Maqola · 24-yanvar, 2011 · 7 daqiqa

Peyroni kasalligi

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Uçraşi: Peyroni kasalligi penis (jinsiy olat)ni atrofini örab oluvçi “tunika albugenea” oqsil pardasining kollagenlaridagi özgariş natijasida kelib çiqadi. Özgarişlar ma'lum joydagi fibroz blyaşka (çandiq) hosil bölişi va şu joyga boğliq holda erektsiyada oğriq, kaltalaniş va egrilik kelib çiqadi. Bundan taşqari bu bemorlarning 20 – 40% da erektil disfunktsiya (qattiqlaşişi (turişini) qiyinlaşuvi) rivojlanadi. Asosan 40-70 yoşlar orasida uçraydi, ba'zan yoşlarda ham uçrab turadi. Umumiy erkaklar orasida 3,2% hollarda, 50 -70 yoşlar orasida 7,1% hollarda uçraydi.

Sabablari:

Kasallikni töla tuşintirib beradigan sabablari ma'lum emas. Vitamin E kamayişi, ba'zi dori vositalarini (propanolol, metotreksat) uzoq muddatli qabul qilinişi natijasida rivojlanadi degan fikrlar ham bor. Bundan taşqari organizmdagi töqimalarning kasallikka qarşi javob reaktsiyalarining ham ahamiyati bor. Qandli diabet, uzoq vaqt sigaret çekiş yoki siydik yöllaridagi operatsiyalar asorati sifatidan ham rivojlanişi mumkin. Jinsiy aloqa vaqtida(hard sex, woman on top) penisning kiçik travmalar olişi va u erda yalliğlaniş rivojlanişi söngra fibroz töqima blyaşka rivojlanişi haqidagi fikrlar hozirgi kun uçun asosiy teoriyadir.

Taşxis qöyiş va uni baholaş:

Odatda anamnez va ob'ektiv körik bilan diagnoz qöyiş imkoni mavjud. Bundan taşqari bemor anamnezida kasallikni paydo böliş vaqtiga va şakliga (ötkir yoki surunkali), rivojlanişiga, qöllanilgan dori vositalariga e'tibor beriş lozim. Jinsiy anamnezida bemordan penisni töla erektsiyaga erişişga qiyinalişini söraş kerak böladi. Ob'ektiv körilganda penisdagi blyaşka örnini aniqlaş, penisni uzunligini belgilaş va erektsiya paytidagi rasmlarini oliş va egrilik tipini va darajasini aniqlaş kerak. Yoki murojaat qilingan paytda intrakavernozal dori yuborilib baholaş mumkin.

Erektil disfunktsiyasi mavjud bemorlarga Rangli Doppler Ultrasonografiya qiliş va qon-tomirlarini baholaş kerak böladi. (DICC-dinamik infuzion kavernozometriya-kavernozografiya; NPT-noktural penis tumesansi; laridan ham foydalansa böladi)

Diagnostikasi oson bölgani bilan boşqa hastaliklardan differentsial taşxis ötkaziş lozim böladi: tuğma penis egriligi, penil xordasi, vena trombozi, travma asorati sifatida rivojlangan fibroz va leykoplakiya natijasidagi infiltratsiyalar asosan, ba'zan bölsada uçrab turadigan epitiloid sarkoma, angiosarkoma, penis xavfli ösmalarini metastazlaridir.

Klinikasi:

asosan erektsiya paytida egrilik, oğriq, palpatsiya qilsa böladigan blyaşkalar va ED (Erektil disfunktsiyasi) yoki bularni kombinatsiyalaridir. Odatda köpçilik blyaşkani borligini sezadi(70% holatlarda) lekin sezmasliklari ham mumkin. Egrilik blyaşka tarafga qaragan böladi. Erektsiya paytidagi oğriq va blyaşka kasallikni aktiv davrini belgilaridan bölib 12-18oy davom etişi mumkin. Söng kasallik oğriqlarni kamayadigan va egrilikni stabillaşadigan surunkali davrga ötadi. Asosan blyaşkalar penisni ust tarafida uçraydi va erektsiya paytida yuqoriga egrilikni keltirib çiqaradi, bazan yuqoriga-çapga egrilik ham kuzatiladi.(umuman olganda jinsiy olatni turli tarafga (8 xil) egriliklari uçraşi mumkin). Bundan taşqari ba'zi holatlarda penisda “qum soati” yoki “oqquş böyini” kabi deformatsiyalar ham uçrab turadi.

Deyarli barça bemorlar penisini kiçkinalaşib qolganiga şikoyat qiladilar.

