Zararli odatlar haqida qisqaça (sigaret, nos, aroq)
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Zararli odatlar haqida qisqaça (sigaret, nos, aroq) ....
Sigaret çekiş haqida
Passiv çekiş xakida eşitganmisiz? Passiv çekuvçi - bu özi çekmaydi, balki çekuvçining tutuni bilan nafas oladi. Routersning xabar berişiga köra bir tekşiruv natijasi şuni körsatdiki oilasida çekuvçi borlarda uyida sigaret çekuvçi yöqlarga nisbatan insult uçraşi 50% ga köp aniqlandi. Atrofingizda sigaret çekuvçilar bölsa, U SIZning INSULT böliş xavfingizni oşirmoqda.
Bundan taşqari insult bilan oğrigan bemor passiv çekiş bilan yaşasa, boşqa sabablarga nisbatan ölim 2 barobar köproq uçraşi aniqlandi. Jami 28000 çekmaydigan insonlarda tekşiruv ötkazilgan. Ularning oilasida çekuvçi borlari xaqida ma'lumot olingan va şu insonlarga sigaret tutunining ta'sirini ularning qonidagi kotinin(nikotinni parçalangan maxsuloti) miqdoriga qarab xulosa çiqarildi.
Agar tutun ta'sir vaqti uzoqroq bölsa insult böliş extimoli 46 % ga köproq bölişi aniqlandi. Janubiy Karolina universiteti tibbiy eksperti Anjela Malek şuni ta'kidlaydiki: xar qanday darajadagi sigaret tutunining ta'siri inson organizmi uçun juda xam xavfli.
Sigaret tutuni faqatgina insult xavfini oşirmaydi balki yurak kasalliklari, öpka raki, prostata va qovuq raki bilan oğriş xavfini oşirişi va bepuştlikka sabab bölişi aniqlangan. Bolalarda nafas yöli maxalliy immunitetini pasaytirib, infektsion kasalliklar va astma rivojlanişiga olib keladi
Nos
Qirğiziston milliy ilm-fan akademiyasining bir guruh olimlari nosning erkaklar jinsiy salomatligiga ta'sirini örganib çiqişdi. Nazariy tomondan nosning inson organizmiga ziyonini barça şifokorlar biladi, lekin aniq tekşiruvlar natijasidagi xulosa enda naşr qilindi.
Ular Öş va Qorasuv tumanlarida yaşovçi, bepuştlik bilan murojaat qilgan erkakni tekşiruvdan ötkazişgan. Xulosa qilib quyidagilarni keltiriş mumkin:
- nos erkaklar farzand körişiga xar qanday pestitsiddan xam zararliroq ta'sir qilar ekan
- uning zarari nosning qança vaqt davomida çekkanligiga boğliq emas, ya'ni qisqa vaqtda xam bepuştlik kelib çiqişi mumkin ekan
- nos xisobiga kelib çiqqan bepuştlikni tiklaşni umuman iloji yuq ekan.
- Eng köp til osti rakini keltirib çiqarar ekan
Juda köp nos çekuvçini bilaman siz sanab ötgan zararlari yöq demang! Köza kunda emas kunida sinadi, öşa kuni sizi kuniz ekanligi bilmaysizku!
Alkogol haqidagi notöğri fikrlarimiz!
Xalqimiz orasida odatda şifokorlar ham tavsiya qiladi degan ma'noda orqa qiladiganlar bor, mana şifokor sifatida qalin harflar bilan tagiga çizgan holda aytyapman: Spirtli içimliklarni 1 grammi ham zararli!!!
1. Spirtli içimilik – oziq ovqat maxsuloti. Bu xozirgi kunda spirtli içimiliklarni barça oziq-ovqat dökonlarida sotilgani uçun şunday tuşunça bor. Aslidaçi?! Ötgan asrning 70- yillar örtasida BJSST (butun jaxon soğliqni saqlaş taşkiloti) spirtli içimliklarni (pivoni xam) NARKOTIK moddalar qatoriga qöşgan.
2. Ozgina içsang ziyoni yöq – bu ba'zi “şifokorlar” öylab topgan "maslaxat”. Xozirgaça spirtli içimlikni oz miqdorini ziyoni yöqligi yoki foydasini isbotlaydigan biror ilmiy tadqiqot mavjud emas. Aslida xammasi oz-ozdan içişdan boşlanadi va vaqt ötişi bilan doza oşişini talab qiladi. Akademik Pavlov oz miqdorda spirtli içimlik içgandan söng, inson reflekslari 7-14 kundan söng me'yorga kelişini aytgan. Oz miqdorda spirtli içimlik içuvçilarning 85% ini miyasi 4 yilda "qurişi” mumkinligi aniqlangan. Bökib içilgandan keyin jigar öz funktsiyasiga töla qonli qaytişiga 40 kun kerak böladi ekan.
3. Spirtli içimliklar tumovga yordam beradi va tanani qizdiradi. Frantsiya fanlar akademiyasi ötkazgan tekşiruviga köra spirtli içimliklar gripp virusini xeç qaysi turiga ta'sir qilmas ekan. Immun tizimni susaytirib, kasallikni oğirroq keçişiga olib keladi. Tanani qizdirişi xaqida bir narsani aytib ötmoqçiman: xatto oddiy suv xam tanani qizdiradi! Spirtli içimlik va kofening qizdirişini soliştirma tekşiruv qilingan. Kofe kuçliroq va uzoqroq qizdirişi ma'lum bölgan.
4. Spirtli içimlik insonni kayfiyatini kötaradi va stressda yordam beradi. Bu xususiyatlari miya töqimasini tormozlanişi va paraliçi xisobiga kelib çiqadi. Ammo uning ta'sirida inson qilayotgan işi va sözlari boşqalarda STRESS çaqiradi. Uning ta'siri ketgandan söng eski xissiyotlari ikki barobar bölib aziyat beradi.
5. Spirtli içimlik iştaxani oçadi. Alkogol xazm tizimiga tuşgandan söng xazm bezlari köp miqdorda şira ajratadi. Buning xisobiga insonda "soxta” oçlik paydo böladi. Bu xolat doimiy bölsa xazm tizimi bezlari atrofiyaga uçraydi, oşqozon devorida yaralar paydo böladi.
6. Qizil vino(kagor)da foydali moddalar köp. Ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, vino tayyorlaş jarayonida uzumdagi deyarli barça foydali moddalar parçalanib ketadi.
7. Spirtli içimliklar iş qobiliyatini oşiradi. Avstraliyada ötkazilgan tadqiqotda, inson fikrini jamlay olmasligi xisobiga, xatoliklar juda xam köp bölişi aniqlangan. Şuning uçun xamma maşxur taşkilotlarda spirtli içimlik qabul qilib, işga kelişi ta'qiqlangan.
8. Spirtli içimliklar qon bosimini pasaytiradi. Spirtli içimlik yurak uriş sonini oşiradi va buning xisobiga qon bosimi oşadi.
9. Sifatli spirtli içimlikni ziyoni yöq. Xar qanday etil spirtidan organizmda öta zaxarli sirka aldegidi paydo böladi. Sifatsiz içimliklarda uksus aldegidini yana xam zararliroq qiluvçi zararli moylari mavjud.