Maqola · 15-mart, 2017 · 5 daqiqa

Qisqa muddatli FSG bilan davolaş kursi protokoli

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Yuqoridagi maqola va boşqa bir qança maqolalarga asoslangan holda bugungi kunga kelib Özbekistonda ham su’niy uruğlantiriş mavzusi dolzarb bölayotgan bir paytda idiopatik azoospermiya holatli erkaklarni bu davolaş usuliga tayyorlaşni birgina usuli bolgan FSG bilan tayyorlaş haqida qisqaça maqola yozib sizlarga taniştirişga ahd qildim.

Su’niy uruğlantiriş usuliga tanlangan oilalarning deyarli 50%ida bepuştlik sababi noma’lumligiça qolib kelmoqda. Şuningdek FSG gormon beriş orqali homilador böliş ehtimoli sezilarli darajada kötarilişi qayd etilmoqda. 2016yilda dunyoning turli davolaş markazlaridan 614ta bemorlar ustida ötqazilgan meta-analizda, agar erkakka FSG gormoni bilan stimulyatsiya qilinsa tabiiy yoki su’niy homilador bölişlik ehtimolini 1.6-4.5 barobar orttirişini aytib ötişdi (Santi 2015). Albatta hamma bemorlarga emas, tanlangan ma’lum kriteriylarga mos keladigan bemorlar bölişi şartligi, şak-şubhasizdir. Hamma bemorlarda ham ijobiy natija oliş mumkin emas, asosiy şartlaridan biri bemorlarining bazal FSG körsatkiçi normal körsatkiçlar orasida bölişi şart. Bu körsatkiçlarga amal qilinsa bemorlarning 50%idan köpida spermogrammasida sezilarli ijobiy özgarişlar qayd qilinadi. Bundan taşqari su’niy uruğlantirişni ham öziga yaraşa ehtimolliklari bor köplab markazlar 30-50% orasida natijaga erişayotganliklarini aytişadi. Şuningçun bu muammolarni hal qiliş uçun Italyaning Floransiya Universiteti şifokorlari yangi usulni taklif qilişdi. Bu taklifga köra sun’iy uruğlantiriş ötqaziladigan juftlarining erkaklariga kamida 1oy oldin FSG gormonini berişlik fertilizatsiya böliş ehtimolini sezilarli ravişda ortirar ekan. (Casamonti 2017).

Bu tadqiqotda olimlar spermatozoidni uruğlantiriş ehtimolini gialuronik kislotani boğlaş testi (HBA) orqali baholadilar. Çunki faqatgina yetuk spermatozoidlargina öz boşlarida gialuronik kislota reseptorlariga ega böladilar. Bu spermatozoidlardagi genetik ma’lumotlar ham talabga javob beradigan böladi. Şu sababli uruğlantiriş va homiladorlik ehtimoli ham baland böladi. Haqiqatdan ham HBA testidan ötgan erkaklarning spermatozoidlari ICSI dan köra inseminatsiya (IUI) va/yoki tabiiy yol bilan homiladorlik qilaoliş qobilyatiga ham ega böladilar. (Huszar 2002, 2007). Agar HBA testi 65%dan past bölsa suniy uruğlantiriş ehtimoligi ham sezilarli darajada kamayadi. (Worrilow 2013). Şuningçun HBA testi spermatozoidni yetukligini belgilaş va homiladorlik ehtimolini baholaşda ahamiyatli test hisoblanadi.

Yuqorida aytib ötgan tadqiqotimiz FSG qabul qilgan erkaklarining spematozoidlarining asosiy qismini HBA testini muvaffaqiyatli ötganligini, ya’ni uruğlantiriş imkoniyatini ham yuqori bölişligini körsatdi. Qiziq tarafi qisqa muddatli davolaş kursini ham bir hil effektga ega bölişligidadir. Ya’ni faqatgina bir oy kiçik doza FSG ham uzun muddatli davolaş kursi kabi effektga ega ekanligidadir. Klassik fikrlarimizdagi 3yoki 6oy emas balki 1oyda ham bir hil körsatkiç korsatmoqda. “Qisqa muddatli stimulyatsiya protokoli” deb nomlangan bu usul sun’iy uruğlantiriş qilinadigan bemorlarga 1oygina FSG qilişlikni öz içiga öladi. Şunday qilib endi erkaklardagi FSG bilan davolaş protokollari endi 2 xil böladi: uzun muddatli protokol va qisqa muddatli protokol (Attia 2013, Santi 2015).

Lekin şuni unutmasligimiz kerakki spermatogenez uçun kerakkli ikkita asosiy gormon FSG va Testosteron moyak içida yetarli darajada bölişi şart, Testosteron past bolsa XG bilan kombinatsiyalaş mumkin.

