PROSTATA NIMA VA PROSTATA KASALLIKLARI NIMALAR ?
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
PROSTATA NIMA VA PROSTATA KASALLIKLARI NIMALAR ?
(Prostata bezi adenomasining operatsiyasi haqida köproq ma'lumot berildi.)
Prostata bu erkaklardagi bir içki sekretsiya bezidir (ya'ni bir a'zodir bu bölmasa erkaklik xususiyatlari ham rivojlanmaydi). Siydik pufagi(qovuq)ning ostida joylaşgandir. Siydik, siydik kanalidan ötib, jinsiy olatdan taşqariga çiqadi. Siydik kanali bölsa jinsiy olatga prostata bezining içidan ötib ulanadi. Boşqaça qilib aytganda prostata bezi siydik kanalini uzuk singari örab olgan. Şuning uçun prostata bezi kattalaşganda bu yölning tiqilişiga olib keladi va erkaklarda şunga boğliq şikoyatlar boşlanadi.
Prostataning inson tanasida bir neça vazifasi bor bulardan voyaga etganlarda asosiy vazifasi maniy(sperma)ni hosil qiluvçi suyuqliklarning bir qismini işlab çiqarib, spermatozoidlarning xarakatlanişiga yordamçi böladi.
Prostata kasalliklari nimalar?
Prostata bezining kattalaşişi(adenomasi) (xavfsiz)
Erkaklarning yoşlari ulğaygan sari (asosan 40 yoşdan söng) prostataning hajmi ortadi, kattalaşib boradi. Bunga tibbiyotda Prosatata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) deyiladi. PBXG (xavfsiz ösmadir) rak kasalligi emas. PBXG 60 yoşdagi erkaklarning 60% ida böladi va bu yoşdan ötgan erkaklarning 40% ida ba'zi şikoyatlarga yöl oçadi. Şu sababdan, asosan 50 yoşdan söng murojaat qilişlari juda köp uçratilgan holatdir.
Prostata bezining yalliğlanişi (Prostatit)
Prostatit, prostata bezining yalliğlanişi kasalligidir, infektsiya natijasida vujudga keladi. Ança yoş davrlarda köriş mumkin. Bir neça turlarga bölinadi. Siyiş bilan boğliq şikoyatlar, titroq, oğriq kabi turli tuman simptomlar bilan ham kuzatilişi mumkin. Umuman olganda bitta turidan qolganlari antibiotiklar bilan davolanadi.
Prostata raki
Yaxşi xarakterli kattalaşuvdan boşqa bir tarzdagi kasallik hisoblanib. 70 yoşdan keyin yaqin 10 ta erkakdan 4 tasida prostata rakiga duç keliş mumkin, (oxirgi adabiyotlar 50yoşdan keyin ham köpayganini qayd etmoqdalar) faqat bu kişilarning köpçiligining hayotiga salbiy ta'sir körsatmayotganligi uçun erkaklar urolog nazoratiga borişga qunt qilmaganliklari sababli juda keç davrlarda aniqlanmoqda va noxuş holatlar bilan tugamoqda. Şu bilan birga, ta'kidlaş lozimki yoşlikda bu kasallikka çalinganlar uçun kasallik hayotlariga öta salbiy ta'sir qilişligi saqlanib qolyapti. Bu erda rakni patologik darajasi muhimdir. Kasalga yondaşişni belgilaşda katta ahamiyatga ega.
Prostata bezi kattalaşuvi(adenomasi) PBXG da şikoyatlar va simptomlar nimalardan iborat?
Prostata bezi kattalaşgan sari siydik kanalini siqib siydikni tiqiltira boşlaydi va siydikning normal oqişiga salbiy ta'sir qilaboşlaydi. Siydikning erkin oqişi çeklangan sari siydik pufagi bu qarşilikni engiş va siydikni toraygan siydik yölidan otilib çiqişi uçun yanada köproq kuç bilan qisqara boşlaydi. Vaqt ötgan sari qovuq devorlari qalinlaşadi, ammo qisqariş kuçi ozayadi, siydik pufagi töliq böşalmaydi va siydik qola boşlaydi.
Yoşingiz 40da yoki 40dan yuqori bölsa va quyidagi şikoyatlardan biri yoki bir neçtasi sizda kuzatilsa bu, prostata bezi adenomasiga boğliq bölişi mumkin.
· Siyişda qiynaliş
· Kuçanib siyiş yoki siydik oqişining, bosimining pasayişi
· Siyişni boşlaşda keçikiş yoki kutiş
· Uzoq siyiş
· Tösatdan siydik siqilişi, siydik qoçişi xissi
· Tez tez siygani çiqiş
· Keçasi uyqudan uyğonib siygani çiqiş
· Siygandan söng siydik pufagini töliq böşatilmaslik hissi
· Siydik qoçişi
Urologga uçraş kerak turli kişilar va televizor reklamalari, aptekaçilar tavsiyasiga köra dori yoki boşqa narsalar qabul qilmang!!!
