• Jun

    29

    2018
  • 661
img

Orgazmdagi o’zgarishlar

Orgazmdagi o’zgarishlar

Aneyakulyatsiya

Retrograd eyakulyatisya

Aspermiya

Eyakulyator Anhedoniya (Eyakulyator Anxyedoniya)

Anorgazmiya

Og’riqli eyakulyatsiya

Eyakulyat hajmini kamligi

Aneyakulyatsiya

Odatda orgazmdagi buzulishlarga psixologik holatlar sabab bo’ladi. Bundan tashqari asab tizimining ba’zi kasalliklari va dorilarning nojo’ya ta’siri sifatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Umuman eyakulyatsiya bolmasa ANEYAKULYATSIYA deyiladi.

Aneyakulyatsiya bilan murojaat qilgan bemorlardan orgazm bor yoqligini so’rash shart.  Orgazm yoqligini anorgazmiya deyiladi. Orgazm muammosi bo’lmagan bemorlarda esa orgazmdan keyingi (postkoital)  siydikda spermatozoidlar bor yoqligi tekshiriladi. Agar siydikda bir dona bo’lsa ham urug’ topilsa RETROGRAD EYAKULYATSIYA deyiladi topilmasa haqiqiy aneyakulyatsiya deyiladi va bunga ASPERMIYA ham deyiladi.

Aneyakulyatsa asosan boshqa kasallikni belgisi bo’ladi asosiy kasallikni topish uchun bemordan yaxshilab anamnez yeg’ish va fizik tekshiruvdan o’tqazish kerak. Kechikkan eyakulyatsiya va retrograd eyakulyatsiyalardan ajrataolish kerak bo’ladi. Kechikkan eyakulyatsiya erkak jinsiy muammolarida juda ham kam uchraydigan va tibbiy jihatdan o’rganib chiqib bo’lingan muammo hisoblanadi. Retrograd eyakulyatsiya esa maniy tashqariga chiqmasdan qovuqqa o’tib ketishi lekin orgazm o’zgarishsiz ro’y berishiga aytiladi.

Aneyakulyatsiya sabablari

Qandli diabet va tarqoq skleroz kabi kasallikar sababli avtonom nerv sistemasi tolalarining zararlanishi hisobiga aneyakulyatsiya kelib chiqadi. Albatta bu tur bemorlarni davolash bir muncha murakkabdir. Farzandli bolishlari uchun asosan sun’iy urug’lantirish usullari yordam beradi xolos. Urug’ olishning yollaridan bir rektal elektrod bilan elektroeyakulyatsiyadir. Lekin uzoq yillik qandli diabeti bor bemorlarda vas deferens va eyakulyator kanallarga tuzlarni cho’kishi sababli yollar berikilib qolib elektr stimulyatsiya orqali ham urug’ni chiqarish iloji bolmasligi mumkin. Bu holatda epididimda yoki moyakdan aspiratsiya orqali urug’ olishga harakat qilinadi, bu usulda ham urug’ olish imkoni bolmagan holatlarda moyakni ochib biopsiya orqali spermatozoidlar olinadi, Yuqoridagi usullardan m-TESE.da urm-TESE qollash tavsiya qilinadi

Aneyakulyatsiya sabablaridan yana biri umurtqadagi travmalardir. Umurtqa shikastlanish darajasiga ko’ra yondashuv ham turlicha bo’ladi. Jinsiy olatga vibratsiya bilan ta’sir orqali sperma olish mumkin. Agar sperma chiqmasa yana yuqoridagi taktika qo’llaniladi.

Retrograd eyakulyatsiya asosan tos, qorin orti soxalaridagi arteriya, limfa tomirlari va shu yerdagi a’zolarda bajarilgan operatsiyalar natijasida nerv sistemasini jarohatlanish darajasiga ko’ra yuzaga chiqadi.  Bundan tashqari radikal prostatektomiyada prostate bilan urug’ pufakchalarini ham olib tashlanishi funksional aneyakulyatsiyaga sabab boladi.

Eyakulaytsiya buzulishlariga sabab bo’ladigan yana bir operatsiya esa bu yog’on ichak o’smalaridagi katta qorin bo’shligi operatsyalaridir, yani qorin bo’shligini ochish va qorin bo’shligi orqali umurtqaga borish operatsiyalari ham sabab bo’ladi. Operatsiya paytida simpatik nerv tolalarni jarohatlanish darajasi eyakulatsiya buzulishi darajasiga ham davolash imkoniga ham ta’sir qiladi.

Retrograd eyakulyatsiyaga sabab bo’ladigan dorilar aneyakulyatsiyaga ham sabab bo’lishi mumkin. Bu holatda davolash uchun shu dorini to’xtatish tavsiya qilinadi yoki boshqa kasalligi tuzalgach dori ichishni to’xtatgach iziga tushushi mumkinligini aytish  kerak. Eng ko’p psixiatriya soxasidagi dorilarning nojo’ya ta’sirlaridir.

