• Mar

    06

    2012
  • 1901
img

Moyak biopsiyasida Jonson (Johnsen) shkalasi

Moyak biopsiyasida Jonson (Johnsen) shkalasi

 

Moyak biopsiyasida Jonson (Johnsen)shkalasi

Moyakdan olingan bioptatni gistologik baholashda har bir tubulus seminiferis lar alohida baholanadi va ularni o'rtalamasi olinadi.

10. Kanalchalar o'rtasi ochiq va ko'p miqdorda turli bosqichdagi spermatozoidlar aniqlanadi.

9. Germinal epiteliyda turli bosqichdagi spermatozoidlar lekin batartib emas, kanalchani obliteratsiyaga olib keluvchi xujayra to'kilishlari.

8. Germinal epiteliysi barcha bosqichda, lekin bir kanalchadagi spermatozoidlarni soni 10donadan oshmaydi.

7. Spermatidlar juda ko'plab uchraydi, lekin spermatozoidlar yo'q.

6. Spermatozoidlar yo'q, spermatidlar soni 10donadan oshmaydi.

5. Spermatozoidlar ham spermatidlar yo'q, faqat spermatotsitlar bor.

4. Spermatozoidlar ham spermatidlar yo'q, faqat 5 donadan oz miqdorda spermatotsitlar bor.

3. Faqatgina germinal hujayralar va spermatogoniylar.

2. Germinal hujayralar yo'q, faqatgina sertoli hujayralari ko'rinadi.

1. Tubulus seminiferis umuman hujayralar aniqlanmaydi.

          Bu shkalaga ko'ra normal moyaklarni 60%dan ko'p qismi 10 ochko olishi kerak. 10%dan kam miqdori 8 ochkodan olishi mumkin deb hisoblanadi. Normal moyakni ochkosi 9.39±0.24 hisoblanadi. Oligospermiyalik moyakning o'rtacha ochkosi 5.32±2.1. Faqat sertoli hujayralari sindromida 2.0±0.03dir.

          Aslida raqamlar bergandan ko'ra ko'rilgan hujayrani bosqichlarini jarohatlanish darajasini ta'riflash ko'proq foydalidir.