Tuğma penis egriligi
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Kasallikni taşxisi va uçraşi:
Tuğma penis (erkak jinsiy olati) egriliklari odatda jinsiy baloğatga etgaç ma'lum böladi, ya'ni erektsiya boşlanişi bilan aniq böladi va erektsiya paytida egrilik kuzatiladi, bu tuğma kasallik bölib 100.000 erkakdan 37 tasida uçraydi.
Sabablari:
Sababi töla aniq emas lekin bir neçta teoriyalar bor, bulardan; uretral blyaşkani notöğri rivojlanişi, meatusda fibroz töqima rivojlanişi, kavernozal va spongiozal töqimalarni rivojlanişidagi nisbatni buzilişi.
Taşxis qöyiş va uni baholaş:
Közdan keçiriş va erektsiya paytidagi penisni rasmga oliş orqali diagnoz qöyiladi. Odatda kasallarni özlari egrilikni biladilar. Erektsiya paytidagi penisni yuqoridan va yondan olingan rasmlari orqali taşxis qöyiş va davolaş hajmini aniqlaş imkoniga ega bölinadi.
Kasallik belgilari:
Erektsiya paytida egrilik, jinsiy aloqaga erişa olmaslik, jinsiy aloqa paytida oğriqlar bölişi mumkin. Ba'zibemorlarda şikoyatlari bölmasa ham kosmetik noqulaylik sababli murojaat qiladilar Körsatma:
Jinsiy aloqaga kirişga qiynalsalar, oğriq bölsa va egrilikni (35 - 40˚) yuqori darajalari
Davolaş:
Faqat operativ.
Konservativ davolaş usuli yöq. Jarrohlik usullari 2 xil:
1-Uzun tarafni (konveks) qisqartiriş;
2 – Qisqa tarafni (konkaev) uzaytiriş.
1 – Plikatsiya qöyiş orqali bajariladi va buning uçun egrilik 60˚ dan köp bölmasligi penis etarli darajada uzun bölişi kerak. Odatda tuğma egriligi bölgan bemorlar penisi uzun böladi şuning uçun plikatsiya qöyiş orqali yöqotiladigan (0.5 – 1.5sm) uzunlik ularning jinsiy hayotiga ta'sir ötkazmaydi. Nesbit, Yaçia, Dikkett, Lue kabi bir neçta metodlar mavjud.
2 – Intsiziya va grafting metodi; avval egrilik bor jöy kesiladi va yamoq materiali tikiladi. Murakkab (ikki tarafli) egrilik va 60˚ dan köp bölgan holatlarda qöllaniladi.
Asoratlari:
Bemorga köra har xil bölib asosan penis uzunligini qisqarişi, egrilikni qaytalanişi, granuloma, erektil disfunktsiya, gematoma, penis gipoesteziyasi, uretra şikastlanişi bölişi mumkin
Operatsiyadan söng:
Uyga ketgaç bir kundan söng odatdagi işlarni bajariş mumkin. Teriga özi söriladigan tikiş material işlatilgani sababli 7 kunda sörilib ketadi. Va yuvinsa böladi. 6 hafta jinsiy aloqaga kirilmaydi. 8 haftadan söng oğir işlar ham qilsa bölaveradi.
Vraçga 7 – 10 kundan söng bir marta körsatadi, söngra yilda bir marotaba keladi.
Natijasi 71 – 90% hollarda ijobiydir