• Sep

    06

    2018
  • 1207
img

O’rta yoshga yetib kelganlik belgilari!

O’rta yoshga yetib kelganlik belgilari!

 

Yosh o’tishlikni sekinlatib, tetik va yosh qolishni xohlaysizmi, unda quyidagi tavsiyalarga amal qiling!

O’rta yoshga qadam qoyganlar 40-45yoshga yetganlar, 20-30 yoshligizdagi energiyangiz qolmadimi, jinsiy hayot eskisi kabi bo’rondek emasmi, “motor”dan ogohlantirish signallarini olyapsizmi,…? O’lim bilan qarilikka chora yoq, Yoshlik eleksiri yoq, lekin bu yoshdan ham oz energiya bilan yuqori darajadagi ishlarni qilishiz mumkin, imkoniyatlardan foydalanib uzoq yillarni yaxshi hayotni o’tqazish o’z qollaringda.

Tog’ri ovqatlanish va aktiv hayot tarzi bilan umrni uzatish va hayotingizni sifatini oshirish hali hozirda ham mumkin. Qarilikni sekinlashtirishiz, badanni yosh va tetik tutushiz, ko’rinishizi sog’lom va yosh ko’rsatishiz mumkin, hayot sifatizi oshirishiz mumkin.

Yashash tarzingizni 65yoshda tennis oynash mumkinligi yoki yurakdagi toj arteriyalarni shuntlash operatsiyasini otqazganligiz hayotiz sifatlari orasidagi farqni belgilaydi

O’rta yosh 45-59yosh edi, Dunyo Sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiflariga ko’ra, lekin bugungi kunda 45-65yosh qilib o’zgartirilgan. Lekin bu ham baxs-munozaraga ochiq fikrdir, chunki 18-20yoshida oila qurib 40yoshida nabiralik bo’lgan buvi va buvalar uchun o’rta yosh nechi boladi, oqib izlanib hayotda kariyera qilib 30-35yoshida oila qurganlarni o’rta yoshga kirishiga 15-20yil bor ham deyish mumkin.

O’rta yosh hech kimni kirgisi kelmaydigan yosh lekin kirgandan keyin chiqqisi kelmaydigan yosh!!!

O’rta yosh yoshlikdan qarilikka o’tish yoshidir.

Endi o’rta sizlarga o’zlaringni baholashlaring uchun o’rta yosh testini taqdim etaman:

O’RTA YOSH TESTİ

* Gazeta, kitoblarni qo’lingizni uzatib oqiyapsizmi demak o’rta yoshdasiz (chontagingizda ikkita ko’zoynak bilan yuribsizmi, hafa bolmang bu ham bir in’omdir)

* Baland tovushli musiqalar endi yoqmayotgan bo’lsa “o’rta yoshdasiz”,

* Bazi ovqatlar yoqmayotgan bo’lsa “o’rta yoshdasiz”,

* Kondisioner yoqmayotgan bo’lsa “o’rta yoshdasiz”,

* 20-30 yildan beri izlamagan tanishlaringiz bilan odnoklassnik, facebook, Instagram va hakozolarda do’stlashayotgan bo’lsangiz “o’rta yoshdasiz”,

* Besababdan besabab u yer bu yerlarda, mushaklarda vaqti vaqti bilan ogriqlar bo’layotgan bolsa “o’rta yoshdasiz”,

* Ovqatlangandan keyin o’zizi og’irlashgandek sezsangiz “o’rta yoshdasiz”,

* “Bizning paytimizda, yoshligimizda … deyishni boshlagan bo’lsez“o’rta yoshdasiz”,

* Oynaga qaraganda onangiz yoki otangizga oxshayotganizi oylayapsizmi demak “o’rta yoshdasiz”,

* Mashina, avtobusga chiqayotganda “ihhh” kabi ovozlar chiqarayotgan bo’lsez “o’rta yoshdasiz”,

* Jinsiy hayotga og’rinayotgan bo’lsez juda ham qo’rqinchli “o’rta yoshdasiz”,

* Yelvizakda kasallanib qolayotgan bo’lsangiz “o’rta yoshdasiz” (agar yelvizak so’zini ma’nosini bilsangiz aniq “o’rta yoshdasiz”),

* Xotiralaringizni boshqalarga gapirib berayotgan bo’lsangiz “o’rta yoshdasiz”

* “Huzur ishq-muhabbatdan muhimroqdir” deb o’ylayotgan bo’lsangiz “o’rta yoshdasiz”.

Dr. Zarifjon MURODOV