Maqola · 22-noyabr, 2012 · 5 daqiqa

Prostatit

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

           Prostatit bu, prostata bezini yalliğlanişi. Erkaklar jinsiy a'zolarida eng köp uçraydigan kasallik bölib odatda 30-50 yoşda uçraydi.

            Prostatik sindrom keçişiga köra ötkir yoki (3 oydan köp bölsa) surunkali böladi.

           Bu kasallikning rivojlanişiga sabab, kiçik tozning venoz tomirlarida qon aylanişi buzilişi (iç qotişi, kam xarakat xayot tarzi, uzoq vaqt jinsiy aloqadan tiyiliş yoki aloqalar sonini köpaytiriş, sovqatiş, alkogolizm va hakozolar).

            Prostatit tasnifi.

I. Ötkir prostatit. Xar doim infektsion kelib çiqişga ega.

II. Infektsion surunkali prostatit. Surunkali prostatitlar içida 5-10% ni taşkil qiladi. Klinik simptomlari va laborator belgilari prostatitga xos, infektsion qözğatuvçi mavjud.

III. Infektsion bölmagan surunkali prostatit (Yoki surunkali tos oğriği sindromi). Surunkali prostatitlar içida 90% xollarda uçraydi. Prostatitning klinik simptomlari, manfiy bakteriologik tekşiruvlar. Prostatitning laborator belgilariga qarab 2 tipga bölinadi:

·         A tip - Prostata bezi sekretida leykotsitlar soni oşişi bilan keçadigan (Yalliğlaniş sindromi).

·         B tip - Prostata bezi sekretida leykotsitlar soni oşmasligi bilan keçadigan (yalliğlanişsiz sindrom).

IV. Yalliğlaniş kompanentli simptomsiz prostatit. Prostatit simptomlari bölmaganligi sababli faqat boşqa sababdan tekşiruvlar natijasida aniqlanadi.

            Ötkir prostatit prostata beziga infektsiyani gematogen, limfogen yoki qöşni a'zolardan ötişi natijasida kelib çiqadi. Ötkir prostatitni qözğatuvçilari spektri, siydik yullaridagi boşqa ötkir infektsion jarayonlarni qözğatuvçilari bilan bir xil. Asosiylari gramm manfiy anaerob bakteriyalar: E. Coli - 80% ni taşkil qiladi, Serratia Pseudomonas, Klebsiella Pseudomonas, Proteus Pseudomonas – 10-15%; grammusbatlardan: Enterococcus – 5-10%.

           Infektsiyani prostataga kiriş yöllari xilma xil. Asosiylari: kanalikulyar yöl – Siydik çiqaruv kanalining orqa bölimi prostata bezi çiqaruv yöllaridan. Limfogen yöl – ötkir uretritda. Gematogen yöl – bakteriemiyada.

Ötkir prostatit bilan xastalanganlar qiynalib, tez-tez, oz-ozdan siyişga, siyiş vaqtida açişiş yoki oğriqqa, qov, oraliq va orqa çiqaruv teşigi soxasidagi oğriqlarga, oğriqlarni moyaklarga, jinsiy olatga tarqalişiga, şikoyat qiladilar. Şu bilan birga umumiy intoksikatsiya belgilari qöşiladi: tana xaroratini kötarilişi, umumiy xolsizlik, qaltiraş, köngil ayniş. Qaltiraşni qöşilişi kasallik jiddiylaşganidan darak beradi. 20-30 daqiqada qaltiraş ötadi, lekin umumiy xolsizlik, terlaş, kuçayadi va tez çarçaş paydo böladi.

Qandli diabet, alkogolizm, narkomaniya kasallikni asl ahvolini berkitişi mumkin. Bemorning şikoyatlari bölmasligi mumkin yoki faqat iç kelişi vaqtidagi oğriqlar, ötirgan vaqtda töğri içakda va oraliqda bosimga şikoyat qilişi bilan kifoyalanişi mumkin.

Rektal körik(orqa peşobdan barmoq bilan köriş)da prostata kattalaşgan, şişgan, oğriqli, örta egati aniqlanmaydi, flyuktuatsiya(çayqaliş) öçoqlari aniqlansa prostata abstsessi boşlangandan darak beradi. Yalliğlangan prostataning va prostata atrofi töqimalarini kattalaşib ketişi natijasida siydik çiqaruv kanalining orqa qismini ezilişi, siydik uşlanib qolişiga sabab böladi. Töliq siydik tutilişi kuzatilişi mumkin. Ötkir prostatit umumiy şamollaş belgilarini ustunligi bilan ötib ketişi mumkin. Şuning uçun erkaklarda tana xarorati kötarilganda prostata bezini rektal köriş lozim. Jarayon siydik pufagi atrofi töqimasiga yoki siydik qopi devoriga ötganda ötkir sistit belgilari paydo böladi, tez-tez siyiş, siydik qistovlar. Jarayon töğri içak devoriga ötganida iç kelgandagi oğriqlar, oraliq soxasida oğriq paydo böladi.

Ötkir prostatitda prostata massaji mumkin emas. Şuning uçun rektal körik extiyotkorlik bilan ötkazilişi kerak.

Tekşiruvlarda 4 stakanli sinama (siydikni 4.ga bölib topşiriş)ni buyurişdan maqsad, Meares va Stamey ta'riflagandek uretra, prostata yoki siydik pufagidagi infektsiyani aniqlaş. 10 yil avval Draç et al. tasnifi Meares va Stamey işiga asoslangan tasnif taklif qilingan. Unga köra prostata sekretidan va siydik namunasidan (VB1 - birinçi siydik portsiyasi, VB2 - örta siydik portsiyasi, VB3 - siydik portsiyasi prostata bezini massaj qilingandan keyin olinadi) topilgan leykotsitlar soni yoki bakteriyalar ekmasini ösişiga qarab prostatitlarning har xil tipi tasniflanadi.

Surunkali bakterial prostatit erkaklarda qaytalanuvçi SYI (siydik yöllari infektsiyasi) natijasida kelib çiqadi VA ALBATTA DAVOLANSA BÖLADI FAQAT TAŞXIS TÖĞRI QÖYILSA BÖLDI.

Qöyidagi holatlarni heç biriga yaqqol prostatit yoki surunkali prostatit sabab bölmaydi va antibiotiklar bilan tuzalmaydi: Sperma hajmini kamligi (gipospermiya), Spermatozoidlarning miqdorini kamligi (Oligozoospermiya), Spermatozoidlarni harakatçanligini kamligi (astenozoospermiya), Oligoastenozoospermiya, Ölik spermatozoidlarni köpligi bilan birga kelişi (Teratooligoastenozoospermiya), Muddatdan avval böşaliş (tez taşlaş), Jinsiy olatni etarli qattiq bölmasligi (Erektil disfunktsiya eski nomi impotentsiya(jinsiy zaiflik)), Jinsiy aloqaga xohişni kamayişi, Yoşi kattalardagi jinsiy qobilyat buzilişi va hakozolar.

Siydik bakterial ekmasi va prostata suyuqligini tekşiriş: prostata bezi suyuqligini mikroskopiyasi va miqdoriy segmentar bakteriologik lokalizatsiyali ekmasi bemorlarda prostatitni baholaşda muhim tekşiruv hisoblanadi.

Enterobacteriaceae, xususan E.coli eng köp tarqalgan qözğatuvçilardan biridir.

Prostatit bilan kelgan bemorlarda tekşiruv ketma-ketligi.

Anamnez

Fizikal tekşiruv

Siydikning umumiy tahlili va örtaça uluşining bakterial ekiş yöli bilan tekşiriş.

Venerik kasalliklarni istisno qiliş.

Siyiş kundaligi, urofloumetriya (siydik oqimini registratsiyasi), qoldiq siydikni aniqlaş.

Siydikning 4 stakanli taxlili, u Meares va Stamey tomonidan kiritilgan.

Infektsiya aniq topilgan bemorlarda antibakterial terapiya. 2 hafta ötgaç bemorning ahvoli yaxşilanmasa keyingi tekşiruvlar, masalan: videourodinamika ötkaziladi.

Ötkir bakterial prostatit jiddiy infektsiya sifatida keçişi va parenteral davo muolajalari talab etilişi mumkin. Bemorga yotoq rejim belgilanadi va keng spektrga ega bölgan penitsillinlar, 3 avlod sefalosporinlar yoki ftorxinolonlar qöllaniladi. Davo muolajalari klinik belgilar töliq yöq bölib ketgunça ötkaziladi.

            Surunkali prostatitda aminoglikozidlar qöllanilmaydi, şunday bölsada ular Gramm manfiylarga yaxşi faollikka ega. Bu guruh dorilar parenteral yöl orqali kiritiladi. Ularga nisbatan qarşi körsatmalar - allergik reaktsiyalar. Umumiy kurs, davolaşda 4-6 hafta davom etadi. Albatta dorilar yuqori dozada buyuriladi. Xöjayra içi bakteriyasi aniqlanganda yoki gumon qilinganda tetratsiklin yoki eritromitsin buyuriladi. Prostata içiga antibakterial preparatlarni kiritiş tabletka bilan davolaniş samarasiz bölganda qöllaniladi.

            Surunkali prostatit aktual mavzu bölmaganligi uçun maqolamizda keng örin bermadik!

Urolog Qosimov Saidakrom Olimoviç

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş