• May

    03

    2017
img

Jinsiy aloqaning miyaga ta‘siri

 Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri.

 
Jinsiy munosabat turmushimizning ajralmas qismidir. Aynan shu munosabat tufayli hayotimiz davomchilari dunyoga keladilar, er va xotinning bir-biriga mehrlari ortadi. Buning asoslari kishining bosh miyasiga ta’siri natjasida shakillanadi. 
 
“Erkak kishi jinsiy munosabat vaqtida juda kuchli hayajonga berilishi natijasida, barcha tashvishlarini unutadi. Jinsiy aloqa vaqtida yurak ritmi va nafas olishi tezlashadi. Qon aylanishi tezlashadi. Miya faoliyati yuqori darajada ishlaydi. Ilmiy tekshiruvlar shuni ko’rstadiki, rohatlanish hissi erkaklarga nisbatan ayollarda kuchli bo’ladi. Xulosalarga ko‘ra, bir erkak butun hayoti davomida o‘rtacha 9,3 soat orgazm his qiladi.
 
Jinsiy munosabatda erkak miyasida qo‘zg‘alish kuchayib, unga kelayotgan turli qoniqtiruvchi garmonlar miqdori oshadi. Bu holatda u barcha ko‘ngilsizliklar, tashvishlar va yomon o‘y-hayollarni unutadi. Bunga sabab jinsiy yaqinlik vaqtda nafaqat bosh miya, balki butun organizm maksimal darajada ishlaydi. Shuningdek, yaqinlik vaqtida organizmda oksitotsin gormoni hosil bo‘ladi. Bu garmon er-xotinning bir-biriga bo‘lgan ishonchini oshiradi va ularga yoqimli tuyg‘ular ulashadi.  Androloglar fikricha, orgazm miyaga boruvchi og‘riq hissini bloklab qo‘yadi. Shu sabab muntazam, tartibli jinsiy hayot kechiruvchi erkaklar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmaydi.
 
Jinsiy yaqinlik bosh miyada xotira va aql uchun javobgar hujayralarning ham o‘sishiga yordam beradi. O‘z ayoli bilan hafta davomida 2-3 marta yaqinlik qiladigan erkaklar yurak kasalliklariga kam chalinishadi. Qonda yoshlik uchun javobgar gormonlar miqdorining oshishi natijasida qarish jarayoni ham ortga suriladi, teri taranglashadi. Agar erkakning tos sohasida qon aylanish yaxshi bo‘lsa, unga prostatit xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, yaqinlik ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.
 
Jinsiy aloqaga behuda ruju qo‘yishning ham salbiy jihatlari ko‘p. Masalan, ayrim g‘arb olimlari shunday deydi. O‘z ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning aksariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini e’tirof etishadi. Lekin aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.