Yosh o’tishi, jinsiy olat sezuvchanligini pasayishi, bo’shalish refleksining sezuvchanligini pasayishi alkogol va jinsiy gormonlardagi o’zgarishlar ham kechikkan eyakulyatsiyga va aneyakulyatsiyaga sabab bolishi mumkin.

Odatda adrenergik ta’sirga ega dorilardan foydalaniladi. Bu davolash anaeyakulyatsiyani retrograd eyakulyatsiyaga aylantiradi. Davolashni samarasi urug’ pufakchasi, vaz deferens va qovuq boynida saqlanib qolgan nerv tolalari miqdoriga bog’liq. Davolash foyda bermasa elektroeyakulyatisya (0-25V) oritib boruvchi ritmik impulslar bilan sperma olishga harakat qilinadi, chiqmasa yana yuqoridagilarga murojaat qilinadi.

Retrograd Eyakulyatsiya

Orgazm his qilish funktsiyalari o’zgarmagan lekin qovuq bo’ynini yetishmovchiligi sababli sperma tashqariga chiqmasdan qovuqqa o’tib ketishi RETROGRAD EYAKULYATSIYA deyiladi. Retrograd eyakulyatsiya uchrashi haqida aniq malumot aytish qiyin lekin taxminan eyakulyatsiyasidagi muammolar bilan murojaat qilgan bemorlarining 14-18% ida uchraydi. Tashxis uchun masturbatsiyadan keying siydik analizida spermatozoid topilishi kifoya.

Sabablari:

Sistemali kasalliklar, Markaziy asab tizimi kasalliklari, operatsiyalardan keyin, dorilar kabi bir qancha sabablari bor.

Retrograd eyakulyatsiya, juda ham kam holatlarda  tug’ma anomaliyalar sababli ham bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari prostata bezining xavfsi giperplaziyasida TUR-P operatsiyasini asorati sifatida ham kuzatilishi mumkin. TUR-P operatsiyasida qovuq boynidagi muskullari zararlanishi mumkin.

Prostata bezi adenomasini davolashda ishlatiladigan dorilarning ham nojo’ya tasirlaridan biri retrograd eyakulyatsadir faqat dori ichishni to’xtatilsa antegrad eyakulyatsiya tiklanadi. Juda ko’p bemorlar prostata operatsiyalaridan keyingi asoratlarni orgazm his qilmaslik va erektil disfunktsiya bilan adashtirishadi. Qiziq holat shundaki TUR-P qilingandan keyin retrograd holati 80% gacha uchrasa xuddi shu maqsadda TUIP (qovuq boyini insiziyasi)da esa 35% holatlarda uchraydi xolos.

Qandli diabet sababli avtonom nerv sistemasini zararlanishi tufayli retrograd eyakulyatsiya kuzatiladi Uzoq muddatli qandli diabet bemorlarida rivojlanadigan diabetik neyropatiya retrogradga sabab bo’ladi. Bu bemorlarning 32% uchraydi. Rivojlanib borgan sari urug’ pufakchalari va vaz deferensning ham qisqarish qobilyatini buzulishigacha rivojlanib aneyakulyatisya ham kuzatiladi.

Tos, qorin va umurtqa soxasidagi operatsiyalar natijasida simpatik nerv tolalarini jarohatlanishi ham retrograde eyakulyatsiyaga sabab bo’ladi. 

Bolalik davrlarida tos soxasidagi anomaliyalar sababli jarrohlik amaliyoti o’tqazganlarda ham retrograd eyakulyatsiya yoki aneyakulyatsiya kuzatilishi mumkin. Bundan bemorlardagi eyakulyatsiyadagi buzulishlar anomaliya turiga (kloakal ekstrofiya, berk anus) yoki anomaliyani tuzatish operatsiyasiga (ekstrofiya/epispadiya operatsiyasi, qovuq bo’yini operatsiyalari) bog’liq bo’lishi mumkin.

Davolashdan maqsad adrenergik dori vositalarini berish orqali qovuq bo’ynini berkilishini taminlashdir. Andrenergik dori vositalari davolashdagi asosiy dori vositalardir. Agar davolash orqali natijaga erishaolmasak spermatozoid olish uchun farzandli qilish uchun qo’shimcha yuqorida sanab o’tilgan tibbiy texnik yollarga murojaat qilinadi.

Eyakulyator Anhedoniya (Eyakulyator Anxyedoniya)

Fiziologik jihatdan eyakulyatsiya bo’lishiga qaramay lazzatlanish yoki orgazm hissini bolmasligidir. Eyakulyatsiya va orgazm odatda birga bo’lgani bilan aslida ikkita boshqa boshqa fenomen ekanligini esda saqlashimiz kerak. Eyakulyatsiya jinsiy a’zolarda ro’y beradi, orgazm eyakulyatsiyaga bog’liq bo’lsa ham miyada ro’y beradigan hodisadir. Bemorning hayot va jinsiy hayot yolini baholash uchun yaxshi psixiatr va androlog bo’lishi kerak. Bemorlarda Testosteron va moyak funktsiyasini baholash uchun FSG, LG va Prolaktin tekshirilishi shart. Afsuski bu muammoni asab sistemasi, psixologik va endokrinologik muammolar mexanizmlari orqali to’liq yoritish imkoni yoq. Surunkali kasalliklarda, qalqonsimon bez va gipofiz bezlarining kasalliklarda jinsiy xohish yoqolishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari depresiyani davolashda ishlatiladigan dori vositalaning nojo’ya ta’siri sifatida ham anhedoniya yuzaga chiqishi mumkin.

Anorgazmiya

Orgazm jinsiy lazzatlanishni eng yuqori nuqtasidir. Anorgazm esa orgazm holatining

 bo’lmasligidir. Bir necha holatlar sababli kuzatilishi mumkin. Insonlar hayotida biron marta orgazm bo’lmagan bo’lishi yoki har doim kechikishi yoki qiynalgan bo’lishi mumkin. Bazi normal orgazm hissi mavjuda erkaklar vaqtni unutib qoyishlari shaklida ham kuzatilishi mumkin.

Birlamchi yoki psixologik deyiladigan tug’ma anorgazmiya juda ham kam uchraydigan ongli aneyakulyatsiya sabablaridan biridir. Ayniqsa tungi emissiyalarda (pollutsiya-tungi bo’shalish) birlamchi anorgazmiya ijtimoiy yoki diniy bosim ostida tarbiyalanishi normal jinsiy ta’sirlarga ham javob reaktsiyasida kechikish yoki kamayish kuzatiladi. Anorgazmiyani sabablarini bolalikdagi tarbiyaga juda ham katta bog’liq deb hisoblaniladi. Anorgazmiya ota-onalarning bola tarbiyalash paytida bola imkoniyatlaridan tashqari ko’p narsa talab qilishlari sababli yoki bolalar bilan muloqotni zaifligidan ham rivojalanishi mumkin. Birlamchi aneyakulyatisyani davolash ancha murakkabdir. Bu turdagi bemorlarda organizmi qo’zgatuvchi ta’sirlarni sezishi va javob reaktsiyalari past bo’ladi. Davolash esa asosan farzand ko’rish uchun murojaat qilinganda boshlanadi va psixoterapiya yaxshi natija beradi. Jinsiy tarbiya ma’lumotlar berish bilan boshlanadi. Bunda o’zini erkin tutush va hislariga quloq solish mashqlarini  va ularni boshqarish orgatiladi.  Farzandsizlik muammosini hal qilish uchun prostata massaji qilish mumkin, tungi emmisiyalarni to’plab bachadonga quyish mumkin, penil vibrator bilan  sperma olish mumkin, rektal elektrovibrator, mikro-TESE usullaridan foydalanilgan holda muammoni hal qilish mumkin.

Og’riqli eyakulyatsiya

Juda ham kamdan kam uchraydigan holat bolib odatda ruhiy va organik o’zgarishlar sababli (o’tkir va surunkali prostatitlar kabi) o’rtaga chiqadi. Prostatitis bo’lgan 163ta bemorning 69%.ida eyakulyatsiyadan oldin yoki keyin og’riq qayd etilgan. Ayniqsa o’tkir prostatit zudlik bilan davolanishi shart, prostatitlarni surunkali formaga o’tishi va tez tez qaytalanish havfi juda baland. Og’riq va gematospermiya (spermada qon aralash chiqishi) ga sabab bo’ladigan eyakulyator kanal berkilib qolishlari, prostata toshlari TUR orqali hal qilish mumkin bo’ladi.

Eyakulyat hajmini kamligi

Asosan farzandsizlik bilan murojaat qilgan bemorlarda tasodifan uchratiladi, bemorlar shikoyat qilishmaydi. Ayniqsa 1ml.dan past hajmga ega holatlarni yaxshilab tekshirishimiz kerak. Seminal suyuqlikni hosil bo’lishi erkaklik gormon va LG, FSG kabi gormonlarning ko’rsatkichlariga bog’liq. Yuqorida keltirgan gormonlarimizni kamligida yoki ularni ishlab chiqarishini susaytiradigan dorilar belgilaganimizda bemorlarda seminal suyuqlikni kamayishi va hattoki anaeyakulatsiya ham kuzatilishi mumkin. Uretra strikturasi, eyakulyator kanallarning tiqilib qolish holatlari, tug’ma urug’ pufakchalarining anomaliyalari (vas deferens yoqligi) va qandli diabet yoki jarrohlik amaliyotlari natijasida nerv tolalarini qisman zararlanishlari sabab bo’lishi mumkin. Davolash usullari yana yuqorida sanab o’tganlarimiz bilan bir xildadir.