Uruğ tahlili – Spermogramma - Spermogram
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Spermogramma – erkak maniysi (sperma, eyakulyat) ni mikroskop ostida tekşiruvidir.Bu tekşiruv erkaklarning homilador qilaolişini körsatuvçi asosiy va yagona tahlildir. Ammo şunga ham e'tibor beriş kerakki tahlilning normaga mos tuşmasligi erkakning bepuştligi haqida töliq, işonarli ma'lumot bermaydi. Tahlilning normadan farq qilişi faqatgina homiladorlik ehtimolini kamaytiradi xolos. Har qanday natija bölsa ham töliq bepuşt deya olmaymiz. Xulosani faqatgina boşqa yordamçi tekşiruvlar bilan şifokor aytaoladi.
Tekşiruvga tayyorlaniş
Natijani işonçli va töla ma'lumotga ega bölişi uçun quyidagiça tayyorlaniş kerak:
1. Bir neça kun jinsiy parhez, ya'ni heç qanday yöl bilan maniy çiqmasligi kerak. Turli adabiyotlarda turli fikrlar bölişi mumkin lekin köpçilik mutaxassislar uruğ topşiriş uçun 3-5 kun jinsiy parhez bölişi kerakligini tavsiya qilişadi. Yana şunday fikr borki tabiiy bölişi uçun odatdagi jinsiy hayoti orasi qanday bölsa şunday jinsiy parhez qiliş kerak deydiganlar ham bor.
2. Xuddi şu kunlarda spirtli içimliklar içiş, turli dori preparatlar qabul qiliş, köp miqdorda kofein qabul qiliş ham ta'qiqlanadi.
3. Şu kunlarda yuqori haroratli muolajalarda - sauna, qaynoq vannalar, duşlar, solyariy, quyoş vannalaridan tiyiliş kerak.
Odatda kamida ikki marta uruğ tahlili ötkazilişi kerak va şuni unutmaslik kerakki ikkinçisi uçun ham aynan birinçisi kabi tayyorgarlik kerak va ikkalasini ham özingiz işonib borgan labarotoriyada tekşirişlişi şart.
Tekşiruv materialini oliş usullari
Labaratoriyaga masturbatsiya yöli bilan çiqarilgan butun eyakulyatni beriladi. Eyakulyat, albatta labarotoriyada maxsus xonada oğizi keng idişga topşirişlişi şart. Ba'zi labaratoriyalar qiladigan prezervativdagi, uydan olib kelingan eyakulyatlarni qabul qiliş orqali juda ham köp xatolar va notöğri natijalar uçramoqda.
Tahlil qiliş texnikasi
Eyakulyat avvalo taşqi körinişi bilan baholanadi söngra mikroskop ostida tekşirilişi boşlanadi.
Natijalarnitahlilivaahamiyati (WHO Laboratory Manual for Human Semen and Sperm-Cervical MucusInteraction (5th edition)-2010)
Eyakulyat hajmi
Normada: 1.5 (1.4–1.7)ml.
Yuqoridagi körsatkiç minimal bölib hajmning bundan ham kamayi şieyakulyatning transportida nuqson borligidan darak beradi. Avvalo eyakulyatni töğri, barçasini töplanganligiga e'tibor berişi kerak. Olingan material şunda ham kam hajmga ega bölsa bu jinsiy bezlar faoliyatini izdan çiqqanligi yanada köproq yölda blok(tösiq) borligi haqidagi fikrga töxtaliş kerak böladi. Hajmni oşib ketişda köproq yalliğlaniş jarayonlarini örni kattaroq(prostatit va vezikulit).
Rangi
Normada: oq, kulrang, sarğiş.
Rangining qizarişi yoki qönğir tus olişi spermaga qon qöşilganligidan xabar beradi. Bu holat odatda jinsiy a'zolar travmalaridan söng, surunkali vezikulit, kalkulez prostatit kuzatiladi.
RN
Normada: ≥7,2.
rN ning past bölişi odatda uruğ pufakçasini ageneziyasida, kötarilişi odatda yalliğlaniş jarayoniga boğliq böladi.
Suyuliş vaqti (Vremya razjijeniya)
Normada: 5-60 minut.
Eyakulyat çiqişida suyuq holda böladi va qisqa vaqtda seminogelin proteynni ta'sirida koagulyatsiya röy beradi. Ma'lum vaqtdan söng prostatadan işlab çiqariladigan enzimlar (asosiysi PSA) ta'sirida suyuladi. Suyuliş vaqtini uzayişi köpinça surunkali prostatit va vezikulit natijasidir. Suyuliş vaqtini uzayişi spermatozoidlarni kuçini erta yöqolişiga olib keladi, ya'ni qinning kislotali muhitida uzoq qolib ketadi. Bu körsatkiç homiladorlikka töğridan töğri ta'sir qiladi.
Yopishqoqligi (Vyazkost spermы)
Yopişqoqligi maxsus igna yoki pipetka yordamida çöziluvçanligini baholaş orqali belgilanadi. (+) 0,5-1sm normada tomçi tomçilab oqişi kerak, ( ++ ) 2-4smgaça çözilib çözilib tuşadi. (+++) 4smdan uzaydi. Yopişqoqlikni uzayişi köpinça surunkali prostatit va vezikulit natijasidir. Suyuliş vaqtini uzayişi spermatozoidlarni kuçini erta yöqolişiga olib keladi, ya'ni qinning kislotali muhitida uzoq qolib ketadi. Bu körsatkiç homiladorlikka töğridan töğri ta'sir qiladi.
Spermatozoidlar kontsentratsiyasi
Normada: 15 (12-16) mln/ml dan köp bölişi kerak.
Spermatozoidov miqdorining kamayişiga oligozoospermiya deyiladi. Spermatozoidning miqdori va sifati töğridan töğri moyaklarning funktsiyasi haqida ma'lumot beradi. Albatta bunga ta'sir qiluvçi bir neça faktorlar bor bulardan ba'zilari gormonlar, mavjud yoki ötkazilgan yalliğlaniş jarayonlari, toksik ta'sirlar, spermatogen epiteliy holati, modda almaşinuvi va hakazolardir.
Ba'zi laboratoriyalar polizoospermiya – spermatozoidkontsentratsiyasini 120 mln/ml köpligi deb hisoblaşadi. Har qanday özgariş bölgan taqdirda ham bemorlar urolog – androlog bilan doimiy aloqada bölişlari kerak.
Spermatozoidlar miqdori
Normada: eyakulyatda 39 (33-46) mln.dan köp bölişi kerak
Spermatozoidlarning harakatçanligi
Spermatozoidlarning harakatçanligi spermogrammaning juda muhim qismlaridan biridir. Lekin özi alohida heç qanday qiymatga ega emas, ya'ni urologlar va şuningdek bemorlar orasida tarqalgan faqatgina neça foiz aktivligini aytişning heç qanday qiymati yöqdir. 2010 yildan yana harakatçanlikni uçta guruhga bölib köriş tavsiya etildi.
Aktiv harakatçan(PR) > 32 (31–34)%
Harakatçan(NP) > 8(7–9)%
Harakatsiz ¬– 0
Normada: umumiy aktivlik (Total motility (PR+NP, %)) 40 (38–42)%
Spermatozoidlarning aktivligini kamayişiga astenozoospermiya deyiladi. Sabablari juda köpdir– eng köp sababi varikotsele bölib undan taşqari turli yalliğlaniş kasalliklari, moyaklarga yuqori harorat, toksik ta'sirlari ham bölişi mumkin.
Spermatozoidlarning morfologiyasi
Bu körsatkiç normal şaklga ega bölgan va homiladorlik potentsialiga ega bölgan spermatozoidlar miqdorini körsatadi.
Normada: > 4(3–4)%.
Morfologiyasi buzuq bölgan spermatozoidlarni sonini oşişi teratozoospermiya deyiladi.Morfologiyaga toksik, infektsion va erkakning yaşaydigan ekologiya muhitining ta'siri juda kuçli.
Spermatozoidlarningtirikligi (Vitality (live spermatozoa, %))
Bu körsatkiç ham juda muhim bölib ba'zi labaratoriyalarning beradigan harakatçan spermatozoidlarningyiğindisidan iborat emas bu juda ham katta xatodir. Çunki bemorga keyingi bosqiçda qanday yondaşişnibelgilab beradigan va homiladorlikka töğridan töğri ta'sir qiladigan muhim omildir.
Normada: > 58 (55–63) %.
Tirik spermatozoidovlarning sonini kamayişi nekrospermiya deyiladi. Keltirib çiqaridigan faktorlar orasida avvalo radiatsionn, toksik yoki yuqori haroratning moyak töqimasiga ta'siri turadi. Ba'zi holatlarda infektsion kasalliklar va kuçli stress nekrospermiyani çaqirişi mumkin.
Spermatogenez xujayralari
Bu spermatogen epiteliyadan tökilgan hujayralardir.
Normada: 2%gaça.
Kötarilib ketişi töqimani zararlanganligidan (yalliğlaniş, infektsion) darak beradi.
Agglyutinatsiya
Agglyutinatsiya – spermatozoidlarning bir biri bilan yopişib qolişi.
Normada: Kuzatilmaydi.
Agglyutinatsiyaning paydo bölişi va haddan ziyod köpligi organizmdagi autoimmun yalliğlanişlardan xabar beradi. Agglyutinatsiya öz-özidan va töğridan töğri homiladorlik körsatkiçini pasaytiradigan körsatkiçdir.
Leykotsitlar
Normada: <1mln/ml (3-4 köriş maydonida).
Miqdorining oşişi ötkir yoki surunkali yalliğlaniş jarayonlarining mavjudligini körsatadi.
Eritrotsitы
Normada: kuzatilmaydi.
Eritrotsitlarni paydo bölişi travma, jinsiy a'zolarning ösma kasalliklari, prostata toşlari,surunkali prostatit yoki vezikulit, kollikulitlardan darak beradi. Homiladorlikka ta'sir bölmasa ham kiçik tos sohasidagi muhim kasalliklarni darakçisi hisoblanadi.
Amiloid tanaçalari
Prostata bezida maxsus işlab çiqariladigan tanaçalardir.
Normada: kuzatiladi.
Kuzatilmasligi prostata bezidagi özgarişlardan darak beradi.Homiladorlik körsatkiçiga ta'sir qilmaydi.
Letsitin donaçalari
Letsitin donaçalari prostata bezida işlab çiqariladi.
Normada: kuzatiladi.
Kuzatilmasligi prostata bezidagi özgarişlardan köpinça uzoq muddatli surunkali yalliğlanişlardan darak beradi. Homiladorlik körsatkiçiga ta'sir qilmaydi.
Şilliq
Normada: bölmaydi yoki juda kam miqdorda.
Köpayib ketişi kuçli yalliğlanişdan darak beradi.
Qöşimça ba'zi körsatkiçlar:
MAR test < 50%
Immunobead test (motile spermatozoa with bound beads, %) < 50
Rux(Zn) (μmol/ejaculate) > 2.4
Fruktoza (μmol/ejaculate) > 13
Neytralglukoksida (mU/ejaculate) > 20
____________________________________________________________
MAR = Mixed antiglobulin reaction;
PR = progressive;
NP = non-progressive