tuting, ayolingiz sizga yanada jozibaliroq bölganini sezasiz. Bolaning çaqaloqligidan unga mas’uliyatli, mehribon va e’tiborli ota bölsangiz farzandingiz katta bölganida sizga öz sirlarini aytib, sizni eng yaqin dösti va işonçli insoni deb qabul qilganidan baxtli bölib faxrlanib yurasiz.  ?#foydali_ma’lumotlar

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş