Varikosele (Varikotsele)
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Kasallikni taşxisi va uçraşi
Varikosele, moyaklarni venoz qonini olib çiqib ketuvçi pleksus pampiniformisni hosil qilgan venalarining haddan ziyod kengayişi natijasida moyaklarni zararlaydigan qon-tomir kasalligidir. 10yoşdan kiçik öğil bolalarda 1% atrofida uçraydi. 13-19yoşli bolalarda esa 11%gaça uçraydi. Bundan taşqari 13 yoşdan song yoş ortgan sari uçraşi ham ortib boradi. Voyaga etgan yigitlarda 15-22% uçraşiga qaramasdan, bepuştlik bilan şikoyat qilganlarning 30-40%ida varikosele topiladi, yani bepuştlikda eng kop uçraydigan kasallikdir. Öng tarafga nisbatan çap moyak venalari drenaj sistemasi boşqaçaroqdir şunung uçun çap taraflama varikosele köp uçraydi.(60-80%) Ikki taraflama yani bilateral uçraşi 20-40% atrofidadir. Faqatgina öng taraf varikosele deyarli uçramaydi, yoşi ötganlarda uçraşi koproq ikkilamçi kasallik sababli bolişi mumkin (buyrak ösmalarini buyrak venasini boşida).
Sabablari
Bir qança teoriyalar mavjud bulardan qabul qilinganlari quyidagilaridir: moyaklar orasidagi anatomik farqlar, venadagi qayta oqimaslikni ta’minlaydigan içki qopqoqlar nuqsoni, aorta-mezenterikal pinset (Nutcracker fenomeni).
Patofiziologiyasi ohirgisigaça örganilmaganligia qaramay ma’lum gipotezalar mavjud: gipertermiya (issiqlikni ortişi), venos qon bosimini oşişi, buyrak va buyrak usti bezlarning mahsulotini qayta oqimi, ozuqalanişning buzulişi, intersitsial suyuqlikni ozgarişi natijasida vaskulyar ozgariş, gormonal özgarişlar, avtoimmun jarayonlar, akrazomal reyaktsa defekti, oksidatif stres, apoptoz va kadmiy kabi oğir elementlarni çokişi va hakozolar.
Taşxis
Anamnez, körik, palpatsya va eng kam 2ta spermogramma (ikkalasini orasi 7kun va 3haftadan oşiq bolmasligi kerak). Bu tekşiruvlarni natijasiga köra boşqa tekşiruvlar kerak bölişi mumkin. Bular Dopplerografiya, UTT, sintiyografiya, venografiya kabilardan iborat bolib lekin odatda körik-palpatsya etarli boladi. Lekin körikka halaqit beradigan holatlarda qoşimça usullardan foydalaniş mumkin.
Körikda bemor tik ayoqda turganda Valsalva tekşiruvi qilinadi: qorin içki bosimini birdaniga orttirilgan paytda (yotaltirilganda) moyak venalarida reflyuksni palpatsya qiliş bilan baholanadi
1.daraja- Faqat Valsalvada palpatsyalanadigan varikosele
2.daraja-Valsalva tekşiruvisiz palpatsyalanadigan varikosele
3.daraja-köz bilan köriladigan varikosele
Körikdan aniqlanmagan faqat radyologik tekşiruvlar natijasida qoyilgan variksele subklinik varikosele deyiladi. Subklinik varikoseleni davolaş spermogramma parametrlarni ozgartirişi yoki homiladorlik nisbatini orttirganlikdagi ta’siri isbotlangani yoq. Bugungi kunda subklinik varikoseleni davolaş tavsiya etilmaydi. Yanada aniq işonç hosil qiliş uçun prospektif, randomizatsyon, köp bemorli tekşiruvga ehtiyoj bor. Şu sababli subklinik varikoseleni davolaşdan oldin bemorlar homilador boliş ehtimolini oşirmasligi, hatto spermogrammada nojöya ta’sirlarni ham rivojlanişi mumkinligi ogohlantiriş kerak.
Har bir varikosel bemorlariga gormonal tekşiruvlarni otqazişga hojat yoqdir. Ayniqsa, spermatozoidlarning miqdor 10 million/ml dan oz bölganda, jinsiy funkstiyalarda nojöya özgarişlar yoki gormonal kasallikni klinik belgilari borligida, variksel operatsyasiga ijobiy javob berişi mumkinligidan FSG (follikulla stimulovçi gormon) va T (testosteron) tekşiruvlarini ötkaziş maqsadga muvofiqdir. Spermatozoidlar 5 million/ml.dan oz bolgan bemorlarda genetik özgarişlar uçun tekşiriş lozim. Karyotip va Y-genini analizi qilinadi. Genetik özgarişlari mavjud bemorlarda varikosele tabiiy holat bölib varikoseleni operatsyasidan keyin ham fertillik tiklanmasligi ham mumkin.
Klinikasi
Varikosele, rivojlanuvçi kasallik bolib moyaklarni jarohatlanişiga va rivojlanişini orqaga suradigan, spermatogenezni izdan çiqarib bepuştlikka olib kelişi mumkin. Varikoselda odatda kişini heç narsa bezovta qilmaydi, bepuştlik sababli murojaat qilinganda yoki tibbiy körik paytida aniqlanadi. Voyga etganlarda varikosel spermogramma parametrlaridagi özgarişlarga olib keladi. Spermatozoidlarni soniga, harakatçanligiga, va morfoligiyasida buzulişlarga, moyak hajmini kiçrayişiga va moyakda testosterone işlab çiqaradigan Leydig hujayralarini funktsiyalarida kamayişiga olib keladi. Spermogramma parametrlarini 90%ida harakatçanlikni (astenospermiya), 65%ida spermatozoidlarni sonini kamayiş(oligospermiya) va töliq etilmagan spermatozoidlarni kopayişiga, şakli buzuq, normal bolmaganlari kopayişiga olib keladi.
Davolaşga körsatmalar
Bepuştlik:
Varikoseleni operatsiya qilişdan oldin bepuştlikka olib keluvçi boşqa sabab topilmasa, ayolini fertilligi normal ekanligini tekşiriş kerak böladi. Farzand köriş istagida bolgan oilalarning erkagida quyidagi holatlar bölsa operatsiya qiliş kerak:
1- Klinik varikosele topilsa (körikda palpatsiyalansa)
2- Befarzand oila
3- Ayolini fertilligi ham normal bolsa
4- Spermogrammada bir yoki bir neça parametrlar özgargan bölsa (soni, harakatçanligi, morfologiyasi)
Varikosele operatsyasi agar spermogrammada özgarişlar bölmasa yoki subklinik varikosele bolsa qilinmaydi. Spermogrammasida ozgarişlar bolsa lekin farzand köriş niyatida bolmagan erkaklarga ham varikosele operatsasi qilinişi kerak. Agar varikoseli bolsayu spermogrammasi normal bolsa yilda bir martalik kuzatuvga oliş kerak boladi.
Varikosele ayniqsa ikkilamçi bepuştlikka sababçi boladi. Avval farzandi bölib hozirgi kunda farzand körmayotganlarda 69-81% holatlarda varikosele kuzatiladi. Va bularda ham operatsiya qilinişi kerak boladi.
Simptomatik varikosele:
Varikoseleda moyaklarda ogriq 2-10% holatlarda uçraydi. Faqat oğriq uçun operatsiya
Qiliş tavsiya etilmasa ham ilmiy maqolalar juda kam. Bu holatda operatsiyadan oldin konservativ davolaş (oğriq qoldiruvçilar, nosteroidlar) ötkazilişi yordam bermagan holatlardagina operatsiya qiliş mumkin böladi. Lekin şunu ham yoddan çiqarmaslik kerakki varikoselektomiyadan song ham oğriqlar paydo bolişi yoki bor oğriqlar yoqolmasligi mumkin.
Ösmirlik davrida varikosele:
Bu davrdagi varikoseleni davolaşni muhim körsatmasi zararlangan moyakni şerigiga nisbatan 2ml kiçik bölişi yoki 10% kiçik bolişidir. Bundan taşqari moyak ziçligini yumşoqlaşuvi, spermogrammada özgarişlar, palpatsiyalanadigan varikosele, GnRHga yuqori darajada reaktsiya körsatişi (FSG va LGni baland bolib ketişi). Bu yoşdagi bemorlar bir yilda bir marta körikdan ötib turuşlari kerak, 16yoşdan ötgan sperma topşiraoladiganlarga uruğ analizi ötkaziş tavsiya qilinadi. Körsatkiçlarda özgariş topilişi operatsiyaga körsatma bölib hizmat qiladi.
Davolaş
Varikoseleni davolaşdagi eng asosiy maqsad erkak kişining FERTILLIGIni saqlaş va himoya qilişdir. Şuning uçun qöllangan usul moyakni iş faoliyatini yaxşilaydigan va davoni asoratining eng kam boladiganini tanlaşdir. Bir neça davolaş usullari bor: oçiq operatsiyalar (yuqori retroperitoneal, inguinal, subinguinal va skrotal), laparoskopik va radiologik (skleroterapiya yoki embolizatsiya) usullarini bolişiga qaramay hali ham oçiq usuldagi operatsiya oltin standart hisoblanadi. Operatsiyasida barça v.spermatika interna va v.spermatika externa tarmoqlarini boğlaş, vas deferens va uning tomirlari himoyalagan holda venoz drenajni ta’minlaş va ductus defferensni tegişli limfa va areteriya tomirlaiga zarar bermaslikdir. Varikoselektomiyadan söng varikoselini qaytalanişi, arteriyani jarohatlanişi, postoperative davrda gidroseleni rivojlanişi, spermogrammada özgariş kutuladi.
Laparoskopik usul varikoseleni davolaşda işlatilayotgan usul bolsa ham. Ayniqsa v.spermatika externani köraolmaganligi uçun boglanmasdan qolişi, intestinal va katta qon tomirlarni jarohatlab qoyiş havfining yuqori bolişi bazan laparatomiyagaça borişi mumkinligi, umumiy narkoz ostida otkazilişi, laparoskopni qimmatligi sababli köp joyda bu usul işlatilmay kelmoqda.
V.spermatika internani radiologik embolizatsiyasi yoki skleroterapiyasi varikoseleni davolaşnin yana bir usulidir. Perkutan bajarilganligi uçun kam oğriq bolişi, operatsyadan keying davrni oson ötişini inobatga olganda qulay usuldir. Lekin bajariş uçun juda katta tajriba kerak. Bazan qon tomirni jarohatlab qoyiş mumkinligi, juda kam holatlarda bolsa ham venaga kiraolmasligi, bemorni ortiqça nurlaniş olişligi agar bajaraolinmasa yana oçiq jarrohlik usulida davom etişga toğri kelişi sababli juda tor doirada işlatiladi. Asosan qaytalagan varikoselelarda işlatiladi. Varikoseleni qaytalanişida v.spermatika externa orasidagi şuntlarni oçilib işga tuşub ketişi bilan tuşuntiriladi. Oçiq operatsiyalar asosan umimiy yoki epidural,spinal yoki mahalliy oğriqsizlantiriş ostida olib boriladi.
Mikroskop yoki lupa foydalanilmasdan bajarilgan operatsiyalarda mayda qon tomirlarni kormay qoliş ehtimoli baland bolganligi uçun qaytalaniş ehtimoli ham yuksakdir. Subinguinal usulda juda kop vena boglaş kerakligi, arteriyani jarohatlab qoyiş havfi mavjud bolsa, inguinal yoki proksimal usulda esa kam vena boglanadi (tarmoqlanişni boşi), arteriya jarohatlaş havfi pastroq.
Oçiq operatsiya agar bir taraflama bolsa 30-60minut, ikki taraflama bolsa 45-90minut, Laparoskopik navbati bilan45-60min/60-90min, Radiologik esa 30-90min/45-120min vaqt davom etadi.
Şifoxonada ötkazilgan oğriqsizlantiriş boğliq tarzda oşa kuni keçki payt yoki ertasi kuni uyiga ruxsat beriladi.
Asoratlari:
Gidrosele (Vodyanka) 7-9% moyak atrofiga suyuqlik toplanişi, Moyaklar atrofiyasi (atrofiya) moyaklarni kiçrayib ketişi, Qaytalanişi tanlangan usulga boğliq ravişda 0-45% holatlardadir.
Juda kam uçraydigan bolsa ham gematoma, jarohat infektsiyasi, allergiya, temperature, anesteziya asoratlari (nafas olişdagi buzulişlar, dori reaktsiyalari, yuqori temperature, falajliklar, ölim)ni ham esdan çiqarmaslik kerak.
Operatsiyadan keying davr:
Davo usuli anesteziyaga boğliq ravişda özgariş mumkin bolsa ham umuman 1kundan keyin kundalik hayot tarzinii boşlaş işga boriş mumkin. Agar teriostida qoladigan çok qoyilmagan bölsa 7-kunlari ipi olinadi. 14-15kunlardan song jinsiy aloqaga ruxsat beriladi. 1-1,5oydandan keyin öta oğir bolmagan sprort, jismoniy işlar oğir yuk kötarişga ruxsat beriladi.
Davo natijalari:
50-80% holatlarda spermogrammada ijobiy özgarişlar, 20-69% holatlarda homiladorlik kuzatiladi. Operatsiyadan keyin eng köp özgaradigan parameter bu spermaning harakatçanligidir.
Agar operatsiya qilinmasa varikoselenin yanada oğirlaşuvi, moyaklarni kiçrayişi, gormonal profilda buzulişlar (asosan Testosteron tuşub ketişi), uruğ analizini yanada buzulişi.
Butun dunyo soğliqni saqlaş taşkilotini kömagi bilan olib borilgan tekşiruvda Operatsiya qilingan erkaklarning juftlarida 60% homiladorlik kuzatilgan bolsa, bajarilmaganlarda esa bu korsatkiç 10%ni taşkil qilgan.
Operatsiyadan keying davrda spontan homiladorlik bir yil davomida kutiladi lekin oilali erkaklarni 3oyda nazoratdan otqaziladi kerak bolsa qoşimça davo muolajalari olib boriladi, uylanmagan erkaklar esa operatsiyadan keyin bir yilda bir nazoratdan otkazilib turuladi.