• Feb

    02

    2011
  • 128108
img

Urug’ tahlili – Spermogramma - Spermogram

Urug’ tahlili – Spermogramma - Spermogram

 

Spermogramma – erkak maniysi (sperma, eyakulyat) ni mikroskop ostida tekshiruvidir.Bu tekshiruv erkaklarning homilador qilaolishini ko'rsatuvchi asosiy va yagona tahlildir. Ammo shunga ham e'tibor berish kerakki tahlilning normaga mos tushmasligi erkakning bepushtligi haqida to'liq, ishonarli ma'lumot bermaydi. Tahlilning normadan farq qilishi faqatgina homiladorlik ehtimolini kamaytiradi xolos. Har qanday natija bo'lsa ham to'liq bepusht deya olmaymiz. Xulosani faqatgina boshqa yordamchi tekshiruvlar bilan shifokor aytaoladi.

 

Tekshiruvga tayyorlanish

Natijani ishonchli va to'la ma'lumotga ega bo'lishi uchun quyidagicha tayyorlanish kerak:

1. Bir necha kun jinsiy parhez, ya'ni hech qanday yo'l bilan maniy chiqmasligi kerak. Turli adabiyotlarda turli fikrlar bo'lishi mumkin lekin ko'pchilik mutaxassislar urug’ topshirish uchun 3-5 kun jinsiy parhez bo'lishi kerakligini tavsiya qilishadi. Yana shunday fikr borki tabiiy bo'lishi uchun odatdagi jinsiy hayoti orasi qanday bo'lsa shunday jinsiy parhez qilish kerak deydiganlar ham bor.

2. Xuddi shu kunlarda spirtli ichimliklar ichish, turli dori preparatlar qabul qilish, ko'p miqdorda kofein qabul qilish ham ta'qiqlanadi.

3. Shu kunlarda yuqori haroratli muolajalarda - sauna, qaynoq vannalar, dushlar, solyariy, quyosh vannalaridan tiyilish kerak.

Odatda kamida ikki marta urug’ tahlili o'tkazilishi kerak va shuni unutmaslik kerakki ikkinchisi uchun ham aynan birinchisi kabi tayyorgarlik kerak va ikkalasini ham o'zingiz ishonib borgan labarotoriyada tekshirishlishi shart.

 

Tekshiruv materialini olish usullari

Labaratoriyaga masturbatsiya yo'li bilan chiqarilgan butun eyakulyatni beriladi. Eyakulyat, albatta labarotoriyada maxsus xonada og’izi keng idishga topshirishlishi shart. Ba'zi labaratoriyalar qiladigan prezervativdagi, uydan olib kelingan eyakulyatlarni qabul qilish orqali juda ham ko'p xatolar va noto'g’ri natijalar uchramoqda.

 

Tahlil qilish texnikasi

Eyakulyat avvalo tashqi ko'rinishi bilan baholanadi so'ngra mikroskop ostida tekshirilishi boshlanadi.

Natijalarnitahlilivaahamiyati (WHO Laboratory Manual for Human Semen and Sperm-Cervical MucusInteraction (5th edition)-2010)

 

Eyakulyat hajmi

Normada: 1.5 (1.4–1.7)ml.

Yuqoridagi ko'rsatkich minimal bo'lib hajmning bundan ham kamayi shieyakulyatning transportida nuqson borligidan darak beradi. Avvalo eyakulyatni to'g’ri, barchasini to'planganligiga e'tibor berishi kerak. Olingan material shunda ham kam hajmga ega bo'lsa bu jinsiy bezlar faoliyatini izdan chiqqanligi yanada ko'proq yo'lda blok(to'siq)  borligi haqidagi fikrga to'xtalish kerak bo'ladi. Hajmni oshib ketishda ko'proq yallig’lanish jarayonlarini o'rni kattaroq(prostatit va vezikulit).

 

Rangi

Normada: oq, kulrang, sarg’ish.

Rangining qizarishi yoki qo'ng’ir tus olishi spermaga qon qo'shilganligidan xabar beradi. Bu holat odatda jinsiy a'zolar travmalaridan so'ng, surunkali vezikulit, kalkulez prostatit kuzatiladi.

 

RN

Normada: ≥7,2.

rN ning past bo'lishi odatda urug’ pufakchasini ageneziyasida, ko'tarilishi odatda yallig’lanish jarayoniga bog’liq bo'ladi.

 

Suyulish vaqti (Vremya razjijeniya)

Normada: 5-60 minut.

Eyakulyat chiqishida suyuq holda bo'ladi va qisqa vaqtda seminogelin proteynni ta'sirida koagulyatsiya ro'y beradi. Ma'lum vaqtdan so'ng prostatadan ishlab chiqariladigan enzimlar (asosiysi PSA) ta'sirida suyuladi. Suyulish vaqtini uzayishi ko'pincha surunkali prostatit va vezikulit natijasidir. Suyulish vaqtini uzayishi spermatozoidlarni kuchini erta yo'qolishiga olib keladi, ya'ni qinning kislotali muhitida uzoq qolib ketadi. Bu ko'rsatkich homiladorlikka to'g’ridan to'g’ri ta'sir qiladi.

 

Yopishqoqligi (Vyazkost spermы)

Yopishqoqligi maxsus igna yoki pipetka yordamida cho'ziluvchanligini baholash orqali belgilanadi. (+) 0,5-1sm normada tomchi tomchilab oqishi kerak, ( ++ ) 2-4smgacha cho'zilib cho'zilib tushadi. (+++) 4smdan uzaydi. Yopishqoqlikni uzayishi ko'pincha surunkali prostatit va vezikulit natijasidir. Suyulish vaqtini uzayishi spermatozoidlarni kuchini erta yo'qolishiga olib keladi, ya'ni qinning kislotali muhitida uzoq qolib ketadi. Bu ko'rsatkich homiladorlikka to'g’ridan to'g’ri ta'sir qiladi.

Spermatozoidlar kontsentratsiyasi

Normada: 15 (12-16) mln/ml dan ko'p bo'lishi kerak.

Spermatozoidov miqdorining kamayishiga oligozoospermiya deyiladi. Spermatozoidning miqdori va sifati to'g’ridan to'g’ri moyaklarning funktsiyasi haqida ma'lumot beradi. Albatta bunga ta'sir qiluvchi bir necha faktorlar bor bulardan ba'zilari gormonlar, mavjud yoki o'tkazilgan yallig’lanish jarayonlari, toksik ta'sirlar, spermatogen epiteliy holati, modda almashinuvi va hakazolardir.

Ba'zi laboratoriyalar polizoospermiya – spermatozoidkontsentratsiyasini 120 mln/ml ko'pligi deb hisoblashadi. Har qanday o'zgarish bo'lgan taqdirda ham bemorlar urolog – androlog bilan doimiy aloqada bo'lishlari kerak.

 

Spermatozoidlar miqdori

Normada: eyakulyatda 39 (33-46) mln.dan ko'p bo'lishi kerak

Spermatozoidlarning harakatchanligi

Spermatozoidlarning harakatchanligi spermogrammaning juda muhim qismlaridan biridir. Lekin o'zi alohida hech qanday qiymatga ega emas, ya'ni urologlar va shuningdek bemorlar orasida tarqalgan faqatgina necha foiz aktivligini aytishning hech qanday qiymati yo'qdir. 2010 yildan yana harakatchanlikni uchta guruhga bo'lib ko'rish tavsiya etildi.

Aktiv harakatchan(PR) > 32 (31–34)%

Harakatchan(NP) > 8(7–9)%

Harakatsiz ¬– 0

Normada:  umumiy aktivlik (Total motility (PR+NP, %)) 40 (38–42)%

Spermatozoidlarning aktivligini kamayishiga astenozoospermiya deyiladi. Sabablari juda ko'pdir– eng ko'p sababi varikotsele bo'lib undan tashqari turli yallig’lanish kasalliklari, moyaklarga yuqori harorat, toksik ta'sirlari ham bo'lishi mumkin.

 

Spermatozoidlarning morfologiyasi

Bu ko'rsatkich normal shaklga ega bo'lgan va homiladorlik potentsialiga ega bo'lgan spermatozoidlar miqdorini ko'rsatadi.

Normada: > 4(3–4)%.

Morfologiyasi buzuq bo'lgan spermatozoidlarni sonini oshishi teratozoospermiya deyiladi.Morfologiyaga toksik, infektsion va erkakning yashaydigan ekologiya muhitining ta'siri juda kuchli.

 

Spermatozoidlarningtirikligi (Vitality (live spermatozoa, %))

Bu ko'rsatkich ham juda muhim bo'lib ba'zi labaratoriyalarning beradigan harakatchan spermatozoidlarningyig’indisidan iborat emas bu juda ham katta xatodir. Chunki bemorga keyingi bosqichda qanday yondashishnibelgilab beradigan va homiladorlikka to'g’ridan to'g’ri ta'sir qiladigan muhim omildir.

Normada: > 58 (55–63) %.

Tirik spermatozoidovlarning sonini kamayishi nekrospermiya deyiladi. Keltirib chiqaridigan faktorlar orasida avvalo radiatsionn, toksik yoki yuqori haroratning moyak to'qimasiga ta'siri turadi. Ba'zi holatlarda infektsion kasalliklar va kuchli stress nekrospermiyani chaqirishi mumkin.

 

Spermatogenez xujayralari

Bu spermatogen epiteliyadan to'kilgan hujayralardir.

Normada: 2%gacha.

Ko'tarilib ketishi to'qimani zararlanganligidan (yallig’lanish, infektsion) darak beradi.

 

Agglyutinatsiya

Agglyutinatsiya – spermatozoidlarning bir biri bilan yopishib qolishi.

Normada: Kuzatilmaydi.

Agglyutinatsiyaning paydo bo'lishi va haddan ziyod ko'pligi organizmdagi autoimmun yallig’lanishlardan xabar beradi. Agglyutinatsiya o'z-o'zidan va to'g’ridan to'g’ri homiladorlik ko'rsatkichini pasaytiradigan ko'rsatkichdir.

 

Leykotsitlar

Normada: <1mln/ml (3-4 ko'rish maydonida).

Miqdorining oshishi o'tkir yoki surunkali yallig’lanish jarayonlarining mavjudligini ko'rsatadi.

 

Eritrotsitы

Normada: kuzatilmaydi.

Eritrotsitlarni paydo bo'lishi travma, jinsiy a'zolarning o'sma kasalliklari, prostata toshlari,surunkali prostatit yoki vezikulit, kollikulitlardan darak beradi. Homiladorlikka ta'sir bo'lmasa ham kichik tos sohasidagi muhim kasalliklarni darakchisi hisoblanadi.

 

Amiloid tanachalari

Prostata bezida maxsus ishlab chiqariladigan tanachalardir.

Normada: kuzatiladi.

Kuzatilmasligi prostata bezidagi o'zgarishlardan darak beradi.Homiladorlik ko'rsatkichiga ta'sir qilmaydi.

 

Letsitin donachalari

Letsitin donachalari prostata bezida ishlab chiqariladi.

Normada: kuzatiladi.

Kuzatilmasligi prostata bezidagi o'zgarishlardan ko'pincha uzoq muddatli surunkali yallig’lanishlardan darak beradi. Homiladorlik ko'rsatkichiga ta'sir qilmaydi.

 

Shilliq

Normada: bo'lmaydi yoki juda kam miqdorda.

Ko'payib ketishi kuchli yallig’lanishdan darak beradi.

 

Qo'shimcha ba'zi ko'rsatkichlar:

MAR test < 50%

Immunobead test (motile spermatozoa with bound beads, %) < 50

Rux(Zn) (μmol/ejaculate) > 2.4

Fruktoza (μmol/ejaculate) > 13

Neytralglukoksida (mU/ejaculate) > 20

____________________________________________________________

MAR = Mixed antiglobulin reaction;

PR = progressive;

NP = non-progressive