• Oct

    26

    2018
  • 164578
img

Siydik rangi qanday holatlarning ishorati hisoblanadi?

Siydik rangi qanday holatlarning ishorati hisoblanadi?

Siydik, organizmdagi chiqindilarni chiqarib tashlanishida ahamiyatga ega. Buyraklar ishlab chiqargan siydik va suvda eriydigan modda almashinuvining chiqindilari siydik yollari orqali tashqariga chiqariladi. Shu bilan organizmda toplanishi mumkin bo’lgan zararli moddalar va toksinlar siydik yordamida organizmni tark qiladilar. Buyraklarimiz qonni filtrlab siydik ishlab chiqarishga ma’suldirlar. Bundan tashqari buyraklar qand, suv, vitaminlar, aminokislotalar va boshqa zaruriy moddalar, mikroelementlarni chiqib ketishiga yol qo’masdan yana qonga qaytarishdek juda muhim vazifani ham bajaradilar. Siydik hidi va rangini o’zgarishi oziq ovqatlarga bog’liq bo’lish bilan birga bazi kasalliklar hattoki o’sma kabi havfli kasalliklarni ham belgisi bo’lishi mumkin. Umuman olganda siydik rangi umumiy tanadagi holatni ko’zgusidir.

Sog’lom kishining siydik rangi qanday bo’ladi?

Siydikka sariq-samon rangini beradigan pigmentni uroxrom deyiladi. Siydik rangi zichligiga qarab ba’zan to’qroq, ba’zan esa ochiqroq sariq bo’lishi mumkin. To’q sariq rang kam suyuqlik iste’mol qilganlikni ko’rsatadi. Ochiq sariq esa ko’p suyuqlik ichganlikni yoki siydik haydovchi dorilar qabul qilganlikni ko’rsatadi. Ba’zi dorilar siydik rangini ko’kka yoki yashil rangi boyashi mumkin, bundan tashqari qizil savzi gishtrang, vitaminlar sap-sariq, porferiya kasalligida esa qo’ngi’r rangdagi siydiklarni ko’rishimiz mumkin. Qizil rangli siydik odatda siydikka qon aralashganligini ko’rsatadi. Vahimaga tushmasdan urolog shifokoriga zudlik bilan murojaat qilish kerak chunki oz miqdordagi qon ham siydik rangini o’zgartirishga yetadi. Siydikdagi qon infektsiya yoki o’sma kasalliklarini belgilari ham bolishi mumkin.

Sog’lom kishining siydik rangi o’rtacha ochiq sariq-samon rangida bo’ladi.

Siydik ranglari va sabablari:

Yashil yoki Ko’k rangli siydik: Bu rangga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin;

  • Ba’zi ozuqa moddalaridagi ranglar siydik rangini yashilga bo’yashi mumkin, Qovuq va buyrak funktsiyalarini tekshirish uchun ham ba’zan urologlar rangli moddalardan foydalanishadi.
  • Propofol (diprivan), Amitriptilin va Indometasin kabi dorilar ham siydik rangini yashil yoki ko’k rangga bo’yaydi.
  • Genetik kasalliklardan bo’lgan Giperkalsiemiya (Williams kasalligi) juda ham kam uchraydi, siydik rangi ayniqsa bolalarda ko’k rangli siydik ajratadilar, Ko’k rangli chaqaloq tagligi sindromi shu tur bemorlarda ishlatiladi.
  • Stafiloccocus pseudomonas siydikka aralashsa siydik rangi yashil rangga kirishi mumkin.

To’q jigarrang siydik:

  • Dukkakli ozuqalarni ko’p miqdorda istemol qilish, ravoch kabi bazi ko’katlarni istemol qilish;
  • Bazi dori vositalari (metronidozol, muskul bo’shashtiruvchi dorilar (narkozda ishlatiladi));
  • Buyrak va jigar kasalliklari, siydik yollari infektsiyasi siydik rangini to’qlashishiga sabab boladi. Buyrak toshlari va infektsiyalarida siydik quyqali ko’rinishga ega bo’ladi.

To’q sariq (apelsin) rangli siydik: Siydikning to’q sariq rangda bo’lishiga sabab bo’ladigan ba’zi dorilar ham mavjud. Siydik yollarini kasalliklarida yoki boshqa kasalliklarda ishlatiladigan siydik haydovchi yoki ich suruvchi dorilar shular qatoriga kiradi. To’q rangli siydik o’t qopi va jigar kasalliklarni to’gridan to’gri ishoratidir. Yana bir holat organizmni suvsiz qolib siydik zichligi oshib ketganda kuzatiladi. Dorilar, ba’zi vitaminlar va qizil savzi suvini, sokini, ichishlik ham siydik rangini to’q sariqqa bo’yashi mumkin.

Siydik rangidagi o’zgarishlar ko’z bilan ko’rish ham mumkin laboratoriyada ham aniqlash mumkin bo’lgan holatdir. Siydikda o’zgarishlar faqat rang emas uning hidi, siyishdagi o’zgarishlar tarzida ham yuzaga chiqadi. Siydik insonni nimalar yeganini qancha yeganini, nima ichganini, qanday kasalliklar borligi haqida ma’lum maslahat va yonalishlar beradi. Organizmga tushgan bakteriya, yuqori miqdordagi glyukoza, zaharlar va oqsillar siydik orqali organizmdan chiqarilib tashlanadi.

Siydikni rangi o’sma kasalliklarni bosqichlariga qarab ham ma’lum o’zgarishlarga uchraydi. Siydik tahlili quyidagi kasalliklarni tahmin qilish (klinik belgilari ko’rinadi) yoki tashxis qilishga yordam berishi mumkin:

  • Buyrak soxasida o’sma paydo bo’lishi yoki og’riq
  • Charchoq umimiy holsizlik
  • Yuqori isitma
  • Ishtaha yoqolishi, ozish
  • Jigar kasalliklari qo’shilishi
  • Anemiya
  • Son soxalarida, yuzlardagi, qovoqlardagi shish
  • Yurak tez yurishi
  • Nafas olishga qiynalish, yo’tal
  • Bosh og’riq va suyak og’riqlar
  • Balg’amda qon aralashi
  • O’zidan ketib qolishi

Suvda eriydigan riboflavin bilan B2 vitamini mavjud vositalar siydik rangini sarg’ayishiga olib keladi. Vitamin qabul qilish qanchalik foydali bo’lsa ham ko’p miqdorda istemol qilish gipervitaminoz keltirib chiqaradi bu ham albatta sog’lom deb hisoblanilmaydigan holatdir. Siydik rangi juda och sariq bo’lsa odatda ko’p suyuqlik ichganda kuzatiladi, undan tashqari jigar sirrozi va gepatit kabi kasalliklarda ham och sariq bolishi mumkinligini esda tutish kerak. Homiladorlarda ham siydik rangi ochiqroq bo’ladi. Ko’p suyuqlik ichish, jigar kasalliklaridan tashqari qandli diabetda ham siydik rangi ochiqroq bo’lishini unutmasligimiz kerak.

Siydik rangi pushti yoki qizg’ish bo’lsa kasalliklardan tashqari antibiotiklarda, qizilcha, baqalajon, maymunjon iste’mol qilgandan ham rangi qizaradi. Siydik yollari infektsiyasi, buyrak toshlari, prostata yoki o'smalar ham siydik rangini qizarishiga sabab bo'lishi mumkin.

Siydik rangi turli kasalliklarda o’zgarishi har qancha ma’lum bo’lsa ham juda oddiy arzimas sabab bilan ham o’zgarishi mumkin. Shuning uchun siydik rangida o’zgarish ko’rilsa havotirga tushmasdan urologga murojaat qilish va siydik tahlili qildirish kerak bo’ladi.

urolog-androlog Zarifjon Murodov Jumaboevich