Davolaş körsatmalari:

Bemorlarning ma'lum bir guruhi heç qanday şikoyat bildirmaydilar, ularga bu kasallik hayot uçun xavfli emasligi haqidagi ma'lumotni beriş etarlidir. Ötkir davrda penisdagi kuçli oğriq va surunkali davrda jinsiy aloqaga kiraolmaslik davolaşga körsatma böladi. Ilmiy izlanişlar natijasida şu narsa ma'lum böldiki agar Peyroni kasalligiga heç qanday tibbiy yondaşuv körsatilmasa 30,2% da egrilik yanada rivojlanadi, 66,7%da esa stabil qoladi, öz-özidan tuzalgan bemorlar 3%ni taşkil etadi ekan.

Davolaş:

Konservativ davolaş:

Hozirgi kunda kasallikda oğriq, blyaşka va egriliklari bölgan aktiv davrlarida konservativ davo qöllanilmoqda. Keyingi paytlarda rentgen, ultratovuş, lazer va ESWL kabi energiya taşuvçilarini qöllaş fikrlari paydo bölgan edi, lekin hozirça ilmiy asoslangan yondaşuv körsatilmagan.

3 xil davolaş metodikasi mavjud:

1. Oral (oğiz orqali, sistematik) davolaş Vitamin E peyroni kasalligini davolaşda keng qöllanilgan edi, çunki qöllaş oson, arzon, nojöya ta'sirlari deyarli yöq. Blyaşka hosil bölişida rol öynaydigan erkin kislorod radikallarini paydo bölişini oldini oladi. Vitamin E bilan davolaşdan söng blyaşka kiçrayişi 20% , egrilikni tuzalişi 33% hollatlarda kuzatilgan. 13% holatlarda penisdagi oğriqlarni yöq bölganligi ham keltirilgan.

Potasium parabenzoat (Potaba) aktiv davrda foydalaniş tavsiya qilingan boşqa bir preparatdir.

Potaba serotonin kontsentratsiyasini kamaytiradi va fibroz töqima paydo bölişini kamaytiradi. Bundan taşqari qimmat va OIT (oşqozon içak trakti)ga nojöya ta'sirlari ham bor. Egrilik tuzalişi 25,8%, blyaşka kiçrayişi 58% kuzatiladi.

Tamoksifen antiestorgen bölib buni ham fibroz töqimani kamaytirişi ham aytilgan şu maqsadda foydalaniladi lekin bemorlarda OIT va soç tökilişi kabi nojöya ta'sirlar keltirib çiqaradi. Egrilik 46,1%ga, oğriq 66,6%ga, blyaşka 30.7%ga kamaygani kuzatilgan.

Kolxitsin eng köp işlatiladi. Yalliğlanişga qarşi, kollagen işlab çiqarişini kamaytiradi, tolalarni erişiga olib keladi. Oğriqni 95%ga , egrilikni 30%ga kamaytiradi.

2. Inektsion davolaş:

Blyaşka içiga steroidlarni yuboriş yalliğlanişga qarşi ta'siri tufayli uzoq vaqtlardan beri qöllanilib kelgan. Deksametazon va Triamsinolon işlatilgan. Ukol qilingaç 36% bemorlarda şikoyatlari qisman yoki batamom yöqolgan. Nojöya ta'sirilaridan töqima atrofiyasi, fibroz va penis terisini yupqalaşişi kuzatiladi.

Kaltsiy kanali blokatorlari kollagen töqima sintezini ham bloklaşi mumkin. Verapamil yuborilgan bemorlarning 91%da oğriqlarni yöqolganligi, 42%da egrilikni tuzalganligi, 57%da blyaşka kiçrayganligi kuzatilgan.

Oxirgi paytlarda interferronlarni ham ta'siri borligi haqida ma'lumotlar berilgan. Fibroblastlar paydo bölişini va kollagen işlab çiqarilişini kamaytiriş hususiyatlarini nazarda tutib blyaşka içiga yuboriş taklif qilingan. Davolaş natijasida oğriqni 90%ga, egrilikni 65%ida tuzalganligi va 85% blyaşkalarni kiçrayganligi kuzatilgan. Interferron bilan davolaşdan söng penisda seziş qobilyatini pasayganligi va ukol qilingan erda sovuq bir his paydo qilişi mumkinligi ham keltirilgan.

3. Fizioterapiya bilan davolaş:

ionlaşgan molekulalarni elektrokinetik yöl bilan töqima içiga transporti natijasida dori vositalarni penis töqimalarida bir tekisda tarqalişini ta'minlaş maqsadida ionoforez qöllaniladi. Lidokain, deksametazon, verapamil dori vositalarini turli kombinatsiyalarda ionoforez qilinadi. Oğriq yöqolişi 96%da, blyaşkalar 53%da, egrilikni tuzalişi 37%da kuzatilgan.

