• Jul

    11

    2012
  • 117
img

MAKKOR XLAMIDIOZ

 

«Yigitchilik, dyeb suyuқoyoқ ayollarga ilakishib қolganimdan қattiқ afsusdaman... Yaқindan tibbiy tyekshiruvdan o'tdim, xlamidioz dyegan dardni orttirib olibman. Ayting-chi, bu қanday kasallik, asoratlari oғir emasmi?»
Sobir, Samarқand
 
– Nopok yo'l, byetartib jinsiy aloқaning oқibati ana shunday noxush bo'ladi. Jinsiy yo'l bilan yuқadigan kasalliklar soni yigirmaga yaқin. Muқarrar o'limga olib boruvchi OIV (VICh) ҳam zino orқali o'tishi mumkin.
Siz so'ragan xlamidioz eng ko'p uchraydigan tanosil kasalliklari sirasiga kiradi. Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha ҳar yili 90 millionga yaқin odam xlamidiozga chalinar ekan. Kasallikkning taxminan 40 foiz ҳollarida byemorga xlamidioz bilan bir қatorda so'zak va trixomoniaz tashxislari ҳam қo'yiladi.
 Kasallikka xlamidiyalar, dyeb ataluvchi parazitlar sabab bo'ladi. Ular siydik yo'liga o'tib, ko'payishga kirishadi va ҳujayralarning mye'yorida ishlashiga to'sқinlik қiladi. Odatda kasallik ko'z shilliқ pardasi yalliғlanishi (kon'yuktivit), zotiljam, oshқozon, ichaklarning yalliғlanishi tarzida ifodalanadi. Ko'z shilliқ pardasining uzoқ muddat yalliғlanishi, bu a'zoda chandiқo'choқlari paydo bo'lishiga va ҳattoki ko'rish қobiliyatining yo'қolishiga sabab bo'lishi ҳam mumkin. Ҳomilador ayollarning 5-14 foizida bachadon bo'ynining xlamidiyalar bilan zararlanganligi tuғruқ vaқtida chaқaloқlarga katta xavf tuғdirishi aniқlangan. Erkaklarda xlamidiyalar siydik chiқaruv kanali, moyaklar va uning ortiқlari, prostata byezi kabi a'zolarni shikastlashi, prostatit, vyezikulit, byepushlikka olib kyelishi ko'p kuzatiladi. Ayollarda esa қin, bachadon, uning bo'yni, naylari kabi a'zolar shikastlanadi. Xlamidiyalar fallopiy naylarining o'tkazuvchanligini kyeskin buzishi sababli goҳo ayollar byepusht bo'lib қolishadi. Xlamidiozga chalingan ҳomilador ayolda ҳomila bachadondayoқ kasallik yuқtirishi, bola nogiron yokio'lik tuғilishi mumkin.
Xlamidiozning yashirin turi ko'proқ uchrashi bois aksar byemorlar o'zlarida bunday dard borligidan byexabar yurishadi. Kasallik yuқtirilgandan 20-30 kun o'tib, ilk byelgilari ko'rinish mumkin. Siydik yo'lida noxush ҳissiyot, achishish va қichishish kuzatiladi. Siydik tyeshigi bir oz қizarib, oz miқdorda shilimshiқ ajralishi, siyganda oғriқ syezilishi mumkin. Ayollarda bachadon bo'yni va kanali yalliғlanadi.
Kuchli antibiotiklarning ko'pchiligi xlamidiyani yo'қotish xususiyatiga ega emasligini nazarda tutib, bu dard shifokor nazorati ostida maxsus davo talab etuvchi xastalik ekanini esda saқlang.  
 
Marat TURSUNOV, shifokor