• Jan

    24

    2011
  • 152
img

Pyeyroni kasalligi

 

Uchrashi: Pyeyroni kasalligi pyenis (jinsiy olat)ni atrofini o'rab oluvchi “tunika albugyenyea” oqsil pardasining kollagyenlaridagi o'zgarish natijasida kyelib chiqadi. O'zgarishlar ma'lum joydagi fibroz blyashka (chandiq) hosil bo'lishi va shu joyga bog'liq holda eryektsiyada og'riq, kaltalanish va egrilik kyelib chiqadi. Bundan tashqari bu byemorlarning 20 – 40% da eryektil disfunktsiya (qattiqlashishi (turishini) qiyinlashuvi) rivojlanadi. Asosan 40-70 yoshlar orasida uchraydi, ba'zan yoshlarda ham uchrab turadi. Umumiy erkaklar orasida 3,2% hollarda, 50 -70 yoshlar orasida 7,1% hollarda uchraydi.
Sabablari:
 
Kasallikni to'la tushintirib byeradigan sabablari ma'lum emas. Vitamin Ye kamayishi, ba'zi dori vositalarini (propanolol, myetotryeksat) uzoq muddatli qabul qilinishi natijasida rivojlanadi dyegan fikrlar ham bor. Bundan tashqari organizmdagi to'qimalarning kasallikka qarshi javob ryeaktsiyalarining ham ahamiyati bor. Qandli diabyet, uzoq vaqt sigaryet chyekish yoki siydik yo'llaridagi opyeratsiyalar asorati sifatidan ham rivojlanishi mumkin. Jinsiy aloqa vaqtida(hard sex, woman on top) pyenisning kichik travmalar olishi va u yerda yallig'lanish rivojlanishi so'ngra fibroz to'qima blyashka rivojlanishi haqidagi fikrlar hozirgi kun uchun asosiy tyeoriyadir.
 
Tashxis qo'yish va uni baholash:
 
Odatda anamnyez va ob'yektiv ko'rik bilan diagnoz qo'yish imkoni mavjud. Bundan tashqari byemor anamnyezida kasallikni paydo bo'lish vaqtiga va shakliga (o'tkir yoki surunkali), rivojlanishiga, qo'llanilgan dori vositalariga e'tibor byerish lozim. Jinsiy anamnyezida byemordan pyenisni to'la eryektsiyaga erishishga qiyinalishini so'rash kyerak bo'ladi. Ob'yektiv ko'rilganda pyenisdagi blyashka o'rnini aniqlash, pyenisni uzunligini byelgilash va eryektsiya paytidagi rasmlarini olish va egrilik tipini va darajasini aniqlash kyerak. Yoki murojaat qilingan paytda intrakavyernozal dori yuborilib baholash mumkin.
 
Eryektil disfunktsiyasi mavjud byemorlarga Rangli Dopplyer Ultrasonografiya qilish va qon-tomirlarini baholash kyerak bo'ladi. (DICC-dinamik infuzion kavyernozomyetriya-kavyernozografiya; NPT-noktural pyenis tumesansi; laridan ham foydalansa bo'ladi)
 
Diagnostikasi oson bo'lgani bilan boshqa hastaliklardan diffyeryentsial tashxis o'tkazish lozim bo'ladi: tug'ma pyenis egriligi, pyenil xordasi, vyena trombozi, travma asorati sifatida rivojlangan fibroz va lyeykoplakiya natijasidagi infiltratsiyalar asosan, ba'zan bo'lsada uchrab turadigan epitiloid sarkoma, angiosarkoma, pyenis xavfli o'smalarini myetastazlaridir.
 
Klinikasi:
 
asosan eryektsiya paytida egrilik, og'riq, palpatsiya qilsa bo'ladigan blyashkalar va ED (Eryektil disfunktsiyasi) yoki bularni kombinatsiyalaridir. Odatda ko'pchilik blyashkani borligini syezadi(70% holatlarda) lyekin syezmasliklari ham mumkin. Egrilik blyashka tarafga qaragan bo'ladi. Eryektsiya paytidagi og'riq va blyashka kasallikni aktiv davrini byelgilaridan bo'lib 12-18oy davom etishi mumkin. So'ng kasallik og'riqlarni kamayadigan va egrilikni stabillashadigan surunkali davrga o'tadi. Asosan blyashkalar pyenisni ust tarafida uchraydi va eryektsiya paytida yuqoriga egrilikni kyeltirib chiqaradi, bazan yuqoriga-chapga egrilik ham kuzatiladi.(umuman olganda jinsiy olatni turli tarafga (8 xil) egriliklari uchrashi mumkin). Bundan tashqari ba'zi holatlarda pyenisda “qum soati” yoki “oqqush bo'yini” kabi dyeformatsiyalar ham uchrab turadi.
 
Dyeyarli barcha byemorlar pyenisini kichkinalashib qolganiga shikoyat qiladilar.
 
Davolash ko'rsatmalari:
 
Byemorlarning ma'lum bir guruhi hyech qanday shikoyat bildirmaydilar, ularga bu kasallik hayot uchun xavfli emasligi haqidagi ma'lumotni byerish yetarlidir. O'tkir davrda pyenisdagi kuchli og'riq va surunkali davrda jinsiy aloqaga kiraolmaslik davolashga ko'rsatma bo'ladi. Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki agar Pyeyroni kasalligiga hyech qanday tibbiy yondashuv ko'rsatilmasa 30,2% da egrilik yanada rivojlanadi, 66,7%da esa stabil qoladi, o'z-o'zidan tuzalgan byemorlar 3%ni tashkil etadi ekan.
 
Davolash:
 
Konsyervativ davolash:
 
Hozirgi kunda kasallikda og'riq, blyashka va egriliklari bo'lgan aktiv davrlarida konsyervativ davo qo'llanilmoqda. Kyeyingi paytlarda ryentgyen, ultratovush, lazyer va ESWL kabi enyergiya tashuvchilarini qo'llash fikrlari paydo bo'lgan edi, lyekin hozircha ilmiy asoslangan yondashuv ko'rsatilmagan.
 
3 xil davolash myetodikasi mavjud:
 
1. Oral (og'iz orqali, sistyematik) davolash Vitamin Ye pyeyroni kasalligini davolashda kyeng qo'llanilgan edi, chunki qo'llash oson, arzon, nojo'ya ta'sirlari dyeyarli yo'q. Blyashka hosil bo'lishida rol o'ynaydigan erkin kislorod radikallarini paydo bo'lishini oldini oladi. Vitamin Ye bilan davolashdan so'ng blyashka kichrayishi 20% , egrilikni tuzalishi 33% hollatlarda kuzatilgan. 13% holatlarda pyenisdagi og'riqlarni yo'q bo'lganligi ham kyeltirilgan.
Potasium parabyenzoat (Potaba) aktiv davrda foydalanish tavsiya qilingan boshqa bir pryeparatdir.
Potaba syerotonin kontsyentratsiyasini kamaytiradi va fibroz to'qima paydo bo'lishini kamaytiradi. Bundan tashqari qimmat va OIT (oshqozon ichak trakti)ga nojo'ya ta'sirlari ham bor. Egrilik tuzalishi 25,8%, blyashka kichrayishi 58% kuzatiladi.
Tamoksifyen antiestorgyen bo'lib buni ham fibroz to'qimani kamaytirishi ham aytilgan shu maqsadda foydalaniladi lyekin byemorlarda OIT va soch to'kilishi kabi nojo'ya ta'sirlar kyeltirib chiqaradi. Egrilik 46,1%ga, og'riq 66,6%ga, blyashka 30.7%ga kamaygani kuzatilgan.
Kolxitsin eng ko'p ishlatiladi. Yallig'lanishga qarshi, kollagyen ishlab chiqarishini kamaytiradi, tolalarni erishiga olib kyeladi. Og'riqni 95%ga , egrilikni 30%ga kamaytiradi.
 
2. Inyektsion davolash:
 
Blyashka ichiga styeroidlarni yuborish yallig'lanishga qarshi ta'siri tufayli uzoq vaqtlardan byeri qo'llanilib kyelgan. Dyeksamyetazon va Triamsinolon ishlatilgan. Ukol qilingach 36% byemorlarda shikoyatlari qisman yoki batamom yo'qolgan. Nojo'ya ta'sirilaridan to'qima atrofiyasi, fibroz va pyenis tyerisini yupqalashishi kuzatiladi.
Kaltsiy kanali blokatorlari kollagyen to'qima sintyezini ham bloklashi mumkin. Vyerapamil yuborilgan byemorlarning 91%da og'riqlarni yo'qolganligi, 42%da egrilikni tuzalganligi, 57%da blyashka kichrayganligi kuzatilgan.
Oxirgi paytlarda intyerfyerronlarni ham ta'siri borligi haqida ma'lumotlar byerilgan. Fibroblastlar paydo bo'lishini va kollagyen ishlab chiqarilishini kamaytirish hususiyatlarini nazarda tutib blyashka ichiga yuborish taklif qilingan. Davolash natijasida og'riqni 90%ga, egrilikni 65%ida tuzalganligi va 85% blyashkalarni kichrayganligi kuzatilgan. Intyerfyerron bilan davolashdan so'ng pyenisda syezish qobilyatini pasayganligi va ukol qilingan yerda sovuq bir his paydo qilishi mumkinligi ham kyeltirilgan.
 
3. Fiziotyerapiya bilan davolash:
 
ionlashgan molyekulalarni elyektrokinyetik yo'l bilan to'qima ichiga transporti natijasida dori vositalarni pyenis to'qimalarida bir tyekisda tarqalishini ta'minlash maqsadida ionoforyez qo'llaniladi. Lidokain, dyeksamyetazon, vyerapamil dori vositalarini turli kombinatsiyalarda ionoforyez qilinadi. Og'riq yo'qolishi 96%da, blyashkalar 53%da, egrilikni tuzalishi 37%da kuzatilgan.
 
Opyeratsion Davolash:
 
Pyeyroni kasalligidagi jarrohlik davolash, egrilikni tuzatish va kasallik natijasidagi eryektsiya (jinsiy olatni turishi qiyinlashuvi) muammolari bo'lgan byemorlarga pyenis ichiga protyez taqishdan iboratdir. Jarrohlik davolash konsyervativ davoni effyekti bo'lmagan byemorlarda bajariladi.
 
Opyeratsiyaga ko'rsatmalar:
 
1-      Bir yildan oshiq davrda jinsiy olatdagi kuchli dyeformatsiya, egrilik mavjudligi;
 
2-     Egrilikni va eryektil disfunktsiyani oxirgi 3 oyda stabil (o'zgarmasdan) qolganligi;
 
3-      Jinsiy aloqaga kiraolishga xalaqit byerayotgan pyenisdagi egrilik
 
4-      Jinsiy olatni o'ta kichrayganligi holatlarida
 
Pyeyroni kasalligi bilan birga eryektil disfunktsiyaga shikoyat qilgan va shikoyati Rangli Dopllyer ultrasonografiya bilan qon tomir yetarsizlik tasdiqlangan byemorlarda odatda jinsiy olat ichi protyezi taqiladi. Jinsiy olatni tuzilishidagi farqlar va Pyeyroni kasalligidagi turli klinik ko'rinishlar tufayli ma'lum bir standart jarrohlik amaliyotini tavsiya qilib bo'lmaydi. Lyekin dunyoda tadbiq qilinayotgan opyeratsiyalarni quydagi uch guruhda jamlash mumkin:
 
Egrilik mavjud pyenisning tashqi tarafini qisqartirish;
Egrilik mavjud pyenisning ichki tarafidan uzaytirish;
Jinsiy olat ichi protyezlar taqish opyeratsiyalaridir.Qisqartiruvchi opyeratsiyalar jinsiy olatdagi blyashkani qarshi tarafidan turli xirurgik usullar yordamida juda osonlik bilan to'g'rilash mumkin. Jinsiy olatning uzunligi yetarli darajada bo'lgan byemorlarga, eryektsion holati yaxshi va egrilikni o'ta yuqori bo'lmagan holatlarida qo'llash mumkin. Bu opyeratsiya natijasida 82% holatlarda ijobiy natija olinadi, jinsiy olatni 1-1,5sm.ga qisqarishi dyeyarli bilinmaydi. Ammo 7% holatlarda egrilikni qaytalanishi va 4% holatlardi eryektsiyada nuqson kuzatilishi mumkin.
Uzaytiruvchi opyeratsiyalar yuqori darajadagi pyenis egriliklarida, uzunligini o'ta qisqargan holatlarida yoki “qum soati” dyeformatsiyalarida amalga oshiriladi. Bu opyeratsiyalarning asosiy maqsadi hosil bo'lgan blyashkani kyesish va o'rnini turli matyeriallar yordamida yamoq (graft) bilan to'ldirishdan iboratdir. Yamoqlar: insonning vyenalaridan, mushak fastsiyalaridan, tyerisidan yoki sintyetik (dakron, gortyeks) yoki hayvon mahsulotlaridan tayyorlanishi mumkin. Ushbu yamoqlarni o'zaro taqqoslanganda bir birlarida ustun va kamchilik taraflari mavjuddir. Lyekin insonning o'zidan olingan graft matyeriallar juda osonlik bilan to'qimaga moslashuvi va yallig'lanishlarni chaqirmasligi tufayli ishlatish juda katta ahamiyatga egadir. Ammo buning uchun yana bir qo'shimcha opyeratsion kyesma hosil qilish va opyeratsiya paytini uzayishi bu tyexnik usul uchun kamchilikdir. Yuqordagi boshqa matyeriallardan foydalanilganda ham qimmat ham opyeratsiyadagi yallig'lanishni chaqirilishini xavfini orttiradi. Bu opyeratsiya natijasida 85% holatlarda jinsiy olat to'g'rilanadi. Bundan tashqari jinsiy olatning bo'yi 2,2sm.ga uzayishi ham mumkin.
 
Jinsiy olat ichi protyez taqish opyeratsiyalari Pyeyroni kasalligi va eryektil disfunktsiya mavjud byemorlarda amalga oshiriladi. Agar byemor jinsiy olatidagi egrilik kichik darajalarda bo'lsa opyeratsiya faqat protyez joylashtirish bilan kifoyalanadi. Agar protyez joylashtirilgach pyenisning egriligi to'g'rilanmasa o'sha vaqtni o'zida Willson (qarshi bukish) tyexnik usulidan 2daq/3marta foydalanish mumkin. Shunga qaramay tuzalmasa ryektus graft usuldan foydalaniladi.
 
            Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda uch parchadan iborat shishiriladigan protyezlardan foydalanilmoqda, opyeratsiyadan kyeyingi davrda %95 byemorlar va ularning juftlari mamnun bo'lishmoqda.
 
Opyeratsiyalarda odatda umumiy anyestyeziya yoki spinal/epidural anyestyeziya ostida juda kam holatlarda mahalliy anyestyeziyadan foydalaniladi.