Operatsion Davolaş:

Peyroni kasalligidagi jarrohlik davolaş, egrilikni tuzatiş va kasallik natijasidagi erektsiya (jinsiy olatni turişi qiyinlaşuvi) muammolari bölgan bemorlarga penis içiga protez taqişdan iboratdir. Jarrohlik davolaş konservativ davoni effekti bölmagan bemorlarda bajariladi.

Operatsiyaga körsatmalar:

1-     Bir yildan oşiq davrda jinsiy olatdagi kuçli deformatsiya, egrilik mavjudligi;

2-     Egrilikni va erektil disfunktsiyani oxirgi 3 oyda stabil (özgarmasdan) qolganligi;

3-     Jinsiy aloqaga kiraolişga xalaqit berayotgan penisdagi egrilik

4-     Jinsiy olatni öta kiçrayganligi holatlarida

Peyroni kasalligi bilan birga erektil disfunktsiyaga şikoyat qilgan va şikoyati Rangli Dopller ultrasonografiya bilan qon tomir etarsizlik tasdiqlangan bemorlarda odatda jinsiy olat içi protezi taqiladi. Jinsiy olatni tuzilişidagi farqlar va Peyroni kasalligidagi turli klinik körinişlar tufayli ma'lum bir standart jarrohlik amaliyotini tavsiya qilib bölmaydi. Lekin dunyoda tadbiq qilinayotgan operatsiyalarni quydagi uç guruhda jamlaş mumkin:

Egrilik mavjud penisning taşqi tarafini qisqartiriş;

Egrilik mavjud penisning içki tarafidan uzaytiriş;

Jinsiy olat içi protezlar taqiş operatsiyalaridir.Qisqartiruvçi operatsiyalar jinsiy olatdagi blyaşkani qarşi tarafidan turli xirurgik usullar yordamida juda osonlik bilan töğrilaş mumkin. Jinsiy olatning uzunligi etarli darajada bölgan bemorlarga, erektsion holati yaxşi va egrilikni öta yuqori bölmagan holatlarida qöllaş mumkin. Bu operatsiya natijasida 82% holatlarda ijobiy natija olinadi, jinsiy olatni 1-1,5sm.ga qisqarişi deyarli bilinmaydi. Ammo 7% holatlarda egrilikni qaytalanişi va 4% holatlardi erektsiyada nuqson kuzatilişi mumkin.

Uzaytiruvçi operatsiyalar yuqori darajadagi penis egriliklarida, uzunligini öta qisqargan holatlarida yoki “qum soati” deformatsiyalarida amalga oşiriladi. Bu operatsiyalarning asosiy maqsadi hosil bölgan blyaşkani kesiş va örnini turli materiallar yordamida yamoq (graft) bilan töldirişdan iboratdir. Yamoqlar: insonning venalaridan, muşak fastsiyalaridan, terisidan yoki sintetik (dakron, gorteks) yoki hayvon mahsulotlaridan tayyorlanişi mumkin. Uşbu yamoqlarni özaro taqqoslanganda bir birlarida ustun va kamçilik taraflari mavjuddir. Lekin insonning özidan olingan graft materiallar juda osonlik bilan töqimaga moslaşuvi va yalliğlanişlarni çaqirmasligi tufayli işlatiş juda katta ahamiyatga egadir. Ammo buning uçun yana bir qöşimça operatsion kesma hosil qiliş va operatsiya paytini uzayişi bu texnik usul uçun kamçilikdir. Yuqordagi boşqa materiallardan foydalanilganda ham qimmat ham operatsiyadagi yalliğlanişni çaqirilişini xavfini orttiradi. Bu operatsiya natijasida 85% holatlarda jinsiy olat töğrilanadi. Bundan taşqari jinsiy olatning böyi 2,2sm.ga uzayişi ham mumkin.

Jinsiy olat içi protez taqiş operatsiyalari Peyroni kasalligi va erektil disfunktsiya mavjud bemorlarda amalga oşiriladi. Agar bemor jinsiy olatidagi egrilik kiçik darajalarda bölsa operatsiya faqat protez joylaştiriş bilan kifoyalanadi. Agar protez joylaştirilgaç penisning egriligi töğrilanmasa öşa vaqtni özida Willson (qarşi bukiş) texnik usulidan 2daq/3marta foydalaniş mumkin. Şunga qaramay tuzalmasa rektus graft usuldan foydalaniladi.

           Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda uç parçadan iborat şişiriladigan protezlardan foydalanilmoqda, operatsiyadan keyingi davrda %95 bemorlar va ularning juftlari mamnun bölişmoqda.

Operatsiyalarda odatda umumiy anesteziya yoki spinal/epidural anesteziya ostida juda kam holatlarda mahalliy anesteziyadan foydalaniladi.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş