Siydik rangi qanday holatlarning işorati hisoblanadi?
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Siydik, organizmdagi çiqindilarni çiqarib taşlanişida ahamiyatga ega. Buyraklar işlab çiqargan siydik va suvda eriydigan modda almaşinuvining çiqindilari siydik yollari orqali taşqariga çiqariladi. Şu bilan organizmda toplanişi mumkin bölgan zararli moddalar va toksinlar siydik yordamida organizmni tark qiladilar. Buyraklarimiz qonni filtrlab siydik işlab çiqarişga ma’suldirlar. Bundan taşqari buyraklar qand, suv, vitaminlar, aminokislotalar va boşqa zaruriy moddalar, mikroelementlarni çiqib ketişiga yol qömasdan yana qonga qaytarişdek juda muhim vazifani ham bajaradilar. Siydik hidi va rangini özgarişi oziq ovqatlarga boğliq böliş bilan birga bazi kasalliklar hattoki ösma kabi havfli kasalliklarni ham belgisi bölişi mumkin. Umuman olganda siydik rangi umumiy tanadagi holatni közgusidir.
Soğlom kişining siydik rangi qanday böladi?
Siydikka sariq-samon rangini beradigan pigmentni uroxrom deyiladi. Siydik rangi ziçligiga qarab ba’zan töqroq, ba’zan esa oçiqroq sariq bölişi mumkin. Töq sariq rang kam suyuqlik iste’mol qilganlikni körsatadi. Oçiq sariq esa köp suyuqlik içganlikni yoki siydik haydovçi dorilar qabul qilganlikni körsatadi. Ba’zi dorilar siydik rangini kökka yoki yaşil rangi boyaşi mumkin, bundan taşqari qizil savzi giştrang, vitaminlar sap-sariq, porferiya kasalligida esa qöngi’r rangdagi siydiklarni körişimiz mumkin. Qizil rangli siydik odatda siydikka qon aralaşganligini körsatadi. Vahimaga tuşmasdan urolog şifokoriga zudlik bilan murojaat qiliş kerak çunki oz miqdordagi qon ham siydik rangini özgartirişga yetadi. Siydikdagi qon infektsiya yoki ösma kasalliklarini belgilari ham bolişi mumkin.
Soğlom kişining siydik rangi örtaça oçiq sariq-samon rangida böladi.
Siydik ranglari va sabablari:
Yaşil yoki Kök rangli siydik: Bu rangga quyidagilar sabab bölişi mumkin;
- Ba’zi ozuqa moddalaridagi ranglar siydik rangini yaşilga böyaşi mumkin, Qovuq va buyrak funktsiyalarini tekşiriş uçun ham ba’zan urologlar rangli moddalardan foydalanişadi.
- Propofol (diprivan), Amitriptilin va Indometasin kabi dorilar ham siydik rangini yaşil yoki kök rangga böyaydi.
- Genetik kasalliklardan bölgan Giperkalsiemiya (Williams kasalligi) juda ham kam uçraydi, siydik rangi ayniqsa bolalarda kök rangli siydik ajratadilar, Kök rangli çaqaloq tagligi sindromi şu tur bemorlarda işlatiladi.
- Stafiloccocus pseudomonas siydikka aralaşsa siydik rangi yaşil rangga kirişi mumkin.
Töq jigarrang siydik:
- Dukkakli ozuqalarni köp miqdorda istemol qiliş, ravoç kabi bazi kökatlarni istemol qiliş;
- Bazi dori vositalari (metronidozol, muskul böşaştiruvçi dorilar (narkozda işlatiladi));
- Buyrak va jigar kasalliklari, siydik yollari infektsiyasi siydik rangini töqlaşişiga sabab boladi. Buyrak toşlari va infektsiyalarida siydik quyqali körinişga ega böladi.
Töq sariq (apelsin) rangli siydik: Siydikning töq sariq rangda bölişiga sabab böladigan ba’zi dorilar ham mavjud. Siydik yollarini kasalliklarida yoki boşqa kasalliklarda işlatiladigan siydik haydovçi yoki iç suruvçi dorilar şular qatoriga kiradi. Töq rangli siydik öt qopi va jigar kasalliklarni tögridan tögri işoratidir. Yana bir holat organizmni suvsiz qolib siydik ziçligi oşib ketganda kuzatiladi. Dorilar, ba’zi vitaminlar va qizil savzi suvini, sokini, içişlik ham siydik rangini töq sariqqa böyaşi mumkin.
Siydik rangidagi özgarişlar köz bilan köriş ham mumkin laboratoriyada ham aniqlaş mumkin bölgan holatdir. Siydikda özgarişlar faqat rang emas uning hidi, siyişdagi özgarişlar tarzida ham yuzaga çiqadi. Siydik insonni nimalar yeganini qança yeganini, nima içganini, qanday kasalliklar borligi haqida ma’lum maslahat va yonalişlar beradi. Organizmga tuşgan bakteriya, yuqori miqdordagi glyukoza, zaharlar va oqsillar siydik orqali organizmdan çiqarilib taşlanadi.
Siydikni rangi ösma kasalliklarni bosqiçlariga qarab ham ma’lum özgarişlarga uçraydi. Siydik tahlili quyidagi kasalliklarni tahmin qiliş (klinik belgilari körinadi) yoki taşxis qilişga yordam berişi mumkin:
- Buyrak soxasida ösma paydo bölişi yoki oğriq
- Çarçoq umimiy holsizlik
- Yuqori isitma
- Iştaha yoqolişi, oziş
- Jigar kasalliklari qöşilişi
- Anemiya
- Son soxalarida, yuzlardagi, qovoqlardagi şiş
- Yurak tez yurişi
- Nafas olişga qiynaliş, yötal
- Boş oğriq va suyak oğriqlar
- Balğamda qon aralaşi
- Özidan ketib qolişi
Suvda eriydigan riboflavin bilan B2 vitamini mavjud vositalar siydik rangini sarğayişiga olib keladi. Vitamin qabul qiliş qançalik foydali bölsa ham köp miqdorda istemol qiliş gipervitaminoz keltirib çiqaradi bu ham albatta soğlom deb hisoblanilmaydigan holatdir. Siydik rangi juda oç sariq bölsa odatda köp suyuqlik içganda kuzatiladi, undan taşqari jigar sirrozi va gepatit kabi kasalliklarda ham oç sariq bolişi mumkinligini esda tutiş kerak. Homiladorlarda ham siydik rangi oçiqroq böladi. Köp suyuqlik içiş, jigar kasalliklaridan taşqari qandli diabetda ham siydik rangi oçiqroq bölişini unutmasligimiz kerak.
Siydik rangi puşti yoki qizğiş bölsa kasalliklardan taşqari antibiotiklarda, qizilça, baqalajon, maymunjon iste’mol qilgandan ham rangi qizaradi. Siydik yollari infektsiyasi, buyrak toşlari, prostata yoki ösmalar ham siydik rangini qizarişiga sabab bölişi mumkin.
Siydik rangi turli kasalliklarda özgarişi har qança ma’lum bölsa ham juda oddiy arzimas sabab bilan ham özgarişi mumkin. Şuning uçun siydik rangida özgariş körilsa havotirga tuşmasdan urologga murojaat qiliş va siydik tahlili qildiriş kerak böladi.