Tamaki (sigareta) qanday qilib jinsiy hayotga zarar beradi?
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Tamaki (sigaret) qanday qilib jinsiy hayotga zarar beradi?
Sigaret sözi asli ispan tilidan tamaki barglarni ustma ust örab silindir şakliga keltirilişi sigarello sözidan kelib çiqqan.
Sigaret çekiş natijasida rivojlanadigan kasalliklar sababli har yili dunyoda 3-4million kişi halok böladi, agar oldini olinmasa bu raqam 12millionga ham çiqişi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Sigareting OIDS, tuberkulyoz, avtohalokatlar, onalar ölimi, öz joniga qasd qilişliklar yoki umumiy qotilliklardan ham köra köproq kişilarning hayotiga zavol bölayotgan bugungi kunda sir emas. Sigaretni bir qança zararlarini bilamiz, lekin bu maqolada jinsiy hayotga bölgan zararlari haqida töxtalib ötamiz.
Işonsalaring erkaklarning ham ayollarning ham jinsiy hayotiga juda katta zarar keltiradi, quyida sabablarni keltirib ötamiz:
Erkaklar sigaret çekkanda erkaklik gormoni Testosteronda pasayiş kuzatiladi, Testosteron erkaklarning jinsiy a’zolarining rivojlanişida va jinsiy aloqaga bölgan xohişni ta’minlaşda muhim rol oynaydi. Sigaret çekkandagi libidoni pasayişini mexanizmi ham aynan şu gormonni pastlaşi bilan boğliqdir.
Bundan taşqari bu gormonni kamayişi erkaklarda kökrak bezlarini kattalaşişiga olib keladi, yani ginekomastiya rivojlanişiga olib keladi. Yoğ bosişga sabab böladi, muşak toqimasidan köra yoğ toqimasini nisbati köpaydi.
Erkaklarning spermatozoidlarida ham ozgarişlar kuzatiladi, spermagrammani sifati pastlaydi, spermatozoid anomaliyalari paydo boladi, spermatozoid boşining defektlari köpayadi ayniqsa ikki boşli spermalar kopayadi. Bu defektlilar bilan homilador qilaolişlik mumkin emas.
Sigaret çekkadigan ayollarni çekmaydigan ayollarga nisbatan farzand köriş ehtimoli pasayadi, yoki homilador bölsa ham çekişda davom etsa bölalarni nogiron tugulişlariga sabab böladi.
Sigaret qon aylaniş sistemasini, qon tomir devorlariga ham zarar beradi, eng nozik qon tomirlar erkak jinsiy a’zosida joylaşgan, şuning uçun ham sigaret çekadiganni yuraği kasal bölişidan oldin jinsiy hayoti buzulib bölganiga 5-10yil ötgan böladi.
Ötqazilgan ilmiy işlarda ham ED (erektil disfunktsiya (eski nomi impotentsiya)) mavjud bemorlarni 95.7% sigaret çekar ekan.
Ayollarda ham qon tomir sistemasini izdan çiqişi natijasida jinsiy aloqaga bölgan xohiş kamaydi, sababi jinsiy aloqa paytida qon tomirlar kerakli miqdorda kengayaolmasligi orgasm his qilmaslikka, klitorni kengaymasligiga olib keladi natijada sigaret çekadiganlar çekmaydiganlarga nisbatan kamroq hayot lazzatidan bahramand bölgan bölişadilar. Şuning uçun jinsiy aloqada bölişlikni xohlmasdan turmuş örtoqlarni qaytaradilar.
P.S Bu faqatgina sigaretga tegişli qism xolos, aslida çekmaydiganlarda ham şu holatlar kuzatilişi mumkin juda ham kam miqdorda, uni sababini hal qiliş uçun er-xotin birgalikda androlog qabulida bölişi kerak böladi.
Jinsiy hayot har ikki jins uçun ham juda muhim bölsada köproq ayollarga muhim, lekin erkaklarga muhimroqdek qilib körsatilişi togri emas, aslida har jihatda (ruhiy, moddiy, fiziologik) ayollar köproq manfaat topadilar. Bu alohida mavzu!!!