• May

    20

    2022
  • 3161
img

Erkaklar bepushtligida optimal endokrinologik tadqiqotlar

Erkaklar bepushtligida optimal endokrinologik tadqiqotlar

 

Kalitso’zlar

-Erkak -Bepushtlik -Endokrin -Gipogonadizm -Anabolik steroidlar -Testosteron  -Genetik tahlil
• Endokrinopatiyalar erkaklar bepushtligida juda ham kam o’rinni egallaydi, lekin erkaklar bepushtligida dastlabki savol-javoblarda, anamnezida va fizikal tekshiruvlarda inobatga olinishi shart.

• Gormonal buzulishlarning tasnifi ularning Gipotalamus-Gipofiz-Testikulyar o’qqa nisbatan ta’siridan kelib chiqib tadqiqot va davolash ham shunga asosan belgilanadi.

• Davolashda spermatogenezni stimullash uchun ohirgi tayanch nuqta intratestikulyar testsoteron konsentratsyasini ko’tarishdan iborat bo’ladi.

• Zamonaviy tibbiyot va genetik tahlillar erkaklar bepushtligi diagnostikasida kelajakda standartga aylanadi, sababi shu kunlarda bir qancha bepushtlikka ma’sul genlar aniqlangan.

 

    Endokrinopatiyalar erkaklar bepushtligidagi asosiy etiologik omillardan emas. Birlamchi gormonal buzulishlar sababli kuzatiladigan erkaklar bepushtligi 1-3% dan ham kamroq uchraydi. 1–3 Shunga qaramay endokrin kasalliklarni diagnostikasi bepushtlikni sabablarni aniqlash uchun ahamiyatga molik, chunki bepusht erkaklarning 70% idan ko’prog’ida davolash mumkin bo’lgan endokrinologik o’zgarishlar mavjud.4 Metabolik sindrom, giperinsulinemiya, insulinga qarshi chidamlilik va semizlik bilan harakterlanuvchi kasallik bo’lib erkaklar fertilligiga juda katta zarari tegadi.  Bundan tashqari erkak kishida qandli diabet mavjudligida ham homilador bo’lishlik juda uzoq vaqt oladi.5,6 Endokrinopatiya darajasiga bog’liq holda, bepushtlik davolanishi mumkin bo’lgan holat yoki jiddiy tibbiy kasallikni belgisi bo’lishi mumkin.1,7 Spermatogenezni endokrin boshqarilishi va moyaklar funtktsiyasi gipotalamus-gipofiz-testikulyar, o’qi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir. (Rasm. 1). Gipotalamus Gonadotropin Relizing Gormonni (GnRH) ishlab chiqaradi va portal sirkulyatsiya orqali gipofizga sekretsiyalanadi. Gonadotropin Relizing Gormonni (GnRH) gipofizni old qismi hujayralariga ta’sir qilish orqali Lyutenlovchi (LH) va Follikulla stimullovchi (FSH) gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar sistematik aylanish orqali nishon a’zolarning membranasidagi reseptorlarga bo’lanadi. LH moyaklardagi Leydig hujayraladan jinsiy steroidlarni ishlab chiqarilishi stimullaydi. FSH spermatozoidlarni yetilishi uchun seminiferous tubules’lardagi Sertoli hujayralarini funktsiyasini stimullaydi.

 

Rasm. 1. Gipotalamus-gipofiz-testikulyar o’qi yakuniy mahsulotlari va teskari-qaytar bog’lanish boshqaruvi.

 

Gipotalamus-gipofiz-moyak o’qi juda ham mukammaldir lekin bu o’qning istalgan joyidagi kichik nuqson gormonal signallashishni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari yakuniy mahsulotlarni tashqaridan kiritilishi buzulmagan endokrin sistemasini izdan chiqarishi ham mumkin. Masalan, tashqaridan kiritilgan ekzogen testosteron to’g’ridan to’g’ri intratestikulyar testosteron konsentratsiyaga gematotestikulyar bariyer hisobiga ta’sir qilaolmaydi. Lekin plazmadagi testosteron ko’rsatikichi ko’tarilgach LG va FSGga ingibirlovchi ta’sir qiladi, natijada intratestikulyar testosteron ishlab chiqarilishi paradoksal ravishda pastlab ketadi.8 Erkaklar bepushtligiga ta’siri jihatidan endokrinopatiyalar Gipotalamik kasalliklar, Gipofizar kasalliklar, birlamchi va ikkilamchi gipogonadizm va boshqa pretestikulyar kasalliklar kategoriyasiga bo’linadi9-12 (Jadval 1)

Tadqiqot

Endokrinopatiyalar juda ham turli tuman ko’rinishga ega bo’lganligi uchun tibbiyot hodimlariga buni tartibga, sistemaga solish talab qilinadi. Erkaklar bepushtligiga endokrinopatiya sababli deb qaror qilishdan oldin dastlabki boshlang’ich tekshiruvlarni o’tqazilishi shart. Odatda poliklinika sharoitda bemorni to’liq reproduktiv va jinsiy anamnezni yeg’ishdan boshlanadi.

Bularga quyidagilar kiradi:

  • Jinsiy aloqa soni, vaqti, lubrikantlardan foydalanganligi
  • Erkakda ham ayolida ham avvalgi homiladorliklar bor yoqligi
  • Erektsiya va eyakulyatsiya funtkstiyalari
  • Bepushtlik muddati yoki oldingi homiladorlik holati
  • Bolalikdagi kasalliklari va rivojlanishi
  • Urologik travmalar yoki kasalliklari anamnezi (m: epididimitlar, orxitlar, jinsiy yol bilan yuqadigan o’tqazilgan infektsiyalar)
  • O’tqazilgan tibbiy va xirurgik anamnezi
  • Qabul qilgan dori vositalari
  • Oilaviy bepushtlik anamnezi
  • Bosh miyadan olingan jarohatlar
  • Uzoq muddat issiqlikda qo’lganligi, ximiyaviy, toksik dorilar yoki radiatsiya bilan qanchalik to’qnash kelgan

Shifokor qabul qilingan dorilar ro’yhatini tekshirayotganda avvallari olingan testosteron yoki anaboliklar steroidlarini ham surushtirishi kerak. Qilingan parhezlar va qo’shimcha biofaol moddalar qabul qilinganligi juda ham kritik ahamiyatga ega, sababi ularni tarkibidagi moddalar Food and Drug Administration (FDA) tomonidan tartibga solinmagandir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki 20%dan oshiq qonunan sotishga ruxsati bor biofaol qoshimchalar tarkibida anabolik steroidlar(gormonlar)ni o’z tarkibida tutadi lekin tarkib ro’yhatida ko’rsatilmaydi. Shuningchun ham biofaol moddalar ma’lum muddatlarga bemorni tetik, kasalliklari chekingandek qilib ko’rsatadi va vaqti kelib to’htatilganda avvalgi holidan battaroq holatlarga qaytadi. Bepushtlik sababli olingan anaboliklar spermatogenezni tormozlanishiga sabab bo’ladi. 13–15

Dastlabki tadqiqot bemorni fizikal ko’rik va kamida 2ta spemogramma talab qilish bilan boshlanadi. Urolog genitourinary sistemani ko’zdan kechirishi kerak, habitusini baholashi kerak, jinsiy a’zolarni yoshiga mos yoki mos emasligini baholashi kerak, topilgan o’zgarishlarni ostida biron endokrinopatiya bor yoqligini oydinlatishi kerak bo’ladi. (m, gynekomastia, striya, buqoq). Juda ko’p xalqaro qo’llanmalardan ikkita spermogramma qilinishi shart va 1oyni ichida qilinishi kerakligni tavsiya qilinadi. 1,16–19 Buzulgan spermatogenezni bittagina spermogramma bilan baholash qiyin  ko’rsatkichalari normadan past holatlarda albatta ikkinchi spermogrammaga ehtiyoj bor odatda davolash usulida juda ham katta burulish yasamasa ham oydinlik kiritilmasa samarasiz davolanish uzoq davom etishi mumkin.20

 

 

  1. Jadval

 

Erkaklar bepushtligiga dahldor endokrinologik kasalliklar jadval

    • O’smalar (kraniofaringioma, ikkilamchi metastazlar
    • Infiltirativ kasalliklar (tuberkulyoz, sarkadioz)
    • Cranial radiatsiya
    • Anorxiya (virusli orxitlar, moyaklar buralishi)
    • O’smalar (prolaktinoma)
    • Akromegaliya
    • Kushing kasalligi
    • Giperprolaktinoma
    • Kallman sindromi
    • Bo’sh turk egari sindromi
    • Gipofiz nazoratini birdaniga to’xtashi
    • Gipofiz nazoratini kesilishi (travma)

Boshqa sabablar

  • Klayenfelter sindromi
  • Qandli diabet
  • Semizlik
  • Qalqonsimon bez kasalliklari
  • Tug’ma buyrak usti bezi giperplaziyasi
  • Androgen rezistentlik
  • Ekzogen androgen qabul qilish
  • Noqonuniy dorilar (anaboliklar, narkotiklar)
  • Tartibsiz ovqatlanish
  • Qanday dorilar qabul qilgan

 

Tibbiy yondashuv

Spermogrammadagi nojo’ya o’zgarishlar, jinsiy funtkstiyani izdan chiqishi yoki klinik belgilar, anamnezida yoki fizikal ko’rikdan maxsus endokrinopatiyaga hos o’zgarishlarga to’qnash kelishlik endokrinologik tekshiruvlar uchun absolyut ko’rsatma bo’ladi. 21 Hozirgi kunda jamiki bepushtlik aniqlangan erkaklarda endokrinologik tekshiruv shartligi masalasi taklif qilinmoqda. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki dastlabki tekshiruvlarda Umumiy plasmadagi testosteron miqdorini normada past bo’lishi spermogrammada morfologik ko’rsatikichi past bo’lishi va shuningdek tirik tug’ulish korsatkichlarini past bo’lishligiga bog’liqligi aniqlangan. 22,23 Patel va hamkasblari24 testosteron ko’rsatkichi past holatlarda normal spermogrammaga ega bo’lishlikka qaramay idiopatik bepushtlikni qayd etishgan dastlabki tadqiqotlarda bu erkaklardan gormonal tekshirishlar o’tqazilmagan edi. Bir tarafdan erkaklar bepushtligida endokrinologik sabablar ko’p uchramaydi. Undan tashqari bularning moliyaviy tomonlarini ham inobatga olish kk boladi.2 American Society for Reproductive Medicine (Reproduktiv Tibbiyot Amerika hamjamiyati) aytsihicha yagona consensus yoq lekin erkaklar bepushtligida boshlangich endokrinologik tekshiruvlari o’tqazilishi shart.  Bular FSG va umumiy plazmadagi testosteron ko’rsatkichini aniqlashdn boshlash mumkin.21 Lekin juda ko’p bepushtlik bilan shugullanadigan mutaxassislar erkin testosteron, sekssteroid bog’lovchi globulin (SHBG), prolactin va LG kabi gormonlarni ham tekshirish kerakligini takidlashadi. Ingibin-B spermatogenez haqida FSG ga nisbatan yaxshi ma’lumot berishi barchaga ma’lum lekin umumiy moyak holati, Sertoli hujayralari holatini baholashda amaliyotda FSG ishlatiladi bunga Ingibin-B analizini qimmatligi ham alohida sababdir.25 Shifokorlar estradiol va qalqonsimon bez funktsiyalarini ham tekshirishlari kerak chunki bu gormonlar ham jinsiy qobilyatni buzulishiga va bepushtlikka sabab bo’ladi.12 Tasvirlash usullari ham laboratoriya ko’rsatkichlarni normada bo’lmaganda endokrinologik patologiyalarni aniqlashda kafolatlangan usul hisoblanadi. (m, bosh miya MRT prolaktiniemiyani aniqlashda).

Davolash

Davolashdan maqsad tuzatish mumkin bo’lgan gormonal o’zgarishlarni tuzatish va fetillikni tiklashdir. Agar fertillikni tiklab bo’lmasa urolog-andrologni oldidagi vazifa qaysi usullarda, qanday tartibda davolanishni, nazoratni olib boorish va farzandli bolish prognozini aytish kerak bo’ladi (Farzand saqlab olish). Bu maqolani qolgan qismlarida gipotalamus-gipofiz-testis oqini izdan chiqarishi boyicha o’tqazilgan tadqiqotlar va endokrinopatiyalardagi standartlar haqida so’z boradi.

Gipergonadotrop gipogonadizm

Birlamchi gipogonadizm, boshqacha nom bilan aytilganda gipergonadotrop gipogonadizm yoki birlamchi moyak yetishmoqchiligida analizlarda Teststeron ko’rsatkichi past, GnRH, LG va FSG ko’rsatkichlarni balandligi aniqlanadi. Gipergonadotrop holatni kelib chiqishi tug’ma yoki keyingchalik rivojlangan bo’lishi mumkin. Klayenfelter sindromi eng keng tarqalgan tug’ma etiologik, jinsiy xromosomalarning sonini oshishi bilan xarakterlanadi va 500 erkakdan 1tada uchraydi.26 Bu holat jinsiy xromosomalarning aneuplodiyasi bilan harakterlanadi eng ko’p 47, XXY genotipiga ega boladi. Klinik ko’rinishi boyi baland, eunuxoid tana tuzulishiga ega, ginekomastiya va kichik moyaklar bilan harakterlanadi. Bu belgilar bilan kasallik va tashxis qoyish birmuncha qulay bo’lishiga qaramay, Tashxis kariotip bilan tasdiqlanishi kerak sababi 20% mozaik ko’rinishga ega bolishi ham mumkin yani klinik belgilari Klayenfelterga hos lekin genotip normal boladi 47XXY/46XY ko’rinishda. 27 Klayenfelter sindromlik bemorlar azoospermiya bo’lsa ham TESE yoki  microTESE yordamida spermatozoidni topib ICSI orqali farzandli bo’lgan oilalar mavjud. Adabiyotlar urologlarga shuni tavsiya etadiku bu ko’rinishdagi bemorlardan oilani rejalashtirishda erta davrlarda sperma ishlab chiqarish bolgan paytlarida krioprezervatsiya qilishlik va oila qurush yoshiga kelganda spermatozoid ishlab chiqarish toxtaganda shu spermatoidlardan foydalanishni ta’kidlaydi.28 Ba’zi mutaxassislar ham yoshi katta bo’lganda TESE orqali spermatozoid topilish ehtimoli bolishga qaramay, ikkilamchi jinsiy belgilarini rivojlantirish uchun o’tqaziladigan o’rinbosar terapiyadan oldin krioprezervatsiyani taklif qilishlikni aytib o’tishgan.29

Gipogonadotrop gipogonadizm

Ikkilamchi gipogonadizm Testosteron korsatkichi, GnRG, LG va FSG ko’rsatkichlari ham normadan past bolishligi bilan harakterlanadi. Bu holat adabiyotlarda gipogonadotropik gipogonadizm yoki ikkilamchi moyak yetishmovchiligi deyiladi. Keyinchalik paydo bo’lgan ikkilamchi gipogonadizmda qolqonsimon bez, buyrak usti bezi funtkstiyalari bilan birgalikda prolaktin, bosh miya MRT si o’tqazilishi shart. (m, prolaktinoma). Hozirgi kunda adabiyotlar oxirgi yillarda erkaklarda ikkilamchi gipogonadizm ko’payganini va bunga anabolik steroidlarni bodybuilding maqsadida tartibsiz va nazoratsiz, ko’p miqdorda qabul qilayotganliklari sababli kelib chiqayotganini keltirib o’tgan.35 Anabolik steroidlarni qo’llanilishi o’sayotgan yoshlar orasida, ayniqsa reproduktiv yoshdagi yigitlar orasida keng tarqalgan.36,37 Ta’sir mexanizmi quyidagicha; olingan anabolik steroidlar teskari qaytar bog’lanish natijasida miyadagi GnRG ni ingibitsyalaydi natijada intratestikulyar testosterone ishlab chiqarish tormozlanishi rivojlanadi va gipogonadotropik gipogonadizm kelib chiqadi. Shuningdek bu moddalar muskul massani ortishiga olib keladi lekin ginekomastiya, moyaklar atrofiyasi, jinsiy qobilyat susayishi bilan birga spematogenezni izdan chiqishi hisobiga ikkilamchi bepushtlikka olib keladi.37 Urolog jamiki bemorlarni anabolik moddalarni to’xtatishliklarini va fertilliklarni saqlab qolishlarini, sog’lom turmush tarziga targ’ib qilishi kerak. 9,38 Adabiyotlar anaboliklar toxtatilgandan keyin spematogenezni tiklanishiga (>5 million spermatozoid/ml) 4-12 oy atrofida tiklanishini qayd etgan. 39.40 Agar 4 oy ichida spermatogenez tiklanishni boshlamasa yana chuqurroq tekshiruvlarni o’tqazishi va bepushtlikka yana boshqa sabablarni qidirishi kerak bo’ladi.41 Ekzogen testosteron berish anaboliklar kabi bir hil ta’sirga ega paradoksal ravishda testosteron ishlab chiqarilishini susayishiga olib keladi. 42–44 Amerika Urologlar Hamjamiyatini tekshiruviga ko’ra 25% holatlarda testosteron pastligi bepushtlikka sabab bo’lgani aniqlangan.45 Agar bemor uzoq muddat anabolik steroid yoki ekzogen testosteron qabul qilgan bo’lsa va qabul qilishni to’xtalgandan keyin ham gipogonadlik holati davom etsa farmakologik qayta ishga tushirish kerak bo’ladi. Ba’zi mutaxassislar erta davrlarda boshlash kerakligini tavsiya qilishadi ya’ni moddalarni to’xtalgan zahoti farmakologik qayta ishga tushirishni boshlash kk deyishadi. 46 Selektiv esterogen reseptor modulyatorlaridan boshlashlik eng to’g’risidir chunki estrogenni ingibirlaydi, LG va FSG ni stimullaydi, tabletka formasida, uzoq va havfsiz foydalanish mumkin.47 Yana bir maqolada spermatogenezni tezda tiklash uchun esterogen modulyator bilan birga gonadotropinni qo’llash mumkinligini ham keltirib o’tilgan. FSG preparatlaridan qo’shimcha foydalanish ham mumkin lekin qachonki, antiestorogen va gonadotropinlarga chidamlilik va yetarli javob reaktsiyalari kuzatilamagan holatlardagina holos.48 Aromataza ingibitorlari orqali esterogen ishlab chiqarishini pasaytirish uchun ma’lum bemorlardagina Testosteron/Estradiol koefissientini 10:1 dan kam bo’lgan hollardagina foydalanish mumkin.49 Bu dorilar gipofizga teskari qaytar boglanish mexanizmi asosida ta’sir qilib antiesterogenlardek testosteronni konsentratsiyasini kotarib, spermatogenezni stimullaydi. Aromataza ingibitorlarni uzoq vaqt foydalanish ayollarda osteoparoz chaqirishi aniqlangan bolsada erkaklardagi zararlari qayd etilmagan lekin uzoq vaqt foydalanish tavsiya etilmaydi. Beta-XgCH insonni ozidagi LG bilan strukturaviy tuzilishi bir hil bo’lganligi sababli ta’siri ham LG kabi bo’ladi. XGCh bilan davolash ikkilamchi gipogonadizmni davolash usullaridan FDA tomonidan tasdiqlangan usul. Faqat uzoq muddat qo’llanilgandagi havfsiligi va nojo’ya ta’sirlarini aniqlashga yetarli adabiyot malumotlari yoq. Testosteron bilan davolashdan ko’ra XGCh terapiya spermatogenezni stimullash uchun asosiy davo usuli hisoblanadi. 50,51 Hozirgi kunda testosterondan boshqa jamiki dorilar gipogonadotrop gipogonadizmda foydalanish mumkin bo’lgan preparatlar hisoblanadi. XGCh asosli terapiyani, antiesterogenlar, aromataza ingibitorlari, recombinant FSG kabilar bilan kombinatsiyalash testosteronga bog’liq bepushtlikda spermatogenez yaxshilashi 96% holatlarda ijobiy natija beradi. 51Bu mavzuda olib borilgan tadqiqotlar kam bo’lishdan tashqari, nazorat guruhlarida ham tog’ri nazoratga olinmagan adabiyotlar ko’plab uchraydi. Ma’lum dori vositasini ustunligini baholash uchun uzoq vaqt bitta preparatni ozini kuzatish qiyin va uning uchun ham alohida tekshiruvlar talab qilinadi.

Undan tashqari orttirilgan ikkilamchi gipogonadizm gipotalamik va gipofizar turlarini ham o’z ichiga oladi.

Gipofiz adenomasi eng kop uchraydigan gipofiz kasalliklaridandir.52 Bularing ichida prolaktinoma voyaga yetgan reproduktiv yoshdagi erkaklarda ham ko’p uchraydi. Prolaktinni kopayib ketishligi ko’kraklardan sut kelishi va bitemporal gemianopsia bilan kuzatilishi mumkin. Prolaktinomalar odatda dofomin agonistlari bilan bartaraf qilinadi, nur bilan davolash yoki jarrohlik usullari juda ham kam qo’llaniladi.

Gonadotropin defitsitlik holati bosh miya travmalaridan keyin ham gipofizni jarohatlanishi sababli uchrab turadi. (m, gipofiz tutqichini kesilishi). Bosh miya jarohati o’tqazgan bemorlarni tekshirilganda 12oyda 7.7% holatlarda gonadotrop defitsit holatlari aniqlangan.53

Gipotalamus insultlarida ham ikkilamchi gipogonadizm rivojlanadi. Ayol va erkaklarda  o’tqazilgan kam sonli tadqiqotda ayollarga nisbatan erkaklarda ovqatlanishni izdan chiqishi kuzatilgan lekin har ikkalasida ham GnRG ishlab chiqarilishi kamaygan.11

 Qandli diabet va semizlik natijasida ham esterongenlar miqdori ko’payib gonadotropinlarni supressiya qilish orqali bepushtlik rivojlanadi.

Infiltirativ kasalliklardan sarkodioz natijasida ham gipotalamus-gipofiz kasalliklari kabi ko’zga ko’rinadigan gipogonadizm klinikasi kuzatiladi.54

Tug’ma gipogonadik gipogonadizm neyronlarda ishlab chiqiligan GnRG’ni  tarqalishini izdan chiqishi sababli kelib chiqadi. Bunday bemorlar Kallman sindromida bo’lgani kabi hid bilishni yoqolishi tarzida ham ko’rinadi, bunda n.olfaktorius izdan chiqishi bilan baholanadi. Tug’ma gipogonadik gipogonadizmni yana boshqa belgilaridan unilateral buyrak ageniziyasi, ikkilamchi jinsiy belgilarni sust rivojlanganligi, kriptoorxizmlar va davolanish prognozining juda ham past ko’rsatkichga ega bo’lishligi bilan ifodalanadi.55 Avvallari bu kabi bemorlar davolanib bo’lmas bepusht hisoblanilgan hozirgi kunda bularning 20%idan ko’prog’ida moyak yetishmovchiliklari davolanib ijobiy natijalarga erishilmoqda.56,57 Davolashda teri ostiga pulsatil berib turuladigan GnRG yoki XG inektsiyalaridan foydalaniladi. Effektivligini baholash uchun yetarli adabiyotlar hozircha yoq lekin foydalanib kelinmoqda. Tug’ma gipogonadik gipogonadizm holatlarida juda kamdan kam normal spermogramma ko’rsatkichlariga erishilsa ham gormonal terapiyadan keyin homiladorlik kuzatilgan bemorlar mavjud.58,59

Kelajakdagi yonalishlarimiz

Bepushtlik bilganimzdek ko’proq irsiya asosli bolib kelgusida bepushtlikda genetik testlar rutin tekshiruvlar qatoriga kirishiga ishonchim komil. Hozirgi kunda faqatgina azoosperimiya yoki ogir oligozoospermiya holatlaridagina genetik skriining tavsiya qilingan.16 Hozirgi kundagi mavjud texnologiya erkaklar bepushtligida ahamiyatli genlardan avtosomal gen variantlarini (m, kistik fibrozdagi CFTR genini), xromosomal buzulishlarni, Y-genining mikrodeletsiyalarini aniqlay oladi. Hozir kundagi yangi usullardan foydalanish mikroarray tahlili va butun genom ketma-ketligi kabi yangi usullardan foydalanish bepusht erkaklarda endokrin funktsiyasi bilan bog'liq bo'lgan javobgar genlar haqida ma’lumot berdi, ammo hali keng klinik foydalanishga tadqiqotlar yetarli emas (Table 2). Kelajakda genetik testlar erkaklar bepushtligini davolashda yol ko’rsatishi ham mumkin. Hozirgi kundagi adabiyotlarda eng yaxshi misollaridan farmakologik FSG terapiya uchun bemorlarni tanlashlikni belgilab berilganidir. Tadqiqotlar FSG geninning reseptorlaridagi polimorfizm sababli FSG terapiyadan keyingi spermogramma ko’rsatkichlaridagi sezilarli o’zgarishlarni qayd etilgan.60 FSG ni beta formasi klinik ahamiyatliligini ham aytib o’tish kk. Grigorova va hamkasblari olib bo’rgan ilmiy tekshiruvida 61,62 A211 juft promotor regionida FSG ni beta formasi aniqlangan va qonda FSG korsatikichi normadan juda past korsatkichi aniqlangan. O’tqazilgan ko’plab ilmiy tekshiruvlarda bugungi kunda erkaklardagi bepushtlikda 1200-1500dan oshiq ma’sul genlar aniqlangan.

Genetik tadqiqot uchun hozirgi kundagi asosiy tosiq uning narxidadir. O’rtacha hisobda shunchaki butun genomlarni ketma ketligini aniqlash 1000$ dan yuqoriroq turadi. Aholini asosiy qismi hattoki 200$ tolash imkoniyatiga ham ega emas. Vaqt mobaynida narxlarni pasayishini kutushimiz kerak bo’ladi.

 

Hulosa

Endokrinopatiyalar erkaklar bepushtligida juda ham kam uchraydigan sabablari bo’lishiga qaramay tekshirilishi shart bolgan holat bolib hisoblanadi sababi bepushtlikni davolash prognozi va erkakni umumiy salomatligida ahamiyat juda ham kattadir. Tuzatish mumkin bo’lgan endokrinopatiyalarni tashxislash oilani saqlab qolish va ularni stresslardan himoya qilish yanada muhim turli qimmat sun’iy urug’lantirish kabi muolajalardan ham himoya qiladi. Optimal endokrinologik tadqiqotlar sistematik tarzda, anamnezini yeg’ish, fizikal ko’rik, spermogrammalardan iboratdir. Ko’plab bepushtlik bilan shug’ullanadigan mutaxassislar dastlabki tekshiruvlarda gormonal tekshiruvlarni ham shartligini ta’kidlashadi. Davolash endokrinologik patologiyaga qarab belgilanadi, lekin genetik tadqiqotlar am dorilarni tanlashdan yordamchi tekshiruv usullaridandir.