Birdan siyaolmaslik (töliq tiqiliş)
Ba'zi erkaklar birdan siyaolmaslik holatiga ham tuşişlari mumkin. Bu umuman prostata bezining kattalaşuvi belgisidir. Siydik pufagi töla faqat siydik kanali prostata tomonidan tiqilib qolgani uçun kişi siyaolmaydi, juda oğir holatdir. Bunday holatda darxol kasalxonaga murojaat qilişlari lozim. Urolog mutaxassisi jinsiy olatdan siydik pufagiga ingiçka bir nayça (kateter) qöyib siydik pufagini böşatadi. Bu holat, umuman prostata kattalaşuvi davolanişi uçun muolaja zarurligi körsatidi.
Prostata kattalaşuvida ta'sir qiladigan faktorlar: (masalan, irq, atrof muhit, semiriş)
PBXGning qora irqda oqlarga nisbatan yanada keng yoyilganligiga doir ma'lumotlar bor. Ğarb tibbiyotiga köra semirişning ham prostata kattalaşuviga ta'siri bölişi mumkin, faqat prostataning kattalaşuvi böyiça mexanizmlari xanuzgaça töliq ma'lum emas. Kişining yoşi va erkaklik garmoni ikki muhim faktordir.
40 yoşga kirgan bir erkakning heç bir şikoyati bölmasa ham Urolog mutaxassisi tomonidan yilda bir marta muolaja qilinişi kerak. Doktoringiz oldindan sizning şikoyatlaringizni tinglaydi, sizga savollar beradi, körikdan ötqazadi va kerakli tekşiruvlarni ötqazadi natijalarga asoslanib taşxis qöyib sizni davolaydi.
Kerak bölişi mumkin bölgan ba'zi tekşiruvlar:
· Siydik tahlili (infektsion yoki emasligi, uydan olib keliş kerak emas, 3 soat siymasdan kelinsa kifoyadir)
· Qon taxlillari (prostata yoki buyrak kasalligi nazorati uçun)
· Rektal körik (Prostataning kattalaşuvi va har qanday noodatiy holat bor yuqligini tuşiniş uçun orqadan barmoq bilan prostata muolajasi. Bu muolajada doktor sizdan tizza tirsak holatida bölişingizni istaydi va muolaja qölqopi kiygan holda körsatkiç barmoği bilan orqadan prostatani muolaja qiladi.)
· Urofloumetriya (Siydik oqiş kuçini va oqişining qanday bölişini tuşiniş uçun siydik oqiş testi. Bu testda sizdan kompyuterga boğliq voronka şaklida maxsus bir idişga siyiş istaladi. Bu test uçun köp suv içilib siydik juda ham qistagan holatda böliş kerak.
· UZI (Siyişdan oldin va siyib bölgaç siydik qolgan yoki qolmaganligini biliş uçun ultrasonografiya).
· TRUZI (Agar urologingiz muolaja va qon tahlilida prostataning yaxşi xarakterli kattalaşuvidan taşqari (masalan, prostata raki) boşqa bir kasallikdan şubxa qilsa transrektal (orqadan) ultrasonografiya va prostata biopsiyasini talab qilişi mumkin. Bu yöl bilan ultrtovuş apparatining ingiçka bir qismi orqadan örnatilib prostata körilişi mumkin va hajmini ölçaş mumkin. Kerak bölsa juda ingiçka bir igna bilan prostataning har xil joyidan töqimalar olinib bir gistalogiya mutaxassisi tomonidan mikroskop ostida tekşiriladi. Öylanganidek oğir bir tadqiqot emas, osonlik bilan va kişiga köp bezovtalik bermasdan qilinişi mumkin, narkoz kerak emas.
Boşqa tekşiruvlar:
· Şikoyatlaringizning darajasini yanada yaxşi baxolaş uçun Halqaro Prostata Şikoyat Baholaş Sörovnomasini (IPSS) töldirişingiz kerak böladi. Şunda şikoyatingiz yanada alohida individual baholanişi mumkin.
· Buyrak, siydik pufagi ultrasonografiyasi
· Ba'zi erkaklarda aniq taşxis qöyiş uçun va siydik pufagi funktsiyalarini ölçaş uçun Urodinamik tekşiruv kerak bölişi mumkin.
· Ba'zida butun siydik yöllarini körsatiş uçun Intravenoz urografik kerak bölişi mumkin.
Operatsiya bölişim kerakmi?
Prostata bezining operatsiyasi, kişining şikoyatlarini hal qilişda eng muhim usuldir. Kasallarning 90% i operatsiyadan söng mamnun bölişmoqda, faqat har bir bemorga ham operatsiya kerak bölmaydi. Urologingiz sizning şikoyatlaringizni, tadqiqot natijalaringizni, muolaja simptomlaringizni baholab sizga mos bölgan davolaş usullarini taklif qiladi.
Kasallarning bir qismida şikoyatlar engil bölişi mumkin va kişining kunlik hayotiga ta'sir qilmasligi mumkin, qilingan tadqiqotlar natijasida ham siydik yölida ortiqça tiqilişlar kuzatilmasligi mumkin, bu holatda xeç bir davolaş qilinmasdan faqat kuzatuv va nazoratda turişingiz kerak böladi.
Faqat ba'zi hollarda operatsiya qiliş kerak bölişi mumkin. Masalan siydik pufagining tamoman böşalmasdan buyrakka xavf solgan holatlada yoki ança oldin aytib ötganimiz tösatdan siydik töxtaş hollarida operatsiya kerak bölişi mumkin.
Qöşimça sifatida dori bilan ham davolanişingiz mumkin. Bu usul ham keng tarqalgan. Bu erda muhimi bir faktor, bu dorilarning doimiy iste'mol qiliş kerak böladi.
Davo çorasini tanlayotganizda siz va Urolog mutaxassisingiz quyidagi faktorlarni közda tutişingiz kerak:
· Şikoyatlaringizning kuçi va holati
· Bu şikoyatlarning sizni qançalik bezovta qilayotgani
· Bu muammolarning sizni hayot darajangizga qançalik ta'sir qilişi
· Prostata bezi kattalaşuvi sababli soğligingizning qançalik taxdidga solganligi (masalan siydik kanalining qay darajada tiqilganligi, yoki siyişdan söng siydik pufagida qança siydik qolgani kabi;
Operatsiyaga rozi bölganda buning sizga keltiradigan foydalari yoki keltirişi mumkin bölgan zararlarini soliştirib bir qaror qilişingiz mumkin. Bu bosqiçda Urolog sizga yordamçi böladi.
KUZATUV VA NAZORATGA OLIŞ:
Urolog mutaxassisi sizni muolaja qilgandan söng faqat nazoratga çaqirib turişi mumkin. Xususan şikoyatlari ança engil bölgan va siydik kanalining köp tiqilmaganligi ba'zi bemorlar uçun faqat kuzatib boriş ma'qul yöl bölişi mumkin. Bu bemorlar engil şikoyatlar sababli hayotlaridan mamnundirlar va şikoyatlarining prostata rakiga boğliq bölmaganini bilganlarida xotirjam bölişadi. Bu kişilar ba'zi çora tadbirlar bilan şikoyatlarini yanada kamaytirişlari mumkin.
Quyidagi ba'zi hayot tarzi özgarişlari bu kişilar uçun foydali bölişi mumkin.
· Keçalari, ayniqsa keçasi yotişdan oldin olingan suyuqlik miqdorining kamaytirişi,
· Içilgan qaxva va çoy miqdorining kamayişi: Bu içimliklarning tarkibidagi kafein siydik pufagini qisqartirişi va siydik miqdorini köpaytirib kişining şiikoyatlarini orttirişi mumkin.
· Qabziyat bölmaslik: Töla bölgan yöğon içak siydik yölini yanada siqib şikoyatlarni ortişiga sabab bölişi mumkin.
· Sigaret çekişni taşlaş: Sigaret bilan olingan toksinlar siydik yöli bilan çiqib siydik pufagiga ta'sir qilişi mumkin va şikoyatlari ortişi mumkin.
· Siydik pufagi maşqlari: Siydigingiz normal holatda bajaring va tualetdan çiqing. 5-10 daqiqadan söng takror tualetga kiring va siyişga xarakat qiling. Şunday qilib siydik pufagining töliq böşaganiga işonç xosil qilişingiz mumkin.
Bu maslaxatlarni tadbiq qilib özingizni nazorat qiling, agar biror özgariş bölmasa bularni tadbiq qilişni keragi yöq. Masalan çoy içmaslik şikoyatlaringizda kamayiş sezilmasa, eskidek içişingiz mumkin.
Diqqat! Avvalam bor bir Urolog mutaxassisiga muolaja qildirib bularni tadbiq qiling. Unutmang, xeç bir şikoyatingiz bölmasa ham 40 yoş va keyin har erkakning prostata muolajasi ötkazilişi lozim.
Prostata bezining kattalaşuvining dori bilan davolaş
Örta darajada şikoyatlari bölgan bemorlar uçun dori muolajasi qulay bölişi mumkin. Prostata kattalaşuvida dori muolajasi bemorlarning şikoyatlarini kamayişiga boğliqdir, kasallikni davolamaydilar, doimiy iste'mol qilişlari kerak. Dori töxtatilganda şikoyatlar avvalgidan ham keskin orta boşlaydi.
Dori muolajasining foydalari bölişiga qaramasdan yuqorida aytib ötgan operatsiya usulini kerak emas degani emas. Şu sababli bu dorilarni iste'mol qilgan kişilarning 3 yoki 6 oyda bir martda nazoratga borişlari kerak böladi.
Prostata bezining kattalaşuvida 2 xil dori guruhi mavjud. Bular quyidagilardir:
· Alfa blokator (prostatani böşaştiradi)
· 5 alfa reduktaza ingibitorlari (prostatani kiçraytiradi)
Alfa blokatoralar.
Alfa blokatorlarning prostatani kattalaşuviga boğliq bölgan bemorlarda siydik tezligi ortganligi va şikoyatlarning kamayganligini körsatadi. Bu dorilar prostata içidagi tekis muşaklarini böşaştirib tiqilişni kamaytiradi va siydikni tezlaştiradi.
Ta'siri: Şikoyatlarda tuzaliş 1-2 xaftagaça qisqa bir muddatda böladi faqat bir neça oy ötişiga qaramasdan tuzaliş bölmasa alternativ muolajalarni qiliş lozim.
Boşqa ta'sirlari: Eng asosiy ta'sirlari boş oğriği, çarçoq va boş aylanişidir. Bu ta'sirlarning sababi şu kabi dorilarning tomirlarni ham böşaştirişi va qon bosimini tuşirişidandir.
5 alfa reduktaza ingibitorlari
Alfa blokatorlardan aksinça, 5 alfa reduktaza ingibitorlari prostataning kattalaşuviga sabab bölgan bir ferment ta'sirining bloklaydi. Buning natijasida tiqilişga sabab bölgan prostataning xajmi kiçrayib kişining şikoyatlari kamayişi mumkin faqat bu kiçrayiş uzoq muddat davom etadi 2-3 yil davolaşdan söng prostata 20-30% darajaga tuşişi mumkin. Bu dorining kiçik hajmdagi prostata adenomalarida effektiv bölmasligi yozilgan.
Ta'siri: Ta'sirining boşlanişi 6 oygaça davom etişi mumkin.
Boşqa ta'sirlari: Boşqa ta'sirlarining köpçiligi dori iste'mol qiliş töxtatilgandan keyin kuzatiladi. Yana boşqa ta'sirlari jinsiy istakda kamayiş, erektsiyada qattiqlaşişni qiyinlaşişi, maniy miqdorida kamayişdir.
Kombinatsiyalangan davolaş:
Kombinatsiyalangan davolaş bilan yanada köp foyda oliş yuzasidan ilmiy izlanişlar olib borilmoqda.
Boşqa ehtimolliklar:
Fitoterapiya, ösimlik dorilari bilan qilingan davolaşdir. Bu tur gerbal maxsulotlar bir qança mamlakatlarda foydalaniladi. Bu tur davolanişlarni qabul qilgan bemorlarning şikoyatlari kamayişi mumkin. Lekin bu mavzuda juda köp ilmiy ma'lumot yöq. Bu dorilar şikoyatlari kamaysa ham aniq davolaniş bermaydi.
Prostata kattalaşuvini davolaşni operativ usullar
Tibbiyotdagi texnologik rivojlanişlar bilan bir qatorda bemorlar uçun yanada qulay va engilroq xolda prostata kattalaşuvini davolaş turlari vujudga keldi. Şu bilan birga bu usullarning köpi prostata kattalaşuvini davolaşda oltin standart bölgan TURP (yopiq prostata operatsiyasi) örnini olaoladigançalik ta'sirli bölgani yöq. Bu usullar şulardir:
Prostatik stentlar
Lazer davolaş (Geliy lazer bundan mustasno)
Intersittsial davolaş
Transuretral elektrovaporizatsiya
Transuretal mikrotölqinli terapiya
Prostata stentlar
Bu maxsus stent siydik yöli içida joylaştiriladi, kengaygan stent prostatani taşqariga itarib siydik yölini oçadi va kengaytiradi. Bu stentlar ötkinçi yoki doimiy bölişi mumkin. Şu bilan birga prostata töqimasining stent içiga kattalaşuvi, siydik yölida bezovtalik paydo qilişi kabi boşqa ta'sirlari bölişi mumkin.Umuman bu usul, siyaolmagan va xeç bir jarroxlik usulini qabul qilolmaydigan hamroh kasalliklari (yurak, öpka) muammolari bölgan bemorlar uçun qulay bölişi mumkin. Eskirgan bir usuldir.
Lazerli davolaş
Bu texnik usulda jinsiy olat uçidan kirilib (mahalliy yoki umumiy anesteziya ostida) kattalaşgan prostata töqimasiga lazer nayçasi örnatiladi, Urolog mutaxassisi töğridan töğri körayotganda kattalaşgan töqimaga lazer energiyasini uzatadi. Prostata kattalaşuvi muolajasida qöllaniladigan bir neça tur lazer bor. Nd-Yag, KTP (green light=yaşil nur) va Holmium-Yag Lazer eng köp qöllaniladiganlar. Nd-Yag töqimadagi yoqiş ta'siri sababli operatsiya yakunida köp şikoyatlar bölişi mumkin, şu sababli işlatişdan çiqib bormoqda. Greenlight deyilgan KTP lazer Nd-Yag dan yanada ta'sirli va yangi usuldir, ammo töqimani tamoman çiqarib tozalaş xususiyati yöq. Bu xususiyatga ega bölgan yagona lazer Holmium-Yag lazerdir.
Intersittsial davolaş
Bu usulda radio tölqini yoki lazer energiyasi, yuksak issiqlik yoki energiyada prostataga beriladi va xajmi kiçraytiriladi. Bu usulning foydasi siydik yöliga zarar bermasligidir. Faqatgina mahalliy anesteziya bilan qilinişi mumkin, qonaş extimoli juda kamdir, davolaş söngida nayçaning qoliş muddati qisqadir. Şu bilan birga uzoq yillik natijalari hali ma'lum emas.
Transuretral elektrovaporizatsiya
Bu usulda TUR (yopiq prostata operatsiyasi)ga öxşaydi, faqat TURdagi kabi töqima kesilib çiqarilmaydi, uning örniga maxsus bir nay bilaan yuqori elektr energiyasi bilan töqima eritiladi. Hozirgi kunda işlatilmaydi.
Transuretral mikrotölqin termoterapiyasi
Bu erda prostataga 55 darajagaça issiqlik beriladi, siydik yöli sovitilib muxofaza qilinadi. Şikoyatlari bir qança kamayişi mumkin, siydik oqiş tezligi boşqa usullarga nisbatan oz köpayadi. Hozirgi kunda işlatilmaydi.
PROSTATA KATTALAŞUVINING JARROXLIK YoRDAMIDA DAVOLAŞ USULI
Prostata kattalaşuvini davolaşda ommalaşgan 3 operatsiya bor.
Bular:
· Transuretral prostata rezektsiyasi (TURP, yopiq prostata operatsiyasi)
· Qovuq böyni orqali kiriş
· Oçiq prostata operatsiyasi
Transuretral prostata rezektsiyasi (TUR-P, yopiq prostata operatsiyasi)
Bu usul eng köp qöllanilgan prostata operatsiyasidir, prostata kattalaşuvi jarroxlik davolaşni yaqin 95%i bu usulda qilinmoqda. Effektiv usuldir. Anesteziya qöllanilgandan söng (xududiy yoki umumiy) ingiçka uretraskop yordamida Urolog jinsiy olatdan kirgizib prostata töqimasini elektr oqimidan foydalanib kiçik parçalar holida kesadi va taşqariga çiqaradi. Bu operatsiya jinsiy olat içidagi siydik kanalidan kiritilib qilinganida qandaydir kesiliş yoki yara bölmaydi. Operatsiya yaqin 45-60 daqiqa davom etadi.
Qovuq böyni orqali (Transuretral prostata kesilişi)
Prostata juda katta bölmagan holatlarda, faqat torayiş va tiqiliş bölgan vaqtda qöllaniladigan usuldir. Siydik pufagi böynidan prostatagaça kesiladi. Töqimani çiqarişga xojat yöq. TUR-Pçalik ta'sirli, boşqa ta'sirlari ançagina kamdir. Şu bilan birga faqatgina kiçkina prostatalarga qöllanilişi mumkin bölgan bir usuldir.
Oçiq prostata operatsiyasi:
Agar prostata TUR-P qilinmaydigan darajada katta bölsa (60-80gr dan katta) qorinning tagidan bir kesma kesib çiqariladi. Bu boşqa usullarga qaraganda yanada oğir operatsiyadir, kasalxonada qoliş va tuzaliş muddati yanada uzoqroqdir.
Prostataning kattalaşgan qismi çiqariladi va kapsulasini içkarida qoldiriladi.
Qaysi anesteziya usulida operatsiya qilinaman?
Anesteziya şakli bir qança bemor uçun muhimdir. Xolbuki zamonaviy anesteziya bilan qilingan operatsiyalar ançagina işonçli ötmoqda va jiddiy qöşimça ta'sirlari juda ozdir. Oçiq prostata operatsiyasi umumiy anesteziya ostida bajariladi. Boşqa usullarda (TUR-P, Geliy lazer kabi) epidural, spinal (beldan sezişni susaytiriş) kabi xududiy anesteziya ham qöllanilişi mumkin. Anesteziya mutaxassisi siz uçun eng qulay usulni qöllaydi.
Spinal va epidural anesteziya bilan belingizdan ukol tiqilinadi va bu xududni past qismida seziş susayadi, kişi oğriq sezmaydi. Bu usulda operatsiya davomida kişining xuşi joyida böladi. Agar istasangiz anesteziya mutaxassisi sizni erkin xis qildiruvçi dorilar ham berişi mumkin.
Geliy lazer bilan prostata operatsiya:
Bu usul ham TUR-P ga (yopiq prostata operatsiyasi) öxşaydi. Oradagi farq, töqimalarni kesiş uçun elektr energiyasi örniga Geliy lazer energiyasi işlatiladi. Yana jinsiy olatdan kirilib kattalaşgan töqimani lazer bilan kesiladi va taşqariga olinadi. Qilingan ilmiy izlanişlar bu usul TUR-P ga ham oçiq operatsiyaçalik ta'sirli ekanligini qörasatdi. TUR-P ga yoki oçiq operatsiyaga köra ijobiy tomonlari şulardir:
• Qonaş extimolining yöqdigi,
• Qisqa yotiş muddati (Geliy 1 kun, TUR-P 2-3 kun, oçiq prostata 5-7 kun)
• Kateterni qoliş muddati qisqa bölişi (Geliy 1 kun, TUR-P 2-3 kun, oçiq prostata 5-7 kun)
• Aktiv hayotga qaytişning qisqaligi (Geliy 2-3 kun, TUR-P 3-4 xafta, oçiq prostata 3-4 xafta)
• Geliy lazer bilan prostata operatsiyasiga ilova qilingan bir jixoz yordamida(morselator-töqimani parçalovçi) bundan buyon prostata qançalik katta bölişiga qaramasdan oçiq operatsiyaga xojat qolmasdan yopiq xolda operatsiya qilinmoqda. Şunday qilib kişi juda ham qulay prostata operatsiyasi qilinişi mumkin va juda qisqa muddatda normal hayotga qaytişi mumkin.
Prostata operatsiyasi söngida qanday boşqa ta'sirlar bölişi mumkin?
Jinsiy hayotingizga ta'siri:
Prostataning kattalaşgan qismining çiqarilişi umuman olganda erkakning jinsiy hayotiga yomon ta'sir qilmaydi. Agar operatsiya oldidan qattiqlaşiş qiyinçiligi bölmasa operatsiyadan söng bunday böliş extimoli juda ozdir.
Retrograd eyakulyatsiya (quruq böşaliş, maniyni qovuqqa ötib ketişi)
Prostata operatsiyalaridan söng umuman olganda vujudga kelgan holatdir. Kişining orgazm bölişi (zavq oliş) ta'sirlanmaydi, faqat böşalgan vaqtda maniy taşqariga otiliş örniga siydik pufagiga, ortga qaytadi. Buning sababi prostata operatsiyalarida maniyning ortga qaytişini tösuvçi mexanizmning buzilişidir. Bu xolatda kişiga xeç qanday zarari yöq, maniy ilk siydik bilan otilib çiqadi.
Nasldorlik (farzand köriş xolati)
Yuqorida aytib ötilgan quruq böşaliş sababli prostata operatsiyasidan söng farzand köriş extimoli juda ozdir. Faqat bunga bir ximoyalaniş usuli sifatida köp işoniş kerak emas, çunki bu quriq böşaliş har erkakda ham körilmaydi. Agar farzand köriş niyatingiz bölsa Urologingiz bilan maslahatlaşing.
Orgazm hissi
Umuman olganda orgazm hissida özgariş bölmaydi.
Qattiqlaşiş qiyinçiligi
Bu extimol prostata operatsiyalaridan söng kamdir, faqat operatsiyaning turiga köra farqli darajalarda kuzatilişi mumkin. Eng köp oçiq prostata operatsiyasidan söng kuzatiş mumkin (5-7%), TUR dan söng yanada pastdir, Geliy lazer bilan qilingan operatsiyalardan söng deyarli umuman kuzatilmaydi. Operatsiya oldidan bu xolatlarni Urolog mutaxassisi bilan gaplaşing. Köpgina yoşi ötgan bemor uçun bu faktor muhim bölmasligi mumkin, faqat aktiv jinsiy hayotingiz bölsa bu mavzuda doktoringiz bilan maslaxatlaşing.
Siydik tutaolmaslik
Operatsiyadan söng siydik tutaolmaslik umuman olganda ötkinçi böladi va vaqt ötgaç tuzaladi. Doimiy siydik tutaolmaslik extimoli 1%dan past. Bu ehtimol yana oçiq prostata operatsiyasidan söng ança köp uçraydi. Bu mavzuni operatsiyadan oldin doktoringiz bilan gaplaşib oling.
Qonaş
Operatsiya davomida yoki keyin qon oqişi mumkin. Bu extimol Geliy lazer bilan qilingan operatsiyalardan söng deyarli xeç bölmagan.
Qaytadan operatsiya böliş:
Har 10 ta erkakdan bittasi 10 yillik davr mobaynida yangidan kattalaşuv yoki siydik yölida torayiş (operatsiyaga boğliq) sababli takroran operatsiya bölişi kerak böladi.
Asoratlar
Butun katta operatsiyalardan keyin asoratlar bölişi mumkin. Kökrak infektsiyalari, yurak muammolari, katta qon tomirlarda tiqilişlar kabi. Bugingi kunda bu asoratlar eng kam darajaga tuşirilgan. Operatsiyadan oldin bularning paydo bölişini oldini oliş yuzasidan çoralar köriladi.
Ölim xavfi
Har turli operatsiyada bu extimol böladi, faqat bugingi kunda prostata operatsiyasiga boğliq ölim extimoli deyarli yöq desa ham böladi(juda ozdir). Agar kişida qöşimça kasalliklar bor bölsa, (qandli diabet, yurak kasalligi kabi) operatsiya oldidan bu xolat inobatga olinadi va kerakli çoralar köriladi.
Murojaat qilişdan qança ötgaç operatsiya qilinaman?
Kasalxonaga murojaat qilgan kuningiz kerakli tadqiqotlar ötkaziladi va biror bir çeklovlar bölmasa keyingi kunga operatsiya rejalaştiriladi.
Kasalxonada neça kun qolaman?
Operatsiya turiga qarab özgaradi. Geliy lazer bilan qilingan operatsiya uçun 1 keça qolib ertasiga ketişingiz mumkin. TUR-P’da 2-3 kun, oçiq operatsiyada bölsa 5-7 kun kerak böladi.
KASALXONADA QOLIŞ VA OPERATSIYa:
Kasalxonaga kelişdan avval: Kasalxonaga kelayotganda iste'mol qilayotgan dorilaringizni unutmang. Prostata operatsiyalari oldidan qon suyuqlatiruvçi dorilar bilan boğliq dorilar(asperin kabi) iste'mol qilayotgan bölsangiz bularni 7 kun oldindan töxtatişingiz kerak böladi. Bu xolatni doktoringiz bilan gaplaşing.
Kasalxonaga kelganimda nimalar qilinadi?
Kamçilik bölgan tekşiruvlar ötqaziladi. Agar qöşimça biror muammoingiz bölsa terapevtlar tomonidan körib çiqiladi. Operatsiya oldidan kerakli tekşiruvlar qilinadi.
Bular:
• Siydik taxlili
• Tana harorati ölçovi
• Qon bosimi ölçovi
• EKG
• Öpka
• Qon taxlillari
Kasalxonada qanday soxadagi kişilar bilan uçraşaman?
Urolog mutaxassisi
Sizni operatsiya qiladigan doktoringiz yoki doktorlaringiz
Anesteziya mutaxassisi
Anesteziya mavzusida professional bölgan va sizning operatsiyanigiz uçun kerakli bölgan anesteziya turini tanlab tadbiq qiluvçi doktor. Operatsyai oldidan siz bilan gaplaşib boşingizdan ötkazgan kasalliklaringiz, allergiya, oilaviy kasalliklar kabi mavzularda ma'lumot oladi va sizning olişingiz kerak bölgan anesteziya turi xaqida ma'lumot beradi.
• Dorilar: Iste'mol qilgan dorilaringizni anesteziya mutaxassisiga ayting
• Tiş muammolari: Agar taqilgan tişlaringiz bölsa tayinlang
• Allergiya: Qandaydir biror doriga, taomga qarşi bölgan allergiyalaringizni ayting
• Orqa tomon(sirt)ingiz bilan boğliq muammolar: Sirtingiz bilan boğliq muammolar beldan pastki qismda uviştiriş(sezişni susaytiriş) texnikasi uçun muhim bölişi mumkin.
• Öpka muammolari va sigaret: Anesteziya mutaxassisi qançalik sigaret çekişingizni söraydi.
Sigaret çekuvçi kişilar sigaretni 1 xafta oldin taşlaşlari kerak.
Xamşiralar:
Siz yotgan urologik bölimda mavjud xamşiralar bu mavzuda maxsus öqitilgan va tajribali xamşiralardir.
Operatsiya oldidan
Operatsiyaning xolatiga köra ertalab yoki tuşlikdan söng operatsiya qilinadi. Agar sahar operatsiya qilinsangiz bir kun oldin keça (soat 24 dan) va öşa ertalab oğizdan eyiş va içiş bölmasligi kerak. Agar tuşlikdan söng operatsiya bölsangiz erta soat 8.00 dan oldin juda engil tamaddi qilişingiz mumkin.
Soqol oliş
Oçiq prostata operatsiyasi qilinsangiz, operatsiya xonasida operatsiya oldidan qorin ostidan boşlab tozalaysiz.
Premedikatsiya (operatsiya oldidan tinçlantiruvçi dorilar)
Operatsiya oldidan sizni tinçlantiriş uçun va xayajoningizni pasaytiriş uçun anesteziya mutaxassisi tomonidan ba'zi ukollar qilinişi mumkin.
Xonangizdan operatsiya xonasiga boriş
Operatsiyaga kirişdan oldin sizga maxsus operatsiya kiyimlari kiydiriladi. Bitta operatsiya xonasi mutaxassisi bilan birgalikda maxsus arava(nosilka) bilan operatsiya xonasiga kiritilasiz.
Umumiy anesteziya olsangiz
Qölingizdan yoki kaftingizdan bir tomiringizga igna yordamida bir qança ukollar qilinadi. Operatsiya davomida anesteziya mutaxassisi siz bilan şuğillanadi. Operatsiya söngida takror huşingiz joyiga keladi. Bu xolatda sizga niqob bilan kislorod berilişi mumkin, köngil aynişiga qarşi dori berilişi mumkin. Agar yopiq prostata operatsiyasi bölsangiz öşa oqşom suyu ovqatlar berişni umuman boşlasa böladi.
Spinal yoki epidural anesteziya(beldan uviştiriş)
Bu tur anesteziya berilsa operatsiya davomida xuşizda bölasiz. Agar xuşingiz joyida qolişini istamasangiz qöşimça tinçlantiruvçi dorilar berilib normal uyquga ketişingiz mumkin. Operatsiya söngida oyoqlaringizdagi uvişişlik bir neça soat içida tuzaladi.
Operatsiyadan keyin
Oldin uyğoniş xonasida uyğonib bir muddat kutasiz, keyinroq xonangizga çiqarilasiz. Bu erda davomli xolatda xamşiralar tomonidan qon bosimingiz va tana haroratingiz ölçanib turiladi. Uyğonganingizda kateter ekanligingizni körasiz, kateterga boğliq holda siyişga çiqişni xohlaşingiz mumkin, bu normal holdir. Geliy lazer bilan operatsiya bölgan bölsangiz xeç qanday qonaş va yuviş bölmaydi, ertasi kun kateter olib taşlanadi. Bu usulda kateterning tiqiliş extimoli deyarli juda kamdir. Oçiq prostata operatsiyasi yoki TUR-P bölgan bölsangiz nayça uzoqroq muddat qoladi va ilk kunda siydik pufagingiz nayçadan jönatiladigan bir suyuqlik bilan yuviladi. Oçiq prostata operatsiyasida ilk kunlarda oğriq böladi, buning uçun oğriqni töxtatuvçi dorilar iste'mol qilişingiz kerak böladi.
Kateterning çiqarilişi
Geliy lazer bilan operatsiya bölgan bölsangiz ertasi kun kateter çiqariladi. TUR-P bölgan bölsangiz 2-3 kundan keyin çiqariladi. Kateter çiqarilgandan söng köp suv içiladi va normal siyaboşlaganingizdan söng ketişga ruxsat beriladi. Ilk siyişlarda tualetga borgunça siyib qöyiş mumkin, bu bir neça kun içida tuzaladi. Oz bölsada ba'zi bemorlar kateter çiqarilgandan söng siyaolmasliklari mumkin (10ta bemordan 1tasi), bu holatda 2 kun yana kateterli qolişingiz kerak bölişi mumkin, 2 kundan keyin takroran kateter çiqarilib siyişingiz kuzatiladi.
Kasalxonadan çiqqiş
Siyişingiz yaxşilaşgandan keyin ketişga ruxsat beriladi. Siydigingiz biroz puşti kelişi mumkin, siydikning boşlanişida yoki oxirida qonaş kuzatilişi mumkin, bular normal xolatdir.
PROSTATA OPERATSIYaSIDAN KEYINGI DAVR
Operatsiya turiga köra turli tuzaliş davri böladi. Agar Geliy lazer bilan operatsiya bölsangiz, bir neça kun içida normal kunlik aktiv holatiga qaytişingiz mumkin. Agar maşqlarni 2-3 xafta tötatişingiz kerak böladi. Keçki paytdan boşqa paytlarda köp suyuqlik içing va qabziyat bölmaslikka urinning. Siydik rangida sezilarli quyuqlaşiş (qonaş) bölsa doktoringizga murojaat qiling. Operatsiya söngida tuzaliş davrida, siydik bilan birga qon quyqumlari va töqima parçalari çiqarişingiz mumkin, bu simptomlar normaldir.
Siydik tutaolmaslik
Ilk kunlarda tualetga borgunça yoki nafasni uşlab turilganda, aksiriş bilan siydik çiqib ketiş mumkin. Bular ötkinçidir, qisqa muddatda tuzaladi. Bu davrda iç kiyimingizni içiga kiçkina yumşoq material qöyişingiz kerak bölişi mumkin.
Nazorat
Operatsiya söngida 1inçi, 3inçi, 6inçi oylarda, keyinroq ham bir nazoratga kelişingiz kerak böladi.
Avtomobil xaydaş
Geliy lazer bilan operatsiya bölgan bölsangiz 2-3 kun içida avtomobil xaydaşingiz mumkin. Boşqa usullarda 3 xafta ötgaç xaydaşingiz mumkin böladi.
Işlay boşlaş
Geliy lazer bilan operatsiya bölgan bölsangiz 2-3 kun içida, boşqa usullarda operatsiya bölgan bölsangiz 3 xafta ötgaç işlay boşlaşingiz mumkin.
Jinsiy aloqa
Geliy lazer bilan operatsiya bölgan bölsangiz doktoringiz aksini belgilamaguniça qaçon istasangiz aloqada bölişingiz mumkin. Boşqa usullar bilan operatsiya bölgan bölsangiz eng kamida 3 xafta jinsiy aloqada bölmasligingiz kerak.
Qanday xollarda doktoringizga murojaat qilişingiz kerak böladi?
• Tösatdan siyaolmaslik
• Yuqori isitma
• Siyayotganda qattiq qiziş
• Siydik kanalida kutilmagan qonaş, siydikning qizil kelişi
• Tuxumlarning şişsa, oğriq bölsa