• Jul

    14

    2018
img

Erkaklar uchun eng ahamiyatli 5 ozuqa modda

Erkaklar uchun eng ahamiyatli 5 ozuqa modda

Pomidor: Pomidor, pomidor sousi, tomati, qoqisi yoki ovqatlarga qoshib yeyishlik prostata rakini oldini oluvchi ta’sirga egaligi barchaga ma’lum. Garvard universitetida 47 000 dan oshiq kishilarni odatdagi ovqatlanishlarini inobatga olgan holda o’tqazgan tekshiruv natijalariga asoslanib yuqoridagi fikrga kelishgan. Haftada 2-4marta pomidor mahsulotlarini iste’mol qilishlik prostata rakini yemaganlarga nisbatan 35%gacha kamaytirar ekan. Pomidorning bu foydasi uning tarkibidagi likopeyn moddasini borligidadir. Bundan tashqari pomidor sokida bu effekt aniqlanmagan, tadqiqotchilar buning sababi pomidor sokini tayyorlashdagi holatlar sababli bo’lishi mumkin degan fikrni bildirishgan, shuningchun organizmimiz likepeyn moddasini to’laqonli o’zlashtirishi uchun ozroq yog’da yengil qovurib iste’mol qilishlikni tavsiya qilishgan.

Chig’anoq molyuskasi – ustritsa - oyster: Mifologik jihatdan muhabbat yemishi hisoblanib kelgan. Ilmiy jihatdan ham bu o’z tasdig’ini topgan bir erkak kuniga 2-3ta chig’anoq molyuskasini yeyish orqali sperma uchun kerakli bolgan Zn-ruh miqdorini qabul qilgan bo’lar ekan.  Olimlar oxirgi 50yilda erkak urug’ini sifatini sezilarli ravishda pasayib ketishini ekologiya va ovqatlanishni tarkibiy qismidagi buzulishlarni sabab qilib ko’rsatishmoqda. Ovqatlanishdagi buzulishlar erkaklik gormoni Testosteronni kamayishiga olib keladi. Bundan qutulish uchun kuniga 11mg Ruh moddasini qabul qilish kerak lekin bu 40mgdan ko’payib ham ketishi kerak emas. O’tqazilgan bir tadqiqotga ko’ra testosteron va spermatozoidlar soni kam bolgan erkaklarda har kuni ruh moddasini 45-50kun davomida qabul qilgandan keyin sezilarli ravishda ijobiy o’zgarishlar qayd qilingan.

Brokkoli: Brokkoliga oxshash turpsimon mahsulotlar qovuq rakiga qarshi himoyalovchi hususiyatga egaligi ma’lum. Erkaklarda qovuq raki ayollarga nisbatan 2-3 barobar koproq uchrashi qayd etilgan.  50 000 dan ko’proq erkaklarni tekshirilganda ularning ovqatlanish ratsiyonida haftasiga 5 porsiya shu turdagi mahsulotlarni iste’mol qilganlarda qovuq rakiga uchrashi iste’mol qilmaganlarga nisbatan 10yil mobaynida 50%dan ko’proqqa kamayadi. Brokkoli va karam shu maqsadlarda tanlash mumkin bo’lgan eng foydali sabzavotlardir. 

Yeryong’oq moyi: Sog’lom yurakka ega bo’lishni xohlaganlar bir bo’lak nonga yeryong’oq moyidan surib yeyishliklarini tavsiya qilamiz. Umuman erkak yoki ayollarning o’limida eng ko’p yurak kasalliklari uchrashi ma’lum. Erkaklarda ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi. Amerikaning Pensilvanya Universitetidagi olimlar Amerika Yurak Jamiyatining tavsiya qilgan parhezining qondagi xolesterinni tushirish tasirini, yeryong’oq moyiga asoslangan va shunga bog’liq ravishda yog’ miqdori yuqori bo’lgan (36%) parhezni solishtirishayotganlaridan tasodifan yeryong’oq moyini bu hususiyatini aniqlashgan. 24 kun yuqoridagi parhezlar qilinganda yomon xolesterin deb bilingan LDL xolesterinining qondagi miqdorini har ikkala holatda ham kamayganligi qayd etilgan, lekin yeryong’oq moyi tarkibli parhezning triglidseridlarni ham kamaytirgani va yaxshi xolesterinni, HDL xolesterinni miqdorini kamaytirmaganini kuzatilgan. Yeryong’oq moyi bo’lmagan parhezda esa aksincha triglidseridlar ko’tarilgan va HDL xolesterin miqdori kamayib ketgan.  Dr. Penny Kris-Eterton yeryong’oq moyi tarkibida yog’ miqdorini ko’pligini  lekin bu yog’ning organizmga kerakligini (toyinmagan yog’) ta’kidlab o’tdi. Xulosa qilib aytganda yeryong’oq moyi yurak kasalliklarni oldini oladi degan to’tamga kelishgan. Lekin bu yerda e’tibor berish kerak bo’lgan yana bir holatni unutmasligimiz kerak shaker va shkoladlar tarkibidagi yong’oqlardan imkon qadar uzoqroq turush kerak, chunki ular kunlik olishimiz mumkin bolgan koloriyani ko’paytirib yuborishadi!

Tarvuz: 55 yoshgacha qon bosim ayollarga nisbatan ko’proq erkaklarda uchraydi. Tekshiruvlarni shuni korsatdiki Kaliy tarkibli ozuqalar qon bosim kotarilishlarini oldini olar ekan. Kaliyni bu hususiyati shu darajada tan olinganki, Amerikadagi FDA tashkiloti ozuqa mahsulotlarini ustiga Kaliyga boyligini ko’rsatadigan etiketlar qoyishgacha ruxsat bergan. Boston Tufits universiteti parhez mutaxassisi Katheleen Cappellano kunlik ovqat ratsiyonimizda 2000mg yoki undan ko’p kaliy bo’lishligiga e’tibor qaratish kerakligini aytib o’tgan. Bitta qalin tarvuz bo’lagida tahminan 664mg atrofida kaliy bo’lishi mumkin ekan. Bu bir dona banan yoki bir stakan siqilgan apelsin soki tarikibidagi kaliydan ancha yuqoriroqdir.

Albatta tarvuz bilan yozni o’tqazish boshqacha bo’lsa kerak!

Reader’s Digest ma’lumotlari asosida Dr. Zarifjon Murodov tomonidan tayyorlandi.