• Dec

    25

    2018
  • 101953
img

Moyaklar haqida ko'pchilikni bilmaydigan 10 ma’lumot

Moyaklar haqida ko’pchilikni bilmaydigan 10 ma’lumot

Erkaklik bezlari boshqacha qilib aytganda moyaklar (yimirta (eski o’zbekchada), testis-lotinchada) jinsiy olatning o’ng va chap tomonida joylashgan bo’ladi.  Moyaklarning erkaklik gormonlarini (eng mashhuri TESTOSTERON) ishlab chiqish, urug’ ishlab chiqish va erkaklikka hos tashqi ko’rinishni ta’minlash asosiy vazifalaridandir. Urug’ni sifatli ishlab chiqarishlari uchun tana haroratidan 1-2 gradus pastroq haroratda bo’lishlari kerak.

Shuningchun ota-bobolarimiz erkak chaqaloqlarga tagliklarni (pamperslarni) kamroq ishlatishlikni va voyaga yetish davrida tor kiyim kiyishdan bekorga qaytarishmagan.

Moyaklar haltasida - yorg’oqda osilib turushining siri ham aynan shunda siz ham e’tibor bergansiz issiq kunlari moyaklar juda ham osilib, sovuq kunlari esa aksincha badanga taqalib turadi, sababi esa moyak haltasidagi aqlli harorat boshqaruvchi (intelligent temperature control system)   mavjudligidadir, urug’ni sifatli ishlab chiqishi uchun kerakli haroratni boshqarib turadi.

Shu o’rinda bir og’iz moyak o’smalari haqiada aytib o’tishimiz kerak chunki moyaklarni yuqorida bo’lishi moyak o’smalar xattoki xavfli o’sma (rak)ga o’tib ketish havfi yuqori va moyak raklari boshqa raklarga aksincha juda yosh yigitlarda 15-35yoshlarda uchraydi. American Cancer Society’ning statistik ma’lumotlariga ko’ra bir yilda tahminan 8700 ta yangi moyak raki voqeasi bilan murojaat qilinadi.

Moyak o’smasining eng ko’p uchraydigan belgisi og’riqsiz moyakning kattalashishidir. Kamdan kam hollarda biroz og’riqli, noqulaylik, oldingidan og’irlashgandek his qilinishidir. Umuman olganda shu va shu kabi belgilar bezovta qilsa shifokorga murojaat qilish ko’rikdan tekshiruvdan o’tish eng tog’ri yoldir.

Endi sizlarga 10 ma’lumotni taqdim etamiz:

1-Moyaklarda bir kunda tahminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.

2-Vujudining og’irligini 14%ni tashkil qiladigan moyak chigirtka moyagidir, Insonniki 0,7%ni tashkil qiladi.

3-‘Avokado’ so’zi,  Qadimgi Misrliklarining Aztek tilida moyak degani, Orxideya ham yunonchadan moyak so’zlaridan asos qiib olingan. Moyak yallig’lanishi – orxit qulog’izga chalingan bo’lsa kerak

4-Moyak o’lchami va ovoz qalinligi munosabati tog’ri emas, moyagi kichik baqiroq maymunlarni ovozi ancha gur va qalindir.  

5- Moyaklarni tashqarida turishi tashqi havf riski yuqori bo’lsa ham urug’ ishlab chiqarish uchun optimal sharoit uchun kerak.

6-Right Whale kitining moyaklari 1.1 tonnadir, bo’shalganda 4.5litr maniy bo’shatadi.

7-İslanda’da ishlab chiqariladigan mashhur pivoni bijg’itish uchun ham kit maniysidan foydalniladi.

8-Har bir spermatozoid tahminan 5megabaytlik ma’lumot o’z ichida tutadi (avvallari komputerlarda floppy A disk bolardi shunga atigi 4.5megabayt ma’lumot sig’ardi). Shu ma’lumotlarga asoslanib bir martalik jinsiy aloqada erkak kishiga o’z geniga tegishli ma’lumotlardan tahminan eng kamida 110 gigabaytini ayol organizmiga bo’shatar ekan.

9- Butun a’zolarimiz ichida eng ko’p turli tuman proteinlar miqdori moyaklarda mavjuddir. Ilmiy tekshirishlar ma’lumotiga ko’ra inson organizmidagi proteinlarni 77% turi moyaklarda mavjuda bo’lib bularning 999tasi faqat moyaklarga tegishlidir, Boshmiyada bosh miyaga tegishli oqsil turi 318tagina xolos ekan. Shu ma’lumotdan ham hulosa qilib hayvon (qo’y lampochkasi xalq tilida) moyaklarini iste’moli to’g’ri ish emasligiga kishi amin bo’linadi. Sababi oqsillar o’ta allergendirlar va butun baribir boshqa organizmlarga foydasi yoq, ichidagilar hazm traktida o’zligi yoqotib odam moyagiga yetib bormaydi.

10-Erkaklarining 65%ida chap moyak pastroqda joylashadi, ilmiy asosi: chap moyak embryonal rivojlanish davrida arteriyasini aortadan ong moyakka nisbatan pastroqdan oladi.


Adabiyot:

  • Tom Hale, ”Ten Things You Didn’t Know About Testicles” IFL Science Retrieved 

Tayyorlagan; Dr. Zarifjon Murodov

urolog-androlog

Qoqon shahar, 25/12/2018y