Qisqa muddatli davolaş protokolini quyidagiça tuşuntirişimiz mumkin böladi, FSGning spermatozoid işlab çiqarilişining ohirgi bosqiçi bölgan spermiyogenez bosqiçini tartibga solinişi ma’lum. Bu bosqiçda FSG ikkinçi mayoz bölinişni va yumaloq spermatiqlarda dum rivojlanişini ta’minlaydi. FSG yetarli miqdorda bölmasa spermatozoid DNK’ida giston-protamin oqsillari orasidagi örin almaşiniş yuz bermaydi natijada spermatazoid xromatini ya’ni genetik ma’lumoti strukturasi buzuladi. (Krişnamurthy 2000). Haqiqatdan ham FSG olgan bemorlar spermatozoidlarini olmagan erkaklarnikiga köra ança soğlom ekanligi keltirilib ötilgan (Piomboni 2009). DNK zararlanişlari ham sezilarli darajada kamayadi. (Ruvolo 2013). HBA testi talabga javob bermaydigan erkaklarining 46% ida davolaşdan keyin test natijalari ijobiy çiqişi aniqlangan. Bu esa fertillik qobilyatini ortganligini körsatadi. Agar davolaş kursi oşa ozimiz bilgan usulda qilinsa yana sifati oşadi.

Xulosa qilib aytganda bu tadqiqot FSG körsatkiçlari normal çegarada bölgan (1.5-8 IU/L orasida) bepuşt erkaklarda qisqa muddatli davolaş kursi ötqazilgan bemorlarda sperma sifatini tuzalişi va HBA testini yaxşi ötişini körsatib berdi. Ammo bu davolaş kursi uçun erkaklarni yaxşilab tanlanişi ham kerak böladi. Bundan taşqari gormonlarni nojöya ta’sirlari ham bölganligi sababli jiddiy nazorat ham qiliş kerak. Lekin şunga qaramay yakuniy hulosa kelişi uçun yanada köproq bemor iştirokli köp markazli ikki taraflama kör tekşiruvlarga ehtiyojimiz bor.

Attia AM, Abou-Setta AM & Al-Inany HG. (2013) Gonadotrophins for idiopathic male factor subfertility. Cochrane Database Syst Rev 25.

Casamonti E, Vinci S, Serra E, Fino MG, Brilli S, Lotti F, Maggi M, Coccia ME, Forti G, Krausz C. Şort-term FŞ treatment and sperm maturation: a prospective study in idiopathic infertile men. Andrology. 2017 Mar 15. doi: 10.1111/andr.12333.

Huszar G, Jakab A, Sakkas D, Ozenci CC, Cayli S, Delpiano E & Ozkavukcu S. (2002) Fertility testing and ICSI sperm selection by hyaluronic acid binding: clinical and genetic aspects. Reprod Biomed Online 14, 650–663.

Huszar G, Jakab A, Sakkas D, Ozenci CC, Cayli S, Delpiano E & Ozkavukcu S. (2007) Fertility testing and ICSI sperm selection by hyaluronic acid binding: clinical and genetic aspects. Reprod Biomed Online 14, 650–663.

Krishnamurthy H, Danilovich N, Morales CR & Sairam MR. (2000) Qualitative and quantitative decline in spermatogenesis of the folliclestimulating hormone receptor knockout (FORKO) mouse. Biol Reprod 62, 1146–1159.

Piomboni P, Serafini F, Gambera L, Musacçio C, Collodel G, Morgante G & De Leo V. (2009) Sperm aneuploidies after human recombinant follicle stimulating hormone therapy in infertile males. Reprod Biomed Online 18, 622–629.

Ruvolo G, Rocçeri MC, Brucculeri AM, Longobardi S, Cittadini E & Bosco L. (2013) Lower sperm DNA fragmentation after r-FŞ administration in functional hypogonadotropic hypogonadism. J Assist Reprod Genet 30, 497–503.

Santi D, Granata AR, Simoni M. FSH treatment of male idiopathic infertility improves pregnancy rate: a meta-analysis. Endocr Connect. 2015 Sep;4(3):R46-58. doi: 10.1530/EC-15-0050.

Worrilow KC, Eid S, Woodhouse D, Perloe M, Smith S, Witmyer J, Ivani K, Khoury C, Ball GD, Elliot T & Lieberman J. (2013) Use of hyaluronan in the selection of sperm for intracytoplasmic sperm injection (ICSI): significant improvement in clinical outcomes-multicenter, double-blinded and randomized controlled trial. Hum Reprod 28, 306–314.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş