• May

    27

    2017
  • 25303
img

Erkak jinsiy azolari anatomiyasi.

 Erkak jinsiy azolari anatomiyasi.

Erkak jinsiy a’zolarining anatomiyasi.

 

Erkak jinsiy a’zolari ichki va tashqi a’zolar sifatida ikkiga ajratiladi.

 

Tashqi jinsiy a’zolar.

 Jinsiy olat (Penis)

Yorg’oq (Skrotum)

 

Ichki jinsiy a’zolar.

Moyak (Testis)

Epididim

Funiculas spermaticus

Ductus deferens (Vas deferens)

Glandula vesicula (Glandula seminalis)

Prostata

Glandula bulbouretralis (Cowper bezlari)

 Ductus Ejaculatorius

 

Penis

Erkaklarning juftlashish (Qo’shilish) a’zosi bo’lgan penis (jinsiy olat), radiks penis (jinsiy olat ildizi) va korpus penis (j.olat tanasi)  sifatida ikki bo’lakdan iborat. Radiks penis, yuzaki perenial oralig’idadir. Bulbus penis va Krus penis deb ikkita qismdan iborat (1).

Bulbus penis, corpus spongiosum penis deb nomlangan erektil toqimaning kengaygan orqa qismidir va M. bulbospongiosus tarafidan orab olingan bo’ladi. Uretra (Siydik kanali) uning orasini yorib o’tadi. Krus penis, corpus cavernosum penisning orqa tarafidagi erektil to’qimadan tashkil topadi. M. ischiocavernosus bilan qoplangan. Korpus penis, bitta corpus spongiosum penis bilan ikkitta corpus cavernosum penis’dan hosil bo’ladi. Bu erektil toqimalar, ichki tomondan Tunica albuginea bilan tashqi tomondan esa fascia penis (Buck fasyasi) bilan qoplanadi (1-rasm).

 

Corpus spongiosum penis, kattalashib glans penis’ni xosil qiladi. Glans penisning asosiga corona glandis deb nomlanadi.

 Corpus spongiosum penis ichidan uretra (siydik kanali) o’tadi. Uretra, glans penis ichida kengayib fossa navicularis uretra’ni hosil qiladi. Glans penisni qamrab olgan teriga prepusyum penis (sunnat terisi) deyiladi. Penis, Lig. fundiforme penis va Lig. suspensorium penis bilan qorin o’ng devoriga tortiladi.

Jinsiy olatning arteriyasi a.pudenda internadan chiqadigan uch juft (a. bulbi penis, a.profunda penis va a. dorsalis penis) arteriyadan iboratdir.

Penis n.dorsalisning tarmoqlari va n.perinialisning bir  tarmoqi bilan innervatsiyalanadi.

N.dorsalis glans penis va j.olatnin venterolaterli boylab tarqalgan(2).

Erektil toqimalardan qonning asosiy qismi v. dorsalis profunda orqali chiqib ketadi.

Jinsiy olatdagi parasimpatik tolalar S2-4dan simpatik tolalar L1-2dan keladi(3).

Terisidagi limfa tomirlari yuzaki inguinal limfa tugunlariga, glans penisdagi limfa tomirlari chuqur inguinal va eksternal iliyacus limfa tugunlariga, erektil toqima limfa tomirlari internal iliyacus limfa tugunlariga quyiladi (3). 

 


 

 

                                                                              

 

 

 

 

 

 

                                                                               Rasm 1. Jinsiy olat tanchalari kesmasi

 


Yorg’oq

Ichida moyak, epididim va funiculus spermaticus’ning bir qismini tashkil qilgan halta shaklida tuzilgan. Yorg’oq ichidan septum skroti, tashqaridan raphe skroti bilan ikki bo’limga ajratiladi. Septum skroti’da, teridan tashqari yorg’oq devorlarining barcha tabaqalari mavjud (1).

 

Yorg’oq’ning qavatlari (tashqaridan ichkariga);

1.     Teri

2.     Tunica dartos (Musculus dartos); Camper fasiyasidan hosil bo’ladi. Yorg’oq terisining burishgan ko’rinishi shu muskulning qisqarishi tufaylidir. M. dartos’ni n. genitofemoralis’ning jinsiy tarmog’i ichidagi simpatik nervlar inervatsiya qiladi.

3.     Fascia spermatica eksterna; M. obliquus eksternus abdominis’ning fasyasidan hosil bo’ladi.

4.     Fascia cremastirica va M. cremaster; M. obliquus internus abdominis’ning fasyasidan va tolalarida hosil bo’ladi. Bu qavatning innervatsiyasini n. genitofemoralis’ning r. femoralis’i ta’minlaydi inervatsiyasini. Shu tufayli klinik jihatdan muhim reflex paydo bo’ladi. Son ichki qismining ta’sirlanishi natijasida m. kremaster’ning qisqarishiga bog’liq bravishda moyak’lar yuqoriga, qorin ost tomoniga tortiladi. (Kremaster refleksi). Bu reflekisning afferent yo’lini n. genitofemoralis’ning r. genitalis’i; efferent yo’lini esa shu nervning r. genitalisi ta’minlaydi.

5.     Fascia spermatica interna; Fascia transversalis’dan hosil a bo’ladi. Fascia spermatica interna, moyaklarni ichkaridan o’rab oladigan qavatlardan tunica vaginalis testis’ning pariyetal pardasiga nomiga bog’lanadi. Fascia spermatica interna qavatlari bundan tashqari funikulus spermaticus, moyak va epididim’ni ham o’rab turadi.

6.     Tunica vaginalis testis’ning pariyetal pardasi (periorchium); peritoneum’ning pariyetal pardasidir (2-rasm)

 

Yorg’oqning tomir va nervlari

- rr. scrotales anteriores; a. pudenda eksterna profunda’ning (a.femoralis’ning tarmoqlari) tarmoqlar

- rr. scrotales posteriors; aa. Perineales (a. pudenda interna’ning tarmoq)larining tarmoqlari

- a. cremasterica; a. epigasterica inferior’ning (a. iliaca ekterna’ning tarmog’i) tarmog’i

- a. testicularis’dan keladigan tarmoqlar

 

Venalari, arteriolar bilan bir hil nomdadir. Limfa, yuzaki inguinal limfa tugunlariga quyiladi.

 

Nervlari

- n. genitofemoralis’ning jinsiy tarmog’i; anterolateral qismini,

- nn. scrotales anteriores (n. ilioinguinalis’ning tarmoqlari); oldi va ust qismini

- nn. scrotales posteriors (n. pudendus’ning perineal tarmoqlarining tarmoqlari); orqa qismini,

- nn. perinealis (n. cutaneus femoris posterior’ning nn. clunium inferiores’larining tarmoqlari); ost qismini hissini belgilaydi.

 

Yorg’oqning old 1/3 qismining hissini medulla spinalis’ning L1 segmentidan keladigan nervlar tolalar, orqa 2/3 qismini hissini esa S3 segmentidan keladigan nervlar tolalar belgilaydi. Shuning uchun yorgoqning old tarafining anestiziyasi uchun, anestezik moddalarning yuqoriroqdan berilishi kerar. Orqa tarafining anestezasida esa, biro z pastroqdan berilishi kerak (4).


 

 

 

Rasm 2. Yorg’oqning qatlamlari.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moyak

Moyaklar, yorg’oq ichida joylashgan va funiculus spermaticus’ga osilgan holatda joylashgan. Boshlang’ich qayta ishlab chiqarish oragani bo’lgan moyaklar 10.5-14 og’ligida bo’ladi. Moyak uzunligi 4cm, eniga 2.5 va 3cm qalinlikda bo’ladi. Chap moyak o’ng qaraganda bir oz pastroqtadir. Sepermatazoid jiniy hujayralarini va erkak xarakterini ta’minlovchi testosteron gormoni tuzlmasini rivojlantiradi. Moyakning tunica albuginea qavatining elastikligi va kengayish qobiliyati bo’lmaganidan bosimga qarshu juda ojizdirlar va bosim bilan funksiyalarini yo’qotadilar. Ortiqcha darajadgi issiqlikdan ham ta’sirlanadilar. Qorin ichining o’z issiqligida funksiyalarini ko’rsatmaydi tana issiqligidan 2-3  qadar yana ham past issiqlikda sepermatozid ishlab chiqaradilar (1).

          Moyak uch qavatdan iborat (Tashqaridan ichkariga);

 

Tunica vaginalis moyakning visseral pardasi (epiorchium),

Tunica algubinea

Tunica vasculosa

Tunica albuginea testis; mediastinum moyakga spetula testis deb nomlangan septumlar yuboradi va moyakni “lobüllere” ajratadi.

          Tunica vaginalis, processus vaginalis’ni past uchuni qoldig’idir. Tunica vaginalis testis, lamina vessiralis (epiorchium) va lamina pariyetalis (periorchium) bo’lib ustida ikki qavatdan tashkil topgan. Ikki qavatning orasidagi bo’shliqda uchraydigan suyuqligini birikmasi hidrosele deb nomlangan patolojiye sabablari (3-rasm). Moyaklar ichida joylashgan sertoli hujayralari, spermatozoidlarni oziqlanishlarini ta’minlagan, fagositoz va ingibin deyilgan gormoni sekretsiyalaydi. Alohida, Leydig hujayralari deb nomlangan hujayralar erkaklik gormoni bo’lgan testosteron bilan birgalikda ostrogen kabi ta’sir ko’rsatuvchi ostradiol gormonini ham sentezlaydi. Bu hujayralarni faoliyati gipofiz tarafidan nazoratga olingan (3).

          Moyaklarni oziqlantiruvchi tomir, qorin ichida aorta abdominalis’dan ajralgan testikulyar arteriyadir. Buyraklarni ost tarafidan boshlang’ich m. psoas majoring old yuzasida kuzatib pasiga do’gri mavjud bo’lmoqda, analus inguinalis profundus’dan ichidan funiculus spermaticus ichidagi o’rnini oladi va xalta ichiga qarab uzayib mesorchium’dan moyakga kiradi.

A.   testicularis tashqidan kollateral qon kelishini sekretsiyalagan va pastorg’ida “belirtilen” tomirlar ham bordir.

1.      A. duktus deferentis, a. iliaca interna’ning a. uterina’ning bir-xil bo’lgan tamog’idir.

2.      A. Cremasterica, a. epigastrica inferior’dan keladi.

3.      Aa. Pudendae eksternae, a femoralis’dan kelgan kichik tarmoqlardir.

Venoz qaytishi sakretsiyalangan tomirlar v. testicularis’lardir (v. spermatica interna). Chap tarafda v. kava inferior’ga; o’ngda (to’gri burchak bilan) v. renalis’ga quyiladilar. Tomirning boshlanishi funikulus spermticus ichidagi venoz tarmoq (pleksus pampiniformis). Bu venoz tarmoq “ters” yo’nalishda ishlovchi issiq tartibga soluvchi sistemasi bo’lib moyak issiqligini tana issiqligidan yana ham pastroq bo’lishini sozlaydi. Erkaklarda infertilite’ning unumli taraflaridan biri bo’lib qabul qilingan varikoselle pleksus pampiniformis’ni varikoz kengayishidir. Varikoselleni chap testikulyar venaning v. renalis’i ochilib ochilishi bo’lishi belgilangan. Bundan boshqa sigmoid kolun’ing

“feçe” bilan to’liq bo’lishi va tomirga bosim qilishi natijasi bo’lib qismi venoz gipertansiyasining ham varikoselle nima uchun bo’lishi tushuntirmoqtadir. Varikoselle issiqligi regulyatsiyasida buzilishi tufayli spermatozoid sonida kamayishiga yo’l ochadi.

            Moyaklarni innervatsiyatsiyasini: moyakni nervlari hidi bo’lib T 10-12 medulla spinalis segmentlaridan keladilar. Mator avtonom limfalarini moyakdagi ta’sirlari aniq bilinmoqtadir. Afferent limfalari moyakning tomirlariga paralel bo’lib kuzatuvchi sempatik nerv limfalarini ko’rishdan avval pleksus aortikorenalis; keyin n. splanchicus minor va n. imus yo’li bilan orqamiyaga ulashadi. Moyakdan kelgan tomirlarni dermatom o’rnilariga uyg’un bo’lib qorin old devorining o’rta va past qisimlarida tutashadilar.

 

 

 3-Rasm Moyak qavatlari.

 

Epididim

Moyakning ust-orqa tarafida joylashadi, bu yerda spermatozoidlar funksiyonal  yetiladi va bir qismi zaxira sifatida saqlanadi. Epididim, uzunligi taxminan 4sm-lik bir kanal sifatidadir. Undan so’ng bir necha kanalchalar birlashib yagona bir kanal (duktus epididimni) hosil qilishadi. Kanalachalar tutami bir tekis qilib yoyilganda taxminan 6 metrdan uzun bo’ladi (3). Epidididim caput epididim, corpus epididim va cauda epididim qismlaridaniborat. Kauda epididim moyakning ostqismidadir va duktus defferent sifatida davom etadi. (4-rasm).

          Moyaklarda rivojlanishini yakunlagan spermatazoidlar epididimda to’planadi vafunksiyonal  yetilisjini ohirigi bosqichini shu yerda tamomlaydilar. Spermatazoidlar moyakda ishlab chiqarilganlarida harakatlanish qobiliyatiga ega bo’lmaydilar, ya’ni tuxumni urug’lantiraolmaydilar. Harakat qilish qobiliyatiga epididimda erishadilar. Prostata shirasining qo’shilishi bilan harakatchanliklari ohirigi ko’rinishini oladi. Spermatazoidlarning tuximni urug’lantiraoladigan shakilda harakatlanish qobiliyatiga erishishni kapasitatsiya deb ataladi. Ba’zi ma’nbalar epididimni qon tomirlari va innervatsiyasi moyak bilan bir xil hususiyatlarga ega deydi lekin buni aksini ta’kidlagan adabiyotlar ham mavjud. Masalan asosiy oziqlantiruvchi tomiri a. ductus deferentis’dir. (3)

          Epididimning parasimpatik va vessiral innervatsiyasini nn. erigentes ta’minlaydi.Shunga ko’ra buyerga keladigan nervlarningildizi S2-4 medulla spinalis segmentlaridir.Parasimpatik ta’sirlar, spermaning duktus deferens bo’shlig’iga harakatini ta’minlaydigan peristaltikqisqarishlarni boshlatadi. Epididimdan keladigan afferent tolalar ham shu yo’l bilan kelib pleksus prostaticus’ga va buyerdan ham nn. erigentes yo’li bilan S2-4 medulla spinalis segmentlariga yetib keladilar. Epididimdan rivojlanadigan, (masalan epididimit kasalligi tufayli paydo bo’lgan) og’riq hissi perineum’da va sonning orqa sohasida seziladi.  Simpatiklar nerv tolalari; epididim’ga T11-12 segmentlardan keladi (1).

 

 

 

 4-Rasm Epididim

 

Funicul Spermaticus

Moyakning tomirlarini, nervlarini va ductus deferens’ni o’z ichiga olgan, kanalis inguinalis bilan moyaklar orasida joylashgan tuzilma bo’lib o’ng va chapda bittadan bo’ladi. Funikul spermaticus moyaklarni yorg’oq ichida osilgan holatda turishini ta’minlaydi. Moyaklar, embriyonal davirda yorg’oqqa tushish paytida tomirlarni, nervlarni va ductus deferens’ni o’zi bilan birga olib tushadi. Bu tuzilmalar, anulus inguinalis profundus’da o’zaro yig’ilib funiculus spermaticus’ni hosil qiladi. Funiculus spermaticus, anulus inguinalis profundus’dan boshlanib, moyakning orqa burchagida o’z nihoyasiga yetadi. Chap tarafning funiculus spermaticus’i onga nisbatan bir oz pastroqda joylashgan bo’ladi. Funiculus spermaticus, analus inguinalis superfisialis’dan chiqqanidan so’ng yorg’oqqa borgunigacha m. adductor longus’ning oldida joylashadi. Pastga tushib borgunigacha, a. pudenda eksterna superfisialis bilan a. pudenda eksterna profundus orasidan o’tadi.

          Funiculus spermaticus’ni o’rab oladigan tuzilmalar; tashqaridan-ichkariga qarab;

-         Fascia spermatica eksterna; m, obliquus eksternus abdominis’ni aponevrozi

-         M. cremaster va fascia cremasterica; m, internus abdominis’ning tolalari va aponevrozi

-         Fascia spermatica interna; fascia transversalis hosil qiladi.

Funiculus spermaticus ichida bo’ladigan tuzilmalar:

-         Duktus deferens

-         Pleksus pampiniformis (vv. Testiculares)

-         A testicularis, a. ductus deferentis

-         Limfa tomirlari

-         Pleksus testicularis (simpatik nerv chigali)

-         Processus vaginalis qoldiqlari; tunica vaginalis testis sababli, obliteratsiyaga uchragan qorin parda qoldiqlari.

N. genitofemoralis’ning jinsiy tarmog’i (m. cremaster’ni qo’zg’otadi), a.v. cremasterica qavatlarida uchraydigan tuzilmalardir. N. ilioinguinalis qavatlarining tashqarisida (5-rasm).

 

 5-rasm Funiculus spermaticus

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ductus deferens (vas Deferens)

Ductus epididimning dum (kauda) qismida qalinlashib ductus deferens’ga aylanadi. Yuqoriga chiqib funikulus spermaticus ichida inguinal kanaldan o’tib qorin bo’shlig’iga kiradi. Vestica qoviqning ost orqa qismiga keladi. Lateral tarafdagi urug’ pufakchasi (vesicula seminalis)’ni kanali bilan birlashib ductus ejakulatorius’ni hosil qiladi va prostataning ichidan o’tib pars prostatica uretra’ga ochiladi. Ductus deferens’in uzunligi 45 cm bo’lib pars scrotalis, pars funicularis, pars inguinalis va pars pelvica nomlaridagi to’rtda qisimga bo’linadi. Ductus deferens moyakning orqa qismidan yuqoriga ko’tariladi va annulus inguinalis superfisialis’dan inguinal kanalga kiradi. Anulus inguinalis profundus’dan o’tib qorin bo’shlig’iga kiradi. Eksternal illiakal tomirlarning oldidan o’tib kichik tosga kiradi. Uretra’ni old tarafidan kesib qovuqning tubiga keladi. Bu yerda ampulla ductus deferentis kengayishini hosil qilib, glandula vesikulosa’ning terminal bo’limi bo’lgan ductus ejakulatoris bilan birlashib uretrani pars prostatica bo’limiga ochiladi. Spermatazoidlarning asosiy qismi shu yerda to’planadi. Epididim va ductus deferens’da  taxminan bir oygacha o’zining fertile qobiliyatini saqlab qola oladilar. Agar bir oy ichida eyakulatsiya bo’lmasa qayta so’rilib ketadilar.

          Ductus deferens a. umbilikalis’dan keladigan a.ductus deferentis (a.uterina’ning o’xshashidir) orqali oziqlanadi. Vena qoni bir hil nomlik vena orqalik chiqib ketadi. Limfa, eksternal illiakal limfa tugunlariga quyiladi. Sempatik nerv sistemasi T11-12 bilan ta’minlanadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Glandula velikulosa (Glandula Seminalis) urug’ pufakchasi

Qovuqning orqa ost tarafida joylashgan tubulyar ko’rinishida tuzilgan bir juft bezdir. 5cm uzunlikda, lekin egri-bugri shaklini tekkislansa o’zidan uch barobar katta bo’ladi. Bularning kanallari (duktus ekstretorius) o’zi tarafidagi duktus deferenas bilan qo’shilib duktus eyakulatorius’larni hosil qiladi. Duktus eyakulatorius,  taxminan 2.5 uzunligida. Prostatic uretra’dagi kollikulus seminalis’ga yoki utriculus prostaticus’ga ochiladi (6-rasm).

          Eyakulatning katta qismini shu bezning sekretsiya (taxminan 60%) tashkil qiladi. Sekretsiyasida fruktoza, limon kislata, fibrinogen, prostaglandinlar va spesifik protein va hakozolardan iborat bo’ladi. spermatazoidlarga urug’ pufakchasi sekretsiyasi aktivlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari ayol jinsiy trakida immunsupresiv ta’sirga egaligi sababli fertilizatiyada katta ahamiyatga ega. Fruktoza, spermatazoidlarni asosiy ozuqa ma’nbasidir. Prostaglandinlar, servikal shilliq bilan reaksiyaga kirishib spermatazoidlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratadi. Bundan tashqari bachadon va bachadon naylarining qisqarishiga ta’sir qilib spermatozoidlarni tuxum hujayrasiga yetib borishini ta’minlaydi.

 6-Rasm Glandula vesiculosa

Glandula prostatica (Prostata)

Kichik tosda, simfizis pubis va arcus pubis’ning orqasida, uroginetal diyafragmanning ustida, qovuqning ostida va rektumning oldida joylashgandir, ko’rinishi kashtan shaklida bo’lib, og’irligi taxminan 20gr atrofida, silliq mushak tolalari, biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan a’zodir. Uretraning boshlang’ich qismini o’rab turadi. Rektumdan bajariladigan muolajalar bilan palpatsiyalanadi. 3x4cm hajmda, taxminan kashtan shaklida siyohrang a’zo bo’lib prostata kuchli biriktiruvchi to’qima haqiqiy kapsula va endopelvik pastiyaning davomi bo’lgan yolg’onchi kapsula (Prostatik kafatsiya) bilan qoplangandir. Bu kapsulyar hususiyati sababli jarrohlikda osongina chiqariladi (7-Rasm).

          Prostatining parenximal tuzilishi besh bo’lakka ajratiladi. Yuqori qismi (apeks prostata) pastida; asosi (basis prostata) yuqorida joylashgan. Bezning kanallari (duktuli prostatici) prostatik uretraga ochiladi. Sekrketsiyasi kuniga 0.50ml’gachadir va eyakulyatning 15-25%’ni hosil qiladi. Tuxum hujayrasining urug’lanishi uchun kerakli bo’lgan ishqoriy muhitni ta’minlaydi. Prostata, alohida inferior vesical arteriyadan keladigan tarmoqlar bilan oziqlanadi. Venalari, pleksus venosus prostaticus nomli chigalni hosil qiladi. Buyerdan boshlanadigan tomirlar v. iliaca interna’ga yoki pleksus venosus vertebralis’ga quyiladi. Shu sababli  prostata o’smalaqarining umir kanaliga va hattoki miyagacha boradigan metoztazlarini sababini bilishimiz mumkin bo’ladi. Limfa tomirlari esa internal iliaca limfa tugunlariga quyiladi. Prostataning simpatik nervlari, T11-L1’dan keladi. Simpatik nervlar, prostata’ni silliq mushagini qisqarishini ta’minlab bezdan doimiy sekretsiya bo’lib turishini ta’minlaydi. Afferent og’riq tolalari pleksus pelvicus, nn. Erigentes (nn. Pelvis splanchnici) yo’li bilan S2-4 segmentlariga yetib boradi.

 

 7-Rasm. Glandula prostatica

 

Glandula Bulbouretralis (Kuper Bezlari)

Oraliqning chuqur qismida, membranoz uretra’ning har ikki tomonida nuhatga o’xshash. 1cm diametrda, sariq tusdagi bir juft bezdir. Murakkab tubuloalveolar tuzulishiga ega. Kanallari, spongiozum uretra’ning proksimal qismiga ochiladi. Secretsiyida shilliq, N-acetylneuraminic kislotasi, galaktoza va galaktozamin kabi moddalar mavjud. Secretsiyasi, jinsiy qo’zg’alish paytida uretraga ishlab chiqariladi va u yerdagi qoldiq siydikni netrallashtiradi. Bundan tashqari eyakulyatni uretradan o’tishini va jinsiy aloqani  osonlashtiradi. Jinsiy qo’zg’alishda birinchilardan bo’lib Kuper bezi faollashadi. Jinsiy olat uchidagi shaffof suyuqlik shu bezning mahsulotidir. Kanallari ductus gll. bulbouretrales deyiladi va taxminan uzunligi 2-3cmdir. Sempatik nerv tolalari L1-2 parasimpatiklari S2-4 segmentlaridan keladi.

 Eyakulyat (Semen)

Epididim, ductus deferens, vesicula seminalis, prostata va gl. bulbouretralis’larning sekretsiyalarining aralashishi va moyakdan keladigan spermatazoidlarning ham qo’shilishi bilan hosil bo’ladi. O’ziga hos kashtan hidli va yopishqoq bo’ladi. Taxminan 3-4ml bo’lib, ichida 300-400 million spermatazoidlar bo’lishi mumkin. Spermatozoidlar, eyakulyatning taxminan 10%ni tashkil etadi. Qolgan qismi yuqorida keltirib o’tilgan bezlarning sekretsiyalaridan hosil bo’ladi. Eng katta qismining (taxminan 60%ni) glandula vesiculoza’ning sekretsiyasi tashkil etadi. 30%ni prostata, 10% duktus deferens, glandula bulbouretralis’lar va boshqa bezlarni sekretsiyasi hosil qiladi.

          Eyakulatyatning 90%dan ko’prog’i suvdan iborat. Undan tashqari bir necha moddalar ham mavjud. Ayiqsa fruktoz, juda ham ko’p aniqlanadi. Undan tashqari odatda ikkita vitamin C vitamini va B8 vitamini (inositol) ham uchraydi. Eyakulyatning tarkibida kalsiy, rux, magniy, mis va oltingurgut kabi elementlar ham uchraydi. Shuningdak tanadagi prostaglandinlarning eng katta konsentratsiyasi ham eyakulyatda uchraydi. Eyakulyatning hidini moyaklarda ishlab chiqariladigan aminlar ta’minlaydi.

 

 

 

Duktus Eyakulyatoris

Duktus deferens bilan duktus ekscretorius’ning birlashishi natijasida paydo bo’ladi uzunligi 2cm kanali (0.5 mm) va nozik devordan iborat bir kanaldir. Prostata bezining parankimasidan o’tib kollikulus seminalis’larda prostatik uretradaga ochiladi. Uretraning bundan keying qismi siydik va eyakulyatni chiqishi uchun qo’llaniladigan shakilda juft funksiyonaldir.

          Parasimpatik ta’sir sekretsiyaga sabab bo’ladi. Duktus deferens bo’ylab sust peristaltic to’lqinlarr paydo qiladi. Spermatozidlar epididimda zahiralash uchun ampulalarga yetkaziladi. Simpatik ta’siri esa kanalni silliq mushaklarida kuchli qisqarishlarni chaqirib eyakulyatsiyani ta’minlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Adabiyotlar

1.     Ozan H Erkek genital sistemi anatomisi. Ozan Anatomi, 2. Baskı, Ankara, Klinisyen tıp kitabevleri, 2005;305-12.

2.     Yang CC, Bradley EW. Innervation of the human glans penis. The journal of urology 1999;161:97-102.

3.     Williams PL Bannister LH, Barry MM. Reproductive organs of the male, Gray’s anatomy, 38th edition, Churchill Livingstone New York, 1995;1848-61.

4.     Moore KL, Dalley AF. The male perineum Clinically oriented anatomy, 4th edn. Lippincott Williams & Wilkins, Philadelphia 1999;307-13

5.     Rasimlar, Interactive Atlas of Human Anatomy’dan (Frank Netter, M.D.